Mavzu: Arifmetik-mantiqiy qurilmalar va tezlashtirilgan ko‘chirish bloklari, matritsali ko‘paytirgichlar


Stekli tashkil etilgan protsessorlar



Yüklə 393,91 Kb.
səhifə4/6
tarix20.10.2022
ölçüsü393,91 Kb.
#65662
1   2   3   4   5   6
Arifmetik-mantiqiy qurilmalar va tezlashtirilgan ko‘chirish blok

Stekli tashkil etilgan protsessorlarda akkumulyator ham, UMRlar ham mavjud emas. Oddiy hollarda ularning dasturiy-murojaat registrlari stek cho‘qqisi adresini (stek ko‘rsatgichi) va dasturning keyingi komandasi (komandalar hisoblagichi)ni ko‘rsatish, hamda protsessorning alohida qurilmalari holatlarini saqlash (holatlar registri) uchun xizmat qiladi.
OQ tugunlari ishini boshqarish bilan boshqaruvchi qurilma (BQ) shug‘ullanadi. U ma’lum vaqt ketma-ketligida boshqaruv signallari ishlab chiqaradi, bu signallar ta’sirida OQ tugunlarida berilgan qayta ishlash dasturi amalga oshiriladi. Boshqaruv qurilmasi (kontroller) hisoblagich va takt signallar generatori (taymer)ga ega. BQ OQ bilan birgalikda protsessorni tashkil etadi. Mikrosxemalarda bajarilgan protsessor, mikroprotsessor deb ataladi.
Kombinatsion turli MPli MP-tizim arxitekturasi 17.1-rasmda keltirilgan.

17.1-rasm. MP-tizim tuzilmasi. MP quyidagi tugun va bloklardan tashkil topgan:



  1. Arifmetik-mantiqiy qurilma (AMQ). Bu qurilma bevosita ikkilik kodida ifodalangan sonlar va adreslar ustidan arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. Odatda siljituvchi registrli AMQlar qo‘llaniladi.

  2. Boshqaruv qurilmasi (BQ). BQ AMQ va MP-tizimning boshqa bloklari ishini boshqaradi. U ketma-ketli qurilma bo‘lib, mantiqiy elementlar (apparat tashkil qilinish) yoki DXQ, DMMlarda (mikrodasturiy tashkil qilinish) bajariladi. BQsi xotira blokidan kelayotgan komandalar asosida ishlaydi.

  3. Registrlar bloki (R). Joriy ma’lumotni o‘ta operativ saqlash uchun xizmat qiladi. Bajaradigan amaliga ko‘ra bloklar quyidagi registrlarga ega:

  1. OR va AR registrlari amal bajarish jarayonida AMQda ikkita ikkilik son (operand)larni saqlaydi.

  2. Komandalar registri (RK) mashina tomonidan bevosita bajarilayotgan komandani saqlash uchun ishlatiladi.

v) Bayroq registri (BR) yoki o‘tkazish registri akkumulyatorning davomi bo‘lib, u to‘lib qolgan hollarda ishlatiladi.
g) Holatlar registri (HR). Keyingi takt davomida BQ tomonidan beriladigan komandani tanlash MPning masalani yechish jarayonida yuzaga keladigan sharoitlarni alternativ hal qilish qobiliyatiga bog‘liq. Bunday shartlarni aniqlash uchun qurilmaning ikkirazryadli joriy holat (HR) registri xizmat qiladi.


  1. Yüklə 393,91 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin