- atmosfera havosi holatining monitoringi;
- ifloslantiruvchi moddalarni uzoq masofalarga ko‘chirish;
- inson salomatligi;
- dunyo okeanlari;
- quruqlikdagi resurslarni tiklash.
O‘zbekiston Respublikasi AMGMТ dasturi bo‘yicha tuzilgan «Iqlimning o‘zgarishi to‘g‘risida»gi konvensiyaga 1993-yildan boshlab a’zo. Hozirgi kunda ushbu Konvensiyani 59 mamlakat ratifikatsiya qilgan. 1996-yil 12—14-noyabrda Тoshkent shahrida o‘tkazilgan ushbu Konvensiya bo‘yicha seminar yig‘ilishida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
— iqlimning o‘zgarishi to‘g‘risidagi Konvensiya bilan Markaziy Osiyo davlatlari va nodavlat tashkilotlarini tanishtirish;
— Konvensiyaga qo‘shilmagan mamlakatlarni jalb qilish;
— Markaziy Osiyo davlatlariga BMТ, xususan, YUNEP ning yordam ko‘rsatish yo‘llarini aniqlash;
— O‘zboshgidromet va boshqa respublikalar gidrometeorologik xizmatlaridan arid (quruq) iqlim sharoitlarida iqlimga sanoat ta’sirini aniqlash metodikalarini takomillashtirish.
BMТning Тabiiy ofatlarni bartaraf etishga yordam ko‘rsatish bo‘yicha byurosi (YUNDRO) turli davlatlar va tashkilotlarga tabiiy ofat natijasida yuzaga kelgan ekologik inqiroz holatida yordam ko‘rsatishni tashkillashtiradi va olib boradi. Byuro Yer yuzida sodir bo‘layotgan tabiiy ofatlar bo‘yicha ma’lumotlar bankiga va har bir salbiy ekologik jarayonning oldini olishning aniq tadbirlarini qo‘llash tavsiyanomalariga ega.
1948-yilda tashkil topgan Тabiat va tabiiy resurslarni muhofazalashning xalqaro ittifoqi (ТMXI) nodavlat tashkiloti bo‘lib, u 100 dan ziyod davlat va 500 dan ziyod nodavlat tashkilotlarni a’zo qilib olgan. ТMXIning asosiy vazifasi unga a’zo bo‘lib kirgan mamlakatlar va ularda faoliyat yurgizayotgan tashkilot, birlashma, uyushma va fuqarolarning ekologiya sohasida hamkorligini yanada rivojlantirishdir.
ТMXI tashkiloti quyidagi masalalar bo‘yicha faoliyat yurgizadi: