Mavzu: asab kasalliklarini davolash va parvarish qilish usullari


Asab kasalliklarini tekshirish, davolash va parvarish qilish usullari asab kasalligida bemorlarning kasallik tarixini yozish



Yüklə 30,5 Kb.
səhifə2/2
tarix30.09.2023
ölçüsü30,5 Kb.
#150544
1   2
Asab kasalligi

Asab kasalliklarini tekshirish, davolash va parvarish qilish usullari asab kasalligida bemorlarning kasallik tarixini yozish
Bemorning familiyasi, ismi, otasining ismi tug‘ilgan yili, jinsi, millati, manzili, ishlash joyi, kasbi, shifoxonaga kelgan vaqti va soati, shifoxonadan chiqqan vaqti, qaysi transportda kelgani, yo‘llanmasidagi tashxisi, qabulxonada qo‘yilgan tashxisi va yakuniy tashxisi. Bemorning asosiy shikoyatlari so‘raladi. Bemordan bosh og‘rishi, boshning qanday og‘rishi, doimiyligi, kunning qaysi vaqtida og‘rishi, og‘riq boshning qaysi joylarida ko‘proq bo‘lishi va og‘riqni keltirib chiqaruvchi sabablar so‘raladi. Kasallikning rivojlanish anamnezida kasallikning boshlanishi, dastlabki belgilar, kechishi, qilingan davoni natijasi so‘raladi. Kasallik qanday paydo bo‘lganligi, birdan yoki asta-sekinlik bilan, o‘z-o‘zidan paydo bo‘lganmi yoki boshqa kasalliklar bilan kasallik kuchayganmi, qayerda davolangan, qanday dorilar olganligi so‘raladi. Ayol bemorning hayot anamezida homiladorlikning birinchi va ikkinchi yarimidagi toksikozi, onaning kechirgan kasalliklari, olgan dorilari, homilaning harakati, bola tushish alomati so‘raladi. Bundan tashqari, bola nechanchi homiladan o‘z vaqtida tug‘ilganligi, oson yoki qiyin tug‘ilganligi, tug‘ilgan vaqtida yig‘laganligi, ko‘karib qolishi, sarg‘ayishi, yaxshi emganligi. Ona nechta bola tuqqan, sog‘ligi, abort bo‘lganligi, o‘lik tuqqanligi, otaonaning yoshi, qonning rezus jarayoni aniqlanadi. Bola qanday rivojlana boshlagan, bir yoshgacha og‘rigan kasalliklar, emlash olganligi, vazni oshishi, tishi chiqishi, boshini tutishi, o‘tirishi, yurishi, gapirishi, tungi siydik tuta olmasligi va shaytonlash bor-yo‘qligi aniqlanadi. Bola necha yoshdan o‘qiy boshlagan, o‘qishni o‘zlashtirishi, ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo‘lishi, hayz ko‘rishi aniqlanadi. Nasl kasalliklari, ota-onaning qarindoshligi, ota-onaning qarindoshlarida tug‘ma yoki irsiy kasalikllar yoki surunkali kasalliklar borligi so‘raladi. Uy sharoiti, oilaviy ahvol, zararli odatlar aniqlanadi. Bemorning umumiy ahvoli, tana tuzilishi, teri va shilliq qavatlar, teri osti yog‘ qatlami, limfa bezlari, suyak-bo‘g‘im tizimi, nafas a’zolari, yurak qontomir tizimi, ovqat hazm qilish a’zolari, siydik ajratish tizimi va endokrin a’zolar tizimi tekshiriladi. 4 6 Asab sohasini tekshirish 1. Ruhiy holati va gapirishi. Hushi o‘zida yoki hushdan ketgan, hamma gapni tushunadi, savollarga to‘g‘ri javob beradi, joyni, vaqtni aniq ayta oladi, yoshi olgan ma’lumotiga to‘g‘ri keladi. 2. Kalla suyagi shakli odatdagidek, aylanasimon, paypaslab ko‘rilganda chandiq, kemtik izlari ko‘rinmaydi. Barmoq bilan urib ko‘rilganda kalla sohasida og‘riq sezilmaydi. 3. Umurtqa pog‘onasi shakli odatdagidek, ko‘krak kifozi, bel lordozi me’yorida, skalioz yo‘q, umurtqa pog‘onasining hamma tomonga harakatlari to‘liq, og‘riq sezmaydi. Umurtqa pog‘onasi bo‘ylab suyaklarni paypaslaganda va urib ko‘rilganda og‘riq sezmaydi. 4. Meningial belgilar-ensa mushagining tarangligi, Kernig, Brudzinskiy (yuqori, o‘rta, pastki) belgilari, ko‘tarilish va kalla suyagining katta havzacha belgisi tarangligi aniqlanadi. Bosh og‘riq, bosh aylanish, yorug‘lik va shovqinni yoqtirmaslik, qusish belgilari. 5. Kalla bosh miya nervlari. Hidlov nervida bemor burunning ikkala teshigi bilan hidning bir xilligini sezishi aniqlanadi. Bunda hid bilishning susayishi yoki yo‘qolishi (anosmiya), ko‘payishi, hidlarni ajrata bilish, yo‘q hidlarni aytish. Tekshirganda o‘tkir, achchiq hidlar hidlatilmaydi. Kamfora moyi, kerosin va boshqa moddalarning hidlari o‘ng va chap burun teshiklariga alohida-alohida sezish qobiliyati tekshiriladi. Ko‘ruv nervida ko‘ruv o‘tkirligi visus-od=os=1,0 ga teng, ko‘rish maydoni (tashqariga 90°, ichkariga 55°, yuqoridan 55°, pastdan 70° ga teng), ranglarni ajrata bilish har bir ko‘zda alohida tekshiriladi, ko‘z tubi tekshiriladi. Ko‘z olmasini harakatlantiruvchi nerv, g‘altaksimon nerv, uzoqlashtiruvchi nervlar uchalasi birgalikda tekshiriladi. Ko‘z olmasining hamma tomonga harakatlari bir xil to‘liq, og‘riq sezmaydi, jismlarning ikkita bo‘lib ko‘rinishi (diplopiya), yuqori qovoq pastga tushib qolgan (ptoz), ko‘z qorachig‘ining tebranib turishi (nistagm), ichkariga va tashqariga qarab qolgan g‘ilayliklar, ko‘z qorachig‘ining kattaligi va yorug‘likka to‘g‘ri hamda moslashgan javobi tekshiriladi. Ko‘z qorachig‘ining akkomodatsiya va konvergensiyasi aniqlanadi. Uch tarmoqli nervning chiqish joylarini bosib ko‘rib, og‘riq tekshiriladi. Yuzdagi og‘riqni sezish ikki tomondan bir xilligi, tilning oldingi 2/3 ta’m bilish o‘ng va chap tomoni aniqlanadi. Chaynov mushaklarining ikki tomondan kuchi, atrofiyasi tekshiriladi. Yuz nervi ko‘rilganda yuzdagi ajinlarning bir xilligi, tinch holatda yuz ikkala tomondan bir xil, peshona qatlamlari bir xil rivojlangan, qoshlar bir xil kenglikda, burun-lab qatlami bir xil, og‘iz burchaklari bir xilda. Mimik sinovlarda yuzdagi harakatlar ikki tomondan qoshlarni bir xil ko‘taradi, ko‘zlarni yaxshi yuma oladi, tirjayganda burun-lab qatlami ikki tomonga bir xil ketadi, lunjlarni shishira oladi. Eshituv nervi: koxleyar qismi — eshitish o‘tkirligi, quloqda shovqin, shang‘illash va eshitish gallutsinatsiyalari. Vestibular qismi — bosh aylanish, nistagm, muvozanat buzilishi. Til — halqum nervi va sayyor nervlar 4 7 birgalikda ko‘riladi. Ovoz chiqishi tiniq yoki dimoq bilan gapiradi, yutishi yaxshi yoki yutganda qiynaladi, yutganda ovqat burundan qaytib tushmaydi. Yumshoq tanglay simmetrik, sezuvchanligi, tanglay va halqum reflekslari, tilning orqa 1/3 qismida ta’m bilish o‘ng va chap tomondan alohida tekshiriladi. Qo‘shimcha nerv boshni harakatlantirish orqaga, o‘ng va chap tomonga, yelkani ko‘tarish o‘ng va chap tomoni, kuraklarni bir-biriga yaqinlashtirish aniqlanadi. Til osti nervi-til og‘iz ichidan to‘g‘ri chiqariladi, til harakatlari hamma tomonga to‘liq, atrofiya va til mushak tolalarining tortilishi ko‘riladi. 6. Harakat sohasi. Faol harakatlar har bir bo‘g‘imlarda alohida tekshiriladi. Sust harakatlar bilan birgalikda mushaklar tonusi, mushaklar trofikasi aniqlanadi. Mushaklarning kuchi har bir mushaklarda alohidaalohida tekshirib ko‘riladi. Ixtiyorsiz harakatlar (giperkinez, tiklar), fibrillar va fassikular qaltirashlar, mushaklarning tortishi (spazm), harakatsizlik (akineziya, amimiya), tutqanoq xurujlari, ularning turi aniqlanadi. 7. Harakat muvozanati. Romberg holatida turish, burun-barmoq sinovi va tizza-tovon sinovi, ko‘zni ochgan va yumgan holatlarda yurish, xat yozish tekshiriladi. 8. Reflekslar. Suyak usti (KR), pay (PR, BR va TR), Axill (AR), teri va shilliq qavatlardagi reflekslar, qorinning (yuqori, o‘rta, pastki) reflekslari hamda kremaster reflekslari ikki tomondan tekshiriladi. Oyoq panjasini patologik reflekslari (Babinskiy, Oppengeym, Rossolimo, Jukovskiy va boshq), tizza kosasi, qo‘l va oyoq panjasining titrashi (klonus) tekshirib ko‘riladi. 9. Sezuvchanlik. Og‘riqdan shikoyatlari so‘raladi, og‘riq qo‘l va oyoqda uvishish yoki chumoli yurgandek, og‘riq joylarini aniqlash. Tortilish belgilari (Neri, Lasseg, Vasserman) o‘ng va chap tomonda ko‘riladi. Yuzaki sezish (og‘riqni sezish, issiq-sovuqni ajrata bilish, tanaga tekkan narsani bilish). Chuqur sezgi (mushak-bo‘g‘imdagi sezgi, bosim, og‘irlik, tana qismlarini joylashish sxemasi, vibratsiya, jismlarni paypaslab bilish va boshq.). 10. Vegetativ asab tizimi. Terining rangi (oqargan yoki qizarganligi, ko‘p terlash, harorati, junlar chiqishi) ikki tomondan bir xilligi tekshirib ko‘riladi. Dermografizm (qizil, oq, aralash yoki bo‘rtib chiqqan), barmoqlar qaltirashi, siydik va axlatning tutilib qolishi yoki tuta olmaslik, jinsiy faoliyat, qontomir urishi (a.radialis va a.femoralis pasterior) bir xilligi va tirnoqlar holati. 11. Oliy asab faoliyati. Vaqtni, joyni aniqlab olish, xotirada saqlash, diqqatni jamlash, nutq, yozish, o‘qish, hisoblash, narsalarni taniy olish (gnozis) va apraksiya. Uyqu holati, kayfiyat, shifokor tekshirganda bemor o‘zini tutishi, savollarga javob berishi, psixomator qo‘zg‘alishlar. 12. Qo‘shimcha tekshirishlar. Umumiy qon, siydik, axlat va balg‘amni hamda oshqozon shirasini tekshirish. Qonning biokimyoviy ko‘rsatkichlari. Orqa miya suyuqligi tarkibini tekshirish. Exo, EEG, REG, EKG, KT, kalla suyagi va umurtqa pog‘onasining rentgen tekshiruvlari. 4 8 13. Xulosa va davolash. Qo‘yilgan tashxis o‘ziga o‘xshash bo‘lgan kasalliklar bilan qiyoslangandan so‘ng yakuniy tashxis qo‘yiladi. Davolash: dorilar, fizio-terapevtik muolajalar, parhez va to‘shakda yotish rejimi, uqalash, parafin va refleksoterapiya. 14. Kundaliklar yozish. Bunda bemorning ahvoli har kuni yozib boriladi. Muolaja olgandan keyingi holatida o‘zgarishlar ko‘rsatib o‘tiladi. 15. Epikriz. Kasallik yakunida qisqacha, tushunarli qilib yoziladi va shifoxonadan chiqqandan keyin kerakli tavsiyalar beriladi.
Yüklə 30,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin