Xat-majburiyatning mundarijasi quyidagilardan iborat bo’ladi
Xalqaro audit standartlarining 240-standarti shu masalaga bag’ishlangan bo’lib, bu standart «Aldash va xato» deb nomlangan.
Bu standartda audit qilishda nimalarga e’tibor berish kerakligi, aldash va xatolar moliyaviy hisobotga qanchalik darajada ta’sir etganlik, aldash va xatolarning oldini olish bo’yicha bir qator protseduralar ishlab chiqilgan.
Aldash turlari
Manipulyatsiya, falsifikatsiya yoki hisob hujjatlarini o’zgartirilishi
Aktivlarni noqonuniy yo’l bilan egallash
Hisob hujjatlarida noto’g’ri ma’lumot, axborot berish yoki ularni yashirish
Moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarini noto’g’ri hisobga olish
Hisob siyosatini noto’g’ri olib borish
Hisob siyosatini noto’g’ri olib borish
Faktlarni unutish yoki ularni noto’g’ri tushunish
Arifmetik xatolar
Xato turlari
Aldash oldindan bilib qilinadigan harakat hisoblanib, bir yoki bir necha kishi, rahbariyat tomonidan, ishchilar yoki uchinchi shaxs tomonidan amalga oshirilgan bo’lishi mumkin. Aldash moliyaviy hisobotni noto’g’ri tuzilishiga olib keladi.
Xato esa xo’jalik operatsiyalari jarayonida hisob yozuvlarida arifmetik yoki mantiqiy xatoliklar, hisob ma’lumotlariga e’tiborsizlik yoki xo’jalik faoliyati faktlarini, mulkning holati va mavjudligini, majburiyatlar va hisoblash ishlarini noto’g’ri tasavvur etish orqali hisob va hisobot ma’lumotlarining ko’zda tutilmagan holatdagi buzilishi, asosiy vositalarni olib kelish, kirim qilish, chiqim qilish va provodkalar berishda bilmasdan noto’g’ri provodkalar berish, ularni bilmasdan, hisobchining e’tiborsizligi tufayli noto’g’ri rasmiylashtirish va hujjatlarda aks ettirish oqibatida moliyaviy hisobotlarni noto’g’ri tuzilishiga olib kelishdir.
Ichki nazorat va buxgalteriya hisobida bo’ladigan kamchiliklardan tashqari aldash va xatolarning ko’payishiga yoki kamayishiga quyidagi omillar ta’sir etadi:
Rahbariyatning rostgo’yligi va haqqoniyligi;
Ichki va tashqi tazyiqlar ta’siri;
Noma’lum operatsiyalar;
Auditorlik isbotlarini yig’ish paytida paydo bo’ladigan muammolar.