GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA FAKULTETI
“MAKTABGACHA TA’LIM” KAFEDRASI
PROFESSOR-O‘QITUVCHILARINING YIG’ILISH
№ ___-BAYONNOMASIDAN KO’CHIRMA “___” yanvar 2023 yil Yangiyer sh.
Qatnashdilar: kafedraning barcha a’zolari
KUN TARTIBI: 5. Har xil masalalar.
5.1.2022-2023 o‘quv yilining birinchi yarmida kafedra tayanch doktorantlar tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining bajarilishi holati.
Yig’ilish davomida tayanch doktorantlardan 1-bosqich tayanch doktoranti Rayimqulova M.A. ning ilmiy-tadqiqot ishi doirasida bajarilgan ishlari yuzasidan so’zga chiqdi. Rayimqulova M.A. dissertatsiya mavzusining bajarilishi yuzasidan ishlab chiqqan va tasdiqlangan shaxsiy ish rejasi bilan kafedra o’qituvchilarini tanishtirib o’tdi. Shaxsiy ish rejasini bajarilishi yuzasidan tuzilgan yo’l xaritasida ko’rsatib o’tilgan ishlarni bajarilish holati bilan ham tanishtirib o’tdi. Kafedra mudiri p.f.n. dotsent A.A.Bolibekov tayanch doktorant Rayimqulova M.A. tomonidan bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishini bajarilish holatini ijobiy baholadi hamda kafedra katta o’qituvchisi G.Umarova tomonidan tayanch doktorantlar uchun uslubiy tavsiyalar berib o’tildi.
Yuqoridagi masalalar har tomonlama muhokama etilib, kafedra professor-o‘qituvchilar yig‘ilishida quyidagicha
QAROR QILINDI: 1. Tadqiqotchi M.A.Rayimqulovaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlanayotgan “Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni bilish jarayonini rivojlantirishda erkin tarbiya texnologiyasidan foydalanish” mavzusidagi shaxsiy ish rejasi va metodologik dastur 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligiga mos ekanligi qayd etilsin hamda ish yuzasidan aytilgan fikr va mulohazalar ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Tadqiqotchi Rayimqulova M.A. ning “Maktabacha ta’lim yoshidagi bolalarni bilish jarayonini rivojlantirishda erkin tarbiya texnologiyasidan foydalanish” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyalari yuzasidan bergan hisobotlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Kafedra tayanch doktorantlarining shaxsiy ish-rejalarini bajarilish holati o’rganilsin.
Yig‘ilish raisi: A. Bolibekov