Molekulyar massa — kimyoviy birikma molekulasining uglerod birligi (uglerod nuklidi |2S atom massasining ʻ/|2 qismi)da ifodalangan massasi, molekulani tashkil qilgan elementlar atom massasalarining yigʻindisi. Baʼzan maʼlum tarkibli turli moddalar aralashmasi uchun ham mol. m. aniqlanadi. Mas, havo, garchi bir qancha gazlar aralashmasidan iborat boʻlsa ham, uning oʻrtacha mol. m. bor. Havoning hisoblab topilgan oʻrtacha mol. m. 29 ga teng. Mol. m. — moddaning asosiy tavsiflaridan biri. U, shuningdek, polimer moddalarning xossalarini belgilovchi asosiy omildir. Mol. m., asosan, bugʻning zichligini oʻlchash orqali, osmotik bosim orqali (Vant—Goff krnuni asosida), bugʻ bosimining tushishi, eritmalarning toza erituvchiga nisbatan muzlash temperaturasi pasayishi (krioskopiya) yoki kaynash temperaturasi koʻtarilishini (ebuli-oskopiya) oʻlchash orqali topiladi.
Kimyoning fundamental qonunlari kashf qilinganidan so‘ng, kimyoviy elementlar va ularning birikmalarining miqdorini ifodalash uchun masalan, "gramm atom" va "gramm molekula" birliklari qo‘llanilgan. Ushbu birliklarda, qiymatlari amalda juda nisbiy bo‘lgan "Atom massasi" va "molekulyar massa" bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud edi. "Atom massasi" dastavval, bosh kelishuvga ko‘ra, kislorodning atom massasi - 16 ga nisbatan olingan edi. Biroq, fiziklar spektrometrda kislorod izotoplarini ajratib olishganida, ular 16 qiymatini, izotoplardan bittasi uchun, kimyogarlar esa, aynan shu qiymatni (biroz o‘zgaruvchanini) kislorodning 16, 17, 18 izotoplarining o‘zaro aralashmasi uchun qabul qilishdi. Kimyogarlar tomonidan, kimyoviy elementlar yoki birikmalarning miqdorini aniqlash uchun qo‘llaniladigan miqdor nomini endilikda "Modda miqdori" deb ataladi.
Modda miqdori birligi mol, ramziy belgisi (ham) mol. Mol - uglerod 12 ning massasiga ko‘ra, bir mol uglerod 12 ning o‘zida qancha atom tutishiga qarab aniqlangan. Xalqaro kelishuvga ko‘ra, bir mol uglerod 12 izotopi, 0.012 kg, ya'ni, 12 gramm uglerod miqdori bilan belgilangan. O‘TXK, 1967-yilda XANFI, XANKI va XST tashkilotlarining taklifiga ko‘ra mol uchun quyidagi ta'rifni ma'qulladi va 1969 yilda uni tasdiqladi. Molning ta'rifi 1971 yilda 14-O‘TXK tomonidan qabul qilindi:
1.Mol - massasi 0.012 kg bo‘lgan 12C uglerodda qancha atom bo‘lsa, tarkibida shuncha struktur elementlar tutgan sistemaning modda miqdoridir. Uning belgisi - "mol".
2.Molni tadbiq etishda struktur elementlarni xoslashtirlgan (spetsifikatsiyalashtirilgan) bo‘lishi shart va ular, atom, molekula, ion, elektron va boshqa zarrachalar, yoki zarrachalarning xoslashtirilgan guruhi bo‘lishi mumkin Bundan kelib chiqadiki, uglerod 12 niong molyar massasi - aniq 12 gramm taqsim mol bo‘lar ekan: M(12C)=12 g/mol 1980-yilda O‘TXQ, Birliklar Konsultativ Qo‘mitasi 1980 (CCU) ning quyidagi axborotini ma'qulladi: Mazkur tarif, uglerod 12 erkin atomining tinch va standart holati uchun keltirilgan. Molning ta'rifi shuningdek, har qanday modda uchun bir moldagi struktura birliklarining sonini ifodalovchi universial konstantanig qiymatini ham aniqlaydi. Bu konstantaning nomi - Avogadro doimiysi, belgisi