Mavzu: atom massa. Molekular massa. Modda miqdori. Massa



Yüklə 31,22 Kb.
səhifə1/3
tarix25.12.2023
ölçüsü31,22 Kb.
#196242
  1   2   3
atom massa molekular massa



MAVZU: ATOM MASSA. MOLEKULAR MASSA.MODDA MIQDORI. MASSA

REJA:

  1. Atom massa

  2. Molekular massa

  3. Modda miqdori va massa

Atom massasi, atom ogʻirligi – atom massalarining atom massasi birli-klarida ifodalangan nisbiy qiymati. Atom massasi ifodasini ingliz ki-myogari J.Dalton 19-asr boshida fanga kiritgan. 1961-yilda qabul qilingan nisbiy atom massalari birliklari shkalasiga asosan atom massasi birligi (atm.m.b.) uglerod izotopi atomi ¹²C massasining 1/12 qismiga teng. Xalqaro belgisi – U. Ele-mentar zarralar, atom yadrolari, atomlar, molekulalar massasi birligi sifatida qoʻllaniladi. Atom massasi kimyoviy elementlarning eng muhim koʻrsatkichidir. Kimyoviy elementlar atomlarining tuzilishi va xossalarining oʻzgarish qonuniyatlari Atom massasi bilan oʻzaro bogʻliq. Bir kimyoviy element izotoplarining Atom massasi qiymati turlicha boʻladi. Izotoplar aralashma-sidan tashkil topgan elementlarning Atom massasi sifatida aralashma tarkibidagi izotoplarning protsent miqdorlarini hisobga olgan holda shu izotoplar Atom massasining oʻrtacha qiymati qabul qilinadi. Ushbu qiymatlar elementlar davriy sistemasida (massa soni keltirilgan transuran elementlar bundan mustasno) keltirilgan. Atom massasi turli fizik va kimyo-viy usullar bilan aniqlanadi; ulardan eng aniqrogʻi – mass-spektroskopiyadir. Bu usulda element ionlari nisbiy zaryadlarning qiymatlari, boshqacha aytganda, zaryad kattaligining ion massasiga nis-batan aniqlanadi. Buning uchun ionlarning elektr yoki magnit maydonida toʻgʻri chiziqli harakatdan chetga chiqishi tek-shiriladi. Fizik usullardan yana biri yadro reaksiyasiga asoslangan. Bunda yadroda boʻladigan oʻzgarishlar natija-sida bir atom yadrosining ikkinchi atom yadrosiga aylanishi tufayli ajralib chiqadigan energiyadan foydalaniladi. Kimyoviy usullardan biri – elementning bir necha kimyoviy birikmalari mo-lekulyar massasini va bu birikmalarning kimyoviy tarkibini aniqlashga asoslangan. Atom massasini taqriban aniqlash usullari ham bor. Mas, ulardan biri Dyulong va Pti qoidasiga asoslangan; bu qoidaga koʻra, element Atom massasining oʻsha elementning solishtirma issiqlik sigʻimi (S)ga koʻpaytmasi oʻzgarmas miqdor boʻlib, u taxminan 6,3 ga teng:`

Elementning izotoplari turli xil atom massalariga ega boʻlgani sababli olimlar elementning nisbiy atom massasini ham aniqlashgan, baʼzan u atom ogʻirligi deb ham ataladi. Nisbiy atom massasi bu namunadagi barcha turli xil izotoplar atom massalarining oʻrtacha koʻrsatkichidir. Har bir izotopning ulushi namunaning qancha qismini tashkil qilishiga qarab belgilanadi. Davriy jadvalda berilgan nisbiy atom massalari, masalan quyida vodorod uchun keltirilganidek, har bir elementning tabiiy uchraydigan barcha izotoplariga koʻra hisoblab chiqilgan, yaʼni elementning yer yuzida uchraydigan izotoplari miqdoricha oʻlchangan. Asteroidlar va meteoritlar kabi yerdan tashqaridagi jismlar turli xil izotop miqdorlariga ega boʻlishlari mumkin.



Davriy jadvalda elementlar rasmdagidek berilgan. Yuqoridan chap tomonda atom raqami yoki protonlar soni, oʻrtada esa elementning kimyoviy belgisi (masalan, H), quyiroqda Yerda tabiiy uchrovchi izotoplar uchun hisoblab chiqilgan nisbiy atom massasi, eng pastki qismida esa elementning toʻliq nomi (masalan, vodorod) keltirilgan.



Uglerod-14 ning radioaktiv parchalanish grafigi. Vaqt oʻtishi bilan uglerod-14 miqdori eksponentsial ravishda kamayadi. Dastlabki uglerod-14 ning yarmi parchalanib ketgan davri va yarmi hali ham oʻzgarmagan holatidagi davri 1/2 T sifatida belgilangan. Bu vaqt radioizotopning yarim parchalanish davri sifatida ham maʼlum va uglerod-14 uchun 5730 yilga teng. Masalan, uglerod, odatda atmosferada karbonat angidrid kabi gazlar shaklida uchraydi va u uchta izotopik shaklda mavjud: barqaror boʻlgan uglerod-12 va uglerod-13, hamda radioaktiv uglerod-14. Uglerodning bu shakllari atmosferada nisbatan doimiy proporsiyalarda uchraydi. Uglerod-12 asosiy shakl sifatida taxminan 99%, uglerod-13 esa 1%, uglerod-14 boʻlsa juda ham oz \[^1\] miqdorda mavjud. Oʻsimliklar shakarni hosil qilish uchun havodan karbonat angidridni soʻrib olganda, ularning toʻqimalaridagi uglerod-14 ning nisbiy miqdori atmosferadagi uglerod-14 konsentratsiyasiga teng boʻladi. Hayvonlar, oʻsimliklar yoki oʻtxoʻr boshqa hayvonlar bilan oziqlanganida ularning tanalaridagi uglerod-14 konsentratsiyasi atmosfera konsentratsiyasiga mos keladi. Organizm nobud boʻlganda esa u uglerod-14 ni qabul qilishni toʻxtatadi, shuning uchun uglerod-14 asta-sekin azot-14 ga parchalanishi natijasida suyak qoldiqlaridagi uglerod-14 ning uglerod-12 ga nisbati zaiflashib boradi. Yarim parchalanish, taxminan 5730 yil oʻtgach, dastlab mavjud boʻlgan uglerod-14 ning yarmi azot-14 ga aylanadi. Ushbu xususiyat qadimgi suyaklar yoki yogʻochlarga oʻxshash jonli jismlarning yoshini bilish uchun ishlatilishi mumkin. Uglerod-14 ning uglerod-12 ga konsentratsiyasi nisbatini atmosferadagi biror-bir jismning bir xil nisbatiga, jismning boshlangʻich konsentratsiyaga teng boʻlgan nisbatga solishtirish orqali izotopning hali parchalanmagan qismini aniqlash mumkin. Ushbu qism asosida materialning yoshi, agar u 50000 yoshdan oshmagan boʻlsagina, aniq hisoblanishi mumkin. Boshqa bir elementlarda esa yarim parchalanish davri turli xil boʻlgan izotoplar mavjud va shuning uchun ulardan har xil vaqt oraligʻidagi yoshni aniqlash uchun foydalanish mumkin. Masalan, kaliy-40 1.25 milliard yillik yarim parchalanish davriga ega, uran-235 ning esa yarim parchalanish davri 700 million yilga teng va u oydagi qoyatoshlarning yoshini aniqlash uchun foydalaniladi.

Yüklə 31,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin