Aristotel, Forobiy va Kant ontologiyasida kategoriyalar tasnifi
Forobiy va I.Kant ontologiyasi kategoriyalari

FAROBIY (taxallusi; to'liq ismi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug' Tarxon Forobiy) (873—950) O'rta Osiyoning ulug' mutafakkiri va qomusiy olimi Forobiy yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharhlar bitganligi va jahonga targ'ib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta o'zlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qo'shgani uchun "al-Muallim as-soniy" ("Ikkinchi muallim", Aristoteldan keyin), "Sharq Arastusi" nomlariga sazovor bo'ldi. Forobiy Sirdaryo sohilidagi Forob (O'tror) degan shaharda turkiy qabilaga mansub harbiy xizmatchi oilasida tavallud topdi. Bo'lajak faylasuf boshlang'ich bilimini O'trorda olgandan so'ng, o'qishini Binkat, Samarqand va Buxoroda davom ettirdi. Forobiy ilmini yanada chuqurlashtirish maqsadida Bag'dodga yo'l oldi. Olim yo'1-yo'lakay Eronning yirik shaharlari Ray, Hamadon, Isfahon va boshqa joylarda bo'ldi. Bag'dodda Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlaridan kelgan talaba va olimlar to'plangan edi. Bu yerda ko'zga ko'ringan olimu fuzalolar bilan tanishdi, yunon falsafy maktabi, turli fan sohalari namoyandalari bilan uchrashib, ulardan ilm sirlarini o'rgandi. Forobiyning asosiy asarlari: "Falsafani o'rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to'g'risida",
"Falsafiy savollar va ularga javoblar", "Ensiklopediyadan mantiq bo'limining bir qismi", "Ta'liqot" (sharhlar), "Inson a'zolari haqida risola", "Bo'shliq haqida maqola", "Donolik asoslari", "Falsafaning ma'nosi va kelib chiqishi", "Hayvon a'zolari, funksiyasi va potensiyasi", "Mantiq to'g'risidagi risolaga muqaddima", "Mantiq ilmiga kirish", "Ilmlarning kelib chiqishi haqida", "Musiqa haqida katta kitob", "Baxt-saodatga erishuv haqida", "Masalalar mohiyati", "Buyuk kishilarning naqllari", "Ilmlar hisobi", "Hikmat ma'nolari", "Aql to'g'risida", "Ilmlar va san'atlar fazilati", "Qonunlar haqida kitob", "Substansiya haqida so'z", "Falak harakatining doimiyligi haqida", "She'r va qofiyalar haqida so'z", "Ritorika haqida kitob", "Hajm va miqdor haqida so'z", "Musiqa haqida so'z", "Fizika usullari haqida kitob", "Fazilatli xulqlar", "Fozil shahar aholisining fikrlari", "Jismlar va aksidensiyalarning ibtidosi haqi- da", "Aristotel "Metafizika" kitobining maqsadi to'g'risida" va boshqalar Forobiy borliq muammosini "vujudi vojib" va "vujudi mumkin ta'limotidan kelib chiqqan holda tushuntiradi. Uningcha, "vujudi vojib" barcha mavjud yoki paydo bo'lishi mumkin bo'lgan narsa, jism va moddalarning birinchi sababchisidir. Forobiy Allohga birinchi sabab, birinchi mohiyat, deb ta'rif beradi