Mavzu: auditor tekshiruvining ishchi dasturini tayyorlash tartibi



Yüklə 31,46 Kb.
səhifə2/4
tarix23.05.2023
ölçüsü31,46 Kb.
#120767
1   2   3   4
Mavzu auditor tekshiruvining ishchi dasturini tayyorlash tartib

Uyg’unlik tamoyili auditning dastlabki rejasini tuzishdan tortib, to umumiy rejasi va dasturini tuzgunga qadar bo’lgan barcha bosqichlarning o’zaro bog’liqligi va muvofiqligini ta’minlashni nazarda tutadi.
Rejalashtirishning uzluksizlik tamoyili tekshiruvda ishtirok etadigan auditorlarga kelishilgan topshiriklar belgilanishi va rejalashtirish bosqichlarining muddatlar hamda tarkibiy bo’linmalar bo’yicha bog’liqligida ifodalanadi.
Auditni rejalashtirishning maqbullik tamoyili shundan iboratki, rejalashtirish chog’ida auditorlik tashkiloti o’zi belgilagan mezonlar asosida auditning umumiy rejasi va dasturidan maqbulini tanlash imkoniyatiga ega bo’lishi zarur. Auditorlik tekshiruvi uzoq vaqt davom etganida, auditor mijozning moliya - xo’jalik faoliyatidagi va qonunchilikdagi o’zgarishlarni hisobga olgan holda reja va dasturga zarur tuzatishlar kiritishi mumkin.

Xulosa:
Xulosa qilib aytganda, auditni rejalashtirish jarayonini yuqorida tavsiya etilgan tartib-qoidalar asosida amalga oshirilishi auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshiruvlarni oldindan puxta va aniq belgilangan ketma-ketlik asosida o’z muddatida va sifatli tarzda o’tkazish imkoniyatini yaratadi.
Dastur audit umumiy rejasini rivojlantirish hisoblanadi va audit rejasini amalda qo’llash uchun zarur bo’lgan auditorlik amallari mazmunining batafsil ro’yxatini o’z ichiga oladi. Dastur auditor yordamchilari uchun batafsil yo’riqnoma bo’lib, bir vaqtning o’zida auditorlik tashkiloti va auditorlik guruhining rahbari uchun ish sifatini nazorat qilish vositasi hisoblanadi.
Tuzilgan umumiy reja audit dasturini amalga oshirishning asosiy manbasi yoki dasturning uslubiy hamda me’yoriy asosi bo’lib xizmat qilishi kerak. Auditorlik tekshiruvini o’tkazish jarayonida umumiy rejaning ayrim qoidalariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish zaruriyati paydo bo’lishi mumkin, bunday vaqtda kiritiladigan o’zgartirishlar mazmuni va sabablari rejada batafsil bayon etilishi kerak.



Yüklə 31,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin