Tomson Atomi modeli
Elektron kashf etilgandan bir oz vaqt oʻtgandan keyin, 1903-yilda ingliz fizigi Jozef Jon Tomson diametri tahminan 10 −10 m, ichiga elektronlar „sochilgan“, hajmi boʻyicha musbat zaryadlangan sfera shaklidagi atom modelini taklif etdi. Elektronlarning sfera markaziga nisbatan tebranganda, atom yorugʻlik nurlantiradi. Tosmon, elektronlar sfera markazi atrofida qatlam boʻlib guruhlanadi, deb hisobladi.
Rezerford tajribasi
Tomson taklif etgan modelda atom massasi uning hajmi boʻyicha bir tekis taqsimlangan. Bunday farazning hato ekanligini tez orada ingliz fizigi Ernest Rezerford isbotladi. 1908-1911-yillarda uning rahbarligida α-zarralar (geliy yadrolari)ning metal folga (zar qogʻoz)da sochilishiga oid tajribalar oʻtkazilgan edi. (qarang Alfa yemirilish). α-zarra yupqa folgadan (qalinligi 1 mkm) oʻtib va oltingugurtli qoʻrgʻoshindan qilingan ekranga tushib, mikroskopda yaxshi koʻrinadigan chaqnashni vujudga keltirar ekan. Ekranni α-zarraning dastlabki harakat yoʻnalishida xar hil burchaklarda joylashtirildi va folgadan u yoki bu burchakka sochilgan zarralar soni sanaldi. Koʻpchilik zarralar folgadan bir oz ogʻib oʻtib ketishi aniqlandi, biroq ayrim hollarda (tahminan 10 000 lan bittasida) α-zarraning 90˚ dan katta burchakka ogʻgani kuzatildi.
Rezerford tajribasi sxemasi
Bu, agar 15 duymli snaryadni bir varaq papiros qogʻoziga otganingizda, snaryad qogʻozdan qaytib kelib, sizga tekkanidek, aql bovar qilmaydigan hol edi
— deb keyinchalik eslagan edi Rezerford. α-zarrachalarning sochilishiga oid tajribalar shuni yaqqol koʻrsatdiki, atomning butun massasi juda kichik hajmda — atom yadrosida toʻplangan boʻlib, uning diametri atom diametridan 10 000 marta kichikdir. Koʻpchilik α-zarralar ogʻir yadro yonidan, unga tegib ketmasdan uchib oʻtadi, biroq bunda u orqaga „sakrab ketishi“ mumkin.
Rezerford tajribalari atomning yadro modeli ni yaratish uchun asos boʻldi. Bu model bizning atom tuzilishi haqidagi bugungi tasavvurlarimizni ifodalaydi.