1. Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari.
2. Amortizatsiya hisoblash tartibi.
3.Amortizatsiyani chiziqli usulda hisoblash.
Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari.
Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari.
Malumki, asosiy vositalarni ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat mo-baynida ishlatilishi, ularni ana shu muddat mobaynida tabiiy kuchlar tasiri ostida jismoniy, ilmiy-texnik taraqqiyot natijasida esa manaviy eskirishiga olib keladi. Shu nuqtai nazardan, buxgalteriya tamoyillariga muvofiq asosiy vo-sitalarning qiymati ularni ana shu taxmin qilinayotgan ishlatish muddati mo-baynida, ular foyda keltiradigan hisobot davri davomida teng ravishda taqsim-lanishi (hisobdan chiqarilishi) kerak. Bu jarayon eskirish deb ataladi. Asosiy vositalarga eskirish hisoblashning asosiy vazifasi - uzoq muddatda foydalanadigan moddiy aktivlar qiymatini taxmin qilinayotgan xizmat muddati davomida qollaniladigan tizimli va ratsional yozuvlar asosida taqsimlashdir. Bu erda quyidagi muhim holatlarga alohida etibor berish lozim:
barcha uzoq foydalaniladigan aktivlar (erdan tashqari) cheklangan ishlatish (xizmat) muddatiga ega bolib, ularning qiymati barcha ishlatilish muddati yillari davomida xarajatlarga taqsimlanishi kerak. Aktivlarning xizmat muddatini cheklanganligining asosiy sabablari ularning jismoniy va mana-viy eskirishidir. Asosiy vositalar kopincha jismoniy eskirishga ulgur-masdan, manaviy eskirib qoladi. Buxgalterlar odatda jismoniy va manaviy eskirish ortasida farqni ajratmaydilar, chunki ularni asosiy vositalarning foydalanish muddati qiziqtiradi;