Mavzu: aro’ va rao’ mikrosxemalar. Reja



Yüklə 212,74 Kb.
səhifə1/2
tarix04.11.2022
ölçüsü212,74 Kb.
#67452
  1   2
Mavzu aro’ va rao’ mikrosxemalar. Reja


MUHAMMAD AL-XORAXMIY NOMIDAGI TATU SF KI103-19 GURUH TALABASI NORPO’LATOV JASURBEKNING RAQAMLI QURILMALARNI LOYIHALASHGA KIRISH FANIDAN 1-HAFTA UCHUN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI.


Mavzu: ARO’ va RAO’ mikrosxemalar.

Reja:
1. ARO’ haqida tushuncha.
2. RAO’ haqida tushuncha.
3. Operatsion kuchaytirgich (OK) haqida.
4. Xulosa.


Raqamli-analog oʻzgartirgich (RAO’) va analog-raqamli oʻzgartirgich (ARO’) raqamli kattalikni unga proporsioanl boʻlgan elektr tok yoki kuchlanish koʻrinishidagi analog kattalikka oʻzgartirish uchun qoʻllaniladi.
AROʻlarni tuzishning turli usullari mavjud boʻlib, amaliyotda maxsus kuchaytirgich va rezistorlarda bajarilgan sxema keng qoʻllaniladi. AROʻ vazifasini OKda bajarilgan jamlovchi kuchaytirgich bajarishi mumkin. Kirishlar soni oʻzgartirilayotgan ikkilik kodning razryadlari soni bilan aniqlanadi. K1-K4 kalitlardan har biri ochiq yoki berk holatda boʻlish mumkin. Soddalik uchun K4 K3 K2 K1 ikkilik kirish soʻziga ega boʻlgan toʻrtrazryadli RAOʻni koʻrib chiqamiz.
Mos razryadlardagi qarshilik qiymatlari 2 martaga farq qiladi. Bu holda, mazkur RAOʻ sxemasi 0 dan 15 gacha boʻlgan natural qator sonlarini ikkilik sanoq tizimdan oʻnlik sanoq tizimga oʻzgartiradi. Bunday oʻzgartirish mexanizmini koʻrib chiqamiz.
Jamlagich tomonidan bajarilayotgan amal, kirishdagi rezistorlarning berilgan qarshiliklari uchun quyidagi ifoda yordamida keltiriladi:

Demak, RAOʻ kirishidagi ikkilik sanogʻidagi bir uning chiqishida oʻnlik sanogʻidagi birga, ikki - ikkiga, ..., 15 esa, 15 ga mos keladi. RAOʻ registorlariga barharorlik va nominal aniqligi boʻyicha jiddiy talablar qoʻyiladi. Ayniqsa AROʻ keng temperatura intervalida ishlaganda. Bir hil va proporsional qarshilikli rezistorlarni texnologik jihatdan rezistorli matritsali mikrosxemalar koʻrinishida yasash qulay. Shuning uchun rezistorli matritsali modifikatsiyalangan AROʻ keng tarqalgan variant boʻlib hisoblanadi. U ikki marotaba koʻp sonli rezistorlardan tuzilgan boʻlib, ular atigi ikki nominalga R va 2R teng boʻladi. Raqamli kodni boshqa usullarda kuchlanish va tokka oʻzgartiruvchi AROʻlar ham mavjud.
O‘lchash algoritmiga mos ravishda richagli tarozi rolini ikki kirishli solishtirish sxemasi (komparator) bajaradi. Tarozining bir yelkasiga o‘zgarmas kattalikdagi o‘lchanayotgan kuchlanish o‘rnatiladi, ikkinchi yelkasiga raqamli datchik nazorati ostida pog‘onasimon ortib borayotgan kuchlanish beriladi. Kuchlanishning har bir pog‘onasi tarozi yelkasiga qo‘shimcha tosh qo‘yish amaliga mos keladi. Olingan ma’lumot esa tarozilar muvozanatga kelgach qayd etiladi.

Yüklə 212,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin