Mavzu: auditorlik faoliyatining huquqiy asoslari



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə4/6
tarix24.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#192324
1   2   3   4   5   6
2 мавзу Аудитнинг хукукий асослари

Auditorlik kasbiga qo’yiladigan malakaviy talablar

Auditor malaka sertifikati jismoniy shaxsga, basharti u auditorlik tashkiloti shtatida bo’lsa yoki u bilan auditorlik tashkiloti fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan bo’lsa, auditorlik tekshiruvini amalga oshirish huquqini beradi. Malaka sertifikatiga ega bo’lgan har bir auditor malaka sertifikatini olgan yildan keyingi yildan e’tiboran har bir yil mobaynida respublika auditorlar jamoat birlashmasi bilan kelishilgan holda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan malaka oshirish dasturlari bo’yicha 60 soatdan kam bo’lmagan hajmda malaka oshirish kurslarini o’tishi shart.
Auditor malaka sertifikatini olishga da’vogar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  1. O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida olingan oliy iqtisodiy ma’lumotga yoki xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalarida olingan hamda qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasidagi ta’limga ekvivalient deb tan olingan oliy iqtisodiy ma’lumotga (1- ilova) ega bo’lish va oxirgi o’n yil ichida kamida uch yillik buxgalteriya hisobi, audit, moliyaviy yoki soliq nazorati sohasida yoxud shu sohalarda dars berish amaliy ish stajiga (shu jumladan o’rindoshlik bo’yicha) ega bo’lish;

yoki O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida olingan iqtisodiy bo’lmagan oliy ma’lumot yoxud xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalarida olingan hamda qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasidagi ta’limga ekvivalient deb tan olingan iqtisodiy bo’lmagan oliy ma’lumot bilan oxirgi o’n yil ichida kamida 5 yil auditor, bosh buxgalter, taftishchi yoki soliq inspektori sifatida ish stajiga ega bo’lish, shu jumladan o’rindoshlik bo’yicha;
yoxud O’zbekiston Respublikasida yoki xorijiy davlatlarda (qonun hujjatlariga muvofiq nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) o’tkazilganligi sharti bilan) olingan iqtisodiyot fanlari nomzodi (doktori) ilmiy darajaga ega bo’lish;

  1. respublika auditorlar jamoat birlashmasi bilan kelishgan holda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ta’lim dasturi asosida auditorlarni tayyorlash markazlarida maxsus tayyorgarlikdan o’tilishi Sertifikatlangan buxgalter-amaliyotchi yoki “Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)” sertifikatlash doirasida professional buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash dasturi bo’yicha “Moliyaviy hisob” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to’g’risida hujjatning mavjud bo’lishi;

"Sertifikatlangan buxgalter-amaliyotchi" sertifikatiga yoki "Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)" sertifikatiga hamda O’zbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy sohalarda 5 yildan kam bo’lmagan ish stajiga ega bo’lgan da’vogarlarga auditorlarni tayyorlash markazlarida maxsus tayyorgarlikdan o’tmasdan malaka imtihonini topshirishga ruxsat beriladi.
Auditor malaka sertifikatini olishga da’vogar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish to’g’risida ariza topshiradi:

  1. to’ldirilgan anketa;

  2. ma’lumot to’g’risidagi diplom yoki iqtisodiyot fanlari nomzodi (doktori) ilmiy darajasini olganlik to’g’risidagi diplomning hujjatni bergan muassasa tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan yoki notarial tasdiqlangan ko’chirma nusxasi;

yoki ma’lumot yoki ilmiy daraja to’g’risidagi xorijiy hujjatning ekvivalentligini tan olish to’g’risidagi vakolatli davlat organi guvohnomasining hujjatni bergan muassasa tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan yoki notarial tasdiqlangan ko’chirma nusxasi (xorijiy ta’lim muassasalarida olingan oliy ma’lumot yoki ilmiy daraja to’g’risidagi diplomga ega bo’linganda);

  1. mehnat daftarchasidan notarial tasdiqlangan ko’chirma (o’rindoshlik bo’yicha mehnat staji mavjud bo’lgan taqdirda bu haqida mehnat daftarchasiga qayd qilingan holda);

  2. ikkita fotosurat (3 x 4);

  3. auditorlarni tayyorlash markazlarida maxsus ta’lim olinganligi to’g’risidagi hujjatning asl nusxasi (ushbu hujjat, agar o’qish tugatilgan sanadan boshlab hujjatlarni topshirish sanasigacha bir yildan ko’p bo’lmagan vaqt o’tgan bo’lsa, haqiqiy hisoblanadi) va “Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)”, “Sertifikatlangan qasamyod qilgan buxgalter (ASSA)” “Sertifikatlangan jamoat buxgalteri (SRA)”, professional buxgalterning milliy sertifikati (Sertifikatlangan professional buxgalter) sertifikatlash doirasida professional buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash dasturi bo’yicha “Moliyaviy hisob” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi to’g’risida hujjatning ushbu hujjatni bergan muassasa tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan yoki notarial tasdiqlangan ko’chirma nusxasi (ushbu hujjat, agarda u berilgan sanadan boshlab hujjatlarni topshirish sanasigacha besh yildan ko’p bo’lmagan vaqt o’tgan bo’lsa, haqiqiy hisoblanadi);

yoki “Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)” setrifikatlarning hujjatni bergan muassasa tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan yoki notarial tasdiqlangan ko’chirma nusxasi (ushbu hujjat, agar o’qish tugatilgan sanadan boshlab hujjatlarni topshirish sanasigacha besh yildan ko’p bo’lmagan vaqt o’tgan bo’lsa, haqiqiy hisoblanadi);

  1. malaka sertifikatini berish uchun eng kam oylik ish haqining 1,5 baravari miqdorida yig’im to’langanligi to’g’risida guvohlik beruvchi bank to’lov hujjati.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ariza kelib tushgan kundan boshlab 3 kunlik muddat ichida malaka imtihonini topshirishga ijozat berish yoki ijozat berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qiladi. Rad etish to’g’risida qaror qabul qilinganda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi o’sha kunning o’zida rad etish uchun asoslarni ko’rsatgan holda qabul qilingan qaror to’g’risida da’vogarni yozma ravishda xabordor qiladi. Malaka imtihonini topshirishga ijozat berish to’g’risida qaror qabul qilinganda malaka imtihonini topshirishga ijozat berilgan da’vogarlarning ro’yxatlarini imtihon komissiyasiga topshiradi. Bunda malaka imtihoni guruhlarning shakllanishiga qarab, biroq hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab ikki oyda kamida bir marta o’tkaziladi.
Imtihon komissiyasi to’g’risidagi nizom, uning tarkibi va ishlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Imtihon komissiyasi tarkibiga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining xodimlari va manfaatdor tashkilotlar bilan kelishuvga binoan professional buxgalter va auditorlar, shuningdek zaruriyat tug’ilganda soliq solish, xo’jalik huquqi sohasidagi mutaxassislar kiritiladi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining vakolat berilgan vakili imtihon komissiyasining raisi hisoblanadi. Malaka imtihonini topshirishga ijozat berilgan da’vogarlar malaka imtihonini o’tkazish sanasi, vaqti va joyi to’g’risida u o’tkazilgunga qadar 10 kundan kechiktirmay yozma ravishda xabardor qilinadi.
Da’vogarlar pasport yoki shaxsni tasdiqlaydigan boshqa hujjatni taqdim etgan taqdirda ularga malaka imtihonini topshirish uchun ijozat beriladi. Yonida pasport yoki shaxsni tasdiqlaydigan boshqa hujjat bo’lmagan yoki malaka imtihoniga kechikkan da’vogarlar imtihonga kelmagan hisoblanadi va malaka imtihonini navbatdagi topshirishga ijozat berilgan shaxslar ro’yxatiga kiritiladi.
Agar da’vogar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hujjatlarni topshirgan sanadan boshlab olti oy mobaynida malaka imtihonini topshirish uchun kelmagan taqdirda topshirilgan hujjatlar da’vogarga qaytariladi.
Da’vogarlar guruhi (kamida 10 kishi va ko’pi bilan 20 kishi) uchun malaka imtihoni ikki bosqichda o’tkaziladi:

    • test sinovi (yozma shaklda 4 akademik soat mobaynida, uning natijalariga ko’ra da’vogarga yozma-og’zaki imtihon topshirish uchun ijozat beriladi);

    • imtihon biletlari bo’yicha yozma-og’zaki imtihon (masalalarni echish va og’zaki javobga tayyorlanish uchun 3 akademik soat beriladi).

Malaka imtihonining ikkala bosqichini bir kun davomida o’tkazishga ijozat berilmaydi. Testlar, imtihon biletlari savollari va to’g’ri javob variantlarini O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi respublika auditorlar jamoat tashkiloti bilan birgalikda Auditorlarni o’qitish dasturi asosida ishlab chiqadi.
Imtihon komissiyasi raisining imzosi qo’yilmagan test blanklari va imtihon biletlari haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Testlar va imtihon biletlarining mazmuni qonunlar va me’yoriy hujjatlarga kiritiladigan o’zgartish va qo’shimchalarni hisobga olgan holda vaqti-vaqti bilan qayta ko’rib chiqiladi.
Testga dasturning barcha bo’limlarini aks ettiradigan kamida 75 savol kiritiladi.
Test natijalarini ijodiy deb e’tirof etish uchun asos bo’lib hisoblanadigan to’g’ri javoblar miqdori imtihon testlaridagi mavjud savollar miqdorining kamida 75 foizini tashkil etishi kerak.
Test natijalari salbiy deb e’tirof etilgan taqdirda da’vogar yozma-og’zaki imtihonni topshirishga qo’yilmaydi, unga taqdim etgan hujjatlari qaytarib beriladi.
Imtihon bileti to’rt qismdan iborat, ularning har birida nazariy qism va quyidagi fanlar bo’yicha amaliy vazifa mavjud bo’ladi:

  1. qism. Moliyaviy hisob.

  2. qism. Boshqaruv hisobi, moliyaviy menejment va moliyaviy tahlil. 3-qism. Audit.

4-qism. Soliqqa tortish va tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish.
Imtihon bileti to’rt qismining har biri bo’yicha javoblar (shu jumladan masalani echish) besh balli tizim bo’yicha baholanadi.
Imtihon bileti bo’yicha kamida 15 ball olgan da’vogarlar imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi.
Auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos bo’lib hisoblanadi:
auditorning arizasi;
auditorlik tekshiruvi davomida auditor olingan ma’lumotlarni auditorlik tekshiruvi buyurtmachisining ruxsatisiz uchinchi shaxslarga berishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xollar bundan mustasno;
auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganda qonun hujjatlari talablarini muntazam yoki bir marta qo’pol ravishda buzganlik;
auditorlik tekshiruvi o’tkazishda aniqlangan, xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalteriya hisobi yuritish, shuningdek moliyaviy hisobotni tuzish bo’yicha belgilab qo’yilgan talablarni buzish faktlarining auditor tomonidan yashirganlik;
auditorlik faoliyatida uch yil davomida ishtirok etmaslik;
auditorning malaka sertifikati boshqa shaxsga topshirilgan bo’lib, mazkur shaxs ushbu hujjatni auditorlik faoliyatida ishtirok etish uchun o’z nomidan foydalanish maqsadida ishlatganlik faktining aniqlanganligi;
sudning muayyan lavozimlarni egallash yoki moliya-xo’jalik munosabatlari sohasida muayyan faoliyat bilan shug’ullanish huquqidan maxrum qilish tariqasidagi jazoni nazarda tutuvchi xukmining qonuniy kuchga kirganligi;
fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish to’g’risidagi sud qarori.
Bunda auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun asos bo’lib hisoblangan auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganda qonun hujjatlari talablarini bir marta qo’pol ravishda buzish deb quyidagilar tan olinadi:
auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganda mustaqillikni ta’minlamaslik; ishonchli bo’lmagan yoki qasddan soxta auditorlik xulosasini tuzganlik;
auditorlik tekshiruvini o’tkazishda olingan maxfiy axborotlarni auditorlik tekshiruvi buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Auditor malaka sertifikatining amal qilishi uni tugatish to’g’risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi.
Maxsus vakolatli davlat organining auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish to’g’risidagi qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Auditor malaka sertifikati quyidagi xollarda bekor qilinadi:
maxsus vakolatli davlat organining auditorga malaka sertifikatini berish to’g’risidagi qarori noqonuniy ekanligi aniqlanganida;
sertifikat soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganida.
Malaka sertifikatini bekor qilish to’g’risidagi qaror auditor malaka ceptifikati berilgan sanadan e’tiboran amal qiladi.


  1. Yüklə 0,87 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin