Aristotel, Forobiy va Kant ontologiyasida kategoriyalar tasnifi
Forobiyning gnoseologik qarashlari, ya'ni bilish haqidagi ta'limoti ijtimoiy- falsafiy fikr rivoji tarixida alohida o'rinni egallaydi. Mutafakkirning bu boradagi fikrlari uning "Mantiq to'g'risida risolaga muqaddima", "Mantiqqa kirish", "Aql to'g'risida", "Falsafaning ma'nosi va kelib chiqishi" va boshqa asarlarida tahlil qilib berilgan. Mutafakkir inson Yer yuzidagi oliy mavjudot ekanligini ta'kidlab, uning qobiliyatiga, tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarni idrok qilish kuchiga katta baho beradi. Forobiy o'z asarlarida bilish shakllari, insonning ruhiy holati, jon va tananing o'zaro munosabati, mantiqiy fikrlash to'g'risidagi mulohazalarini bildiradi. Uning aytishicha, insonning bilish, ruhiy qobiliyatlarini miya boshqaradi, yurak esa barcha a'zolarni hayot uchun zarur bo'lgan qon bilan ta'minlovchi markaz vazifasini tajaradi. Forobiy "Ilm va san'atning fazilatlari haqida" kitobida tabiatni bilishning cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bilishdan oqibatni bilishga, aksidensiya (al-araz)dan substansiya (javhar)ga qarab borishni uqtiradi. Inson voqelikni idrok, sezgi, xotira, tasavvur, mantiqiy tafakkur, aql, nutq va boshqa vosita hamda usullar orqali bila oladi. Olim hissiy va aqliy bilish mavjudligini, ular bir-biridan farq qilishini ham aytib o'tadi.