1– Ma’ruza
Mavzu:
Kinematika.Moddiy nuqta kinematikasi: Kinematikaning
asosiy tushunchalari .Kinematika
predmeti,masalalari va harakatning
nisbiyligi.Nuqta harakatining berilish usullari:vector,koordinatalar va
tabiiy usullari.
Nuqtaning tezlik va tezlanish vektori.
REJA:
1.
Kinematikaning asosiy tushunchalari
2.Nuqta harakatining berilish usullari
3. Nuqtaning tezlik vektori.
4. Nuqtaning tezlanish vektori.
xe "Nuqta harakati: berilish usullari:"
1.1 § Kinematikaning asosiy tushunchalari
Jismlarning inertligini (massasini) va ularni harakatga
keltiruvchi kuchlarni
e’tiborga olmagan holda, ularning harakatlarini geometrik xususiyatlarini
o‘rganadigan mexanikaning qismiga,
kinematika deb ataladi.
Kinematika qismi, bir tomondan mexanik harakatning (kinematikaning)
asosiy
tushunchalari va kinematik parametrlar o‘zaro bog‘likligining o‘zgarishini, ularga
ta’sir etayotgan kuchlarga bog‘lik ekanligini dinamika qismini o‘rganishda asos
bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, uning usullari amaliy mustaqil ahamiyatga ega bo‘ladi,
masalan, mexanik uzatmalarni hisoblash ishlarida.
Mexanik harakat deganimizda, bir jismni boshqa jismlarning fazodagi tutgan
o‘rinlariga nisbatan vaqt davomidagi o‘zgarishiga aytiladi.
Harakatlanayotgan jismning (yoki nuqtaning) ixtiyoriy vaqtdagi o‘rnini
aniqlash
uchun, boshqa bir jism bilan mahkam bog‘langan koordinata sistemasi tanlab
olinadi, ushbu koordinata
hisob sistemasi deb ataladi. Bundan keyin jismning (yoki
nuqtaning) harakatini, shu tanlab olingan hisob sistemasiga nisbatan aniqlaymiz.
Hisob sistemasini o‘zaro perpendikulyar holda uch tomonga yo‘nalgan o‘qlar
orqali tasvirlaymiz (lekin shu o‘q mahkamlangan
jism tasvirlanmaydi, masalan,
aksariyat o‘qlar erga mahkamlanadi, lekin erning shakli tasvirlanmaydi).
Kinematika qismida hisob sistemasidagi o‘qlar ixtiyoriy ravishda tanlab
olinadi (ularni tanlash faqat masalaning maqsadiga bog‘liq bo‘ladi xolos).
Kinematika qismida biror hisob sistemasi orqali
aniqlangan qiymatlar boshqa
ixtiyoriy hisob sistemasida ham o‘z qiymatini saqlab qoladi. Dinamika qismida
bunday qoidalar o‘rinsiz bo‘ladi, shu sababli ular 74
§ - da alohida ko‘rib chiqiladi,
ya’ni dinamikaning qonunlari turli hisob sistemalarida turlicha bo‘ladi.
Jismning harakati fazoda vaqt davomida sodir bo‘ladi. Mexanikada fazoni
uch o‘lchovli evklid fazosi ko‘rinishida tasavvur qilinadi.
Bunday fazodagi
o‘lchovlar evklid geometriyasiga asoslanib hisoblanadi. Uzunlik o‘lchovining
birligi sifatida 1m qabul qilingan. Mexanikada vaqt universal hisoblanadi, ya’ni u
hamma hisob sistemalarida baravar o‘tadi (masalan, Amerikada ham, Evropa va
Osiyoda ham 1 sekundning miqdori bir xil kechadi). Vaqt birligi sifatida 1s qabul
qilingan. Uzunlik L (yoki -l) - harfi bilan belgilanadi vaqt T (yoki-t)
- harfi bilan
belgilanadi.
Evklid fazosi va universal vaqt fazoning haqiqiy xossalarini faqat ma’lum
darajadagi xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan holda, ya’ni taqribiy tasvir etadi. Lekin,
tajribalar shuni ko‘rsatadiki, mexanika qismidagi harakatlar (yorug‘lik tezligidan
ancha kichkina bo‘lgan harakatlar) uchun, bunday taqribiy hisoblar haqiqiy
hisoblarga juda yaqin ekanligi aniqlandi.
Vaqt skalyar va to‘xtovsiz kechuvchi kattalik (qiymat) hisoblanadi.
Kinematika qismida t - vaqt erkin o‘zgaruvchan (argument) qiymat hisoblanadi.
Qolgan hamma kinematik kattaliklar (yo‘l, tezlik, tezlanish va b.) vaqtga bog‘liq
holda o‘zgarib boradi, ya’ni ular vaqt t - ga bog‘liq bo‘lgan funktsiyalardan iborat
bo‘ladi.
Vaqtning hisobi ixtiyoriy
ravishda tanlab olingan boshlang‘ich vaqt (t=0 s)
dan boshlab o‘lchanadi, uning boshlanishi har bir masalada alohida ta’kidlanadi va
ular turlicha bo‘lishi mumkin. Har qanday
vaqt momenti boshlang‘ich vaqt (t=0)
dan boshlab o‘tgan sekundlar soniga qarab aniqlanadi (yoki avvalgi vaqt bilan
keyingi vaqt oralig‘idagi farq orqali hisoblanadi), Ikki vaqt oralig‘idagi
vaqtning
farqi
vaqt oralig‘i deb ataladi.