Мавзу: Аудиторлик ҳисоботларини тузиш тартиби


Auditorlik xulosasi va uni tuzish tartibi



Yüklə 271,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix17.05.2023
ölçüsü271,07 Kb.
#115025
1   2   3   4   5   6
auditorlik xulosasi va uning tarkibi kurs ishi (1)

4.Auditorlik xulosasi va uni tuzish tartibi. 
Auditorlik xulosasi buxgalterlik (moliyaviy) hisobotning tarkibiy qismi 
bo’lib, undan foydalanuvchilar uchun ushbu hisobot ishonchliligi axborot manbasi 
bo’lib xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar auditorlik 
xulosasida bayon qilingan fikrga tayanib, auditorga yoki auditorlik firmasiga 
ishonch bildiradilar. Ushbu ishonch, eng avvalo, auditor tomonidan bajarilgan 
ishning sifati bilan qo’lga kiritiladi va oqlanadi. 
Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotning to’g’riligi va buxgalteriya hisobi 
yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi 
to’g’risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lgan 
hujjat. Auditorlik xulosasi auditorlik hisoboti asosida tuziladi. 
Auditorlik xulosasi auditor (auditorlar), auditorlik tashkilotining rahbari 
tomonidan imzolangan va auditorlik tashkiloti muhri bilan tasdiqlangan bo’lishi 
kerak
Audit natijalari korxonadagi jarayonlar va moliya-xo’jalik faoliyati 
natijalarini tashkil etish va hisobga olishni holisona aks ettirishi lozim. 
Auditorlik xulosasi uchta: kirish, ta’kidlovchi va yakunlovchi qismdan iborat 
bo’lishi lozim. 
Auditorlik xulosasini auditorlik tashkilotining rahbari yoki auditorlik 
tashkilotining u vakolat bergan boshqa xodimi imzolaydi va auditorlik firmasi 
muhri bilan tasdiqlaydi. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faqat auditorlik xulosasining yakuniy qisminigina 
manfaatdor shaxslarga taqdim qilishi lozim. SHu munosabat bilan auditorlik 
xulosasining tahliliy qismi va yakuniy qismi alohida imzolanishi va muhrlanishi 
mumkin. Auditorlik xulosasining uchta turi mavjud: 
a) ijobiy auditorlik xulosasi; 
b) salbiy auditorlik xulosasi; 
v) xulosa tuzishdan voz kechish. 


12 
Ijobiy auditorlik xulosasida buxgalterlik balansi va moliyaviy hisobot 
ko’rsatkichlarining ishonchliligi auditor tomonidan tasdiqlanadi. 
Salbiy auditorlik xulosasi moliyaviy hisobot korxonaning moliyaviy ahvoli 
to’g’risida ishonarli ma’lumot bermagan va buxgalterlik hisoboti hamda uning 
moliya-xo’jalik faoliyati hisobi amaldagi me’yoriy qonunchilik talablariga mos 
kelmagan holda yuritilgan vaqtda tuziladi.
Auditorlik tekshiruvi natijasida aniqlangan xato-kamchiliklar xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt tomonidan tuzatilganda salbiy auditorlik xulosasi tuzilmaydi. 
Auditor buxgalterlik hisobi va hisobotining sifati to’g’risida ishonch bilan 
auditorlik xulosasi tuza olish uchun yetarli darajada ishonchli dalillar tuplay 
olmagan vaqtda xulosa tuzmaydi. Bunday holat auditorlik tekshiruvi hajmining 
cheklanganligi oqibatida moliyaviy hisobot to’g’risida fikr bildirish uchun 
auditorlik dalil-isbotlar yetarli bo’lmaganida yuzaga keladi. 
Auditorlik xulosasini tuzishdan voz kechish ayrim maxsus hollarda yuzaga 
keladi.
Auditorlik xulosasi kamida uch nusxada tuzilib, uning ikki nusxasi auditorlik 
tekshiruvi buyurtmachisi ya’ni korxona rahbariyatiga taqdim qilinadi. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar auditorlik tekshiruvi yakunlanganidan so’ng 15 
kun ichida auditorlik xulosasining bir nusxasini o’zlari joylashgan xududdagi soliq 
organiga taqdim qiladilar. 
SHu boisdan, korxona rahbari va moliya-hisob xizmati xodimlari oldindan, 
auditorlik xulosasini oxirgi tahrirda tuzgunga qadar tanishib chiqishlari, agarda 
ularda ayrim holatlarga nisbatan norozilik, mulohaza yoki qandaydir takliflari 
bo’lsa, ushbu bildirilgan fikrlar diqqat bilan eshitilib, korxona xodimlari 
ishtirokida muhokama qilinishi va asoslangan holda chiqarib tashlanishi yoki 
e’tiborga olinib, xulosaning oxirgi tahririda inobatga olinishi lozim. 


13 
Xulosa 
Auditorlik hisobotini va xulosasini shakllantirish audit rejasi va dasturining 
barcha bo’limlari bo’yicha o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini 
umumlashtirish va baholash jarayonida vujudga keladi. 
Audit natijalarini umumlashtirish ishlari asosan quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
ishchi hujjatlarni sharhlash va yakuniy ishchi hujjatlarni tayyorlash; 
aniqlangan kamchiliklarning jiddiylik darajasini baholash; 
auditorlik dalillarning yetarliligini baholash; 
faoliyat ko’rsatayotgan korxona printsipi bilan bog’liq omillarni baholash; 
buxgalteriya hisobotidagi axborotlarni taqdim qilish va bayon qilish; 
hisobot tuzilganidan so’ng sodir bo’lgan hodisalarni baholash; 
tekshiruv natijalari bo’yicha auditorning mijoz-korxona rahbariyatiga taqdim 
qiladigan yozma axborotini tuzish; 
auditorlik hisoboti va xulosasini tuzish. 
Auditorlik tekshiruvi o’tkazish chog’ida asosan tekshirilayotgan xo’jalik 
yurituvchi sub’ektning dastlabki hujjatlari, hisob registrlari va hisobotlarida aks 
ettirilgan haqiqiy axborotlar tahlil qilinadi va baholanadi. Faqat ayrim hollardagina 
auditorlar taxmin va hisob-kitoblarga asoslangan moliyaviy axborotlarni 
baholaydilar. 
Ta’kidlash joizki, tekshiruv natijalari va xo’jalyk yurituvchi sub’ekt 
mutaxassislarining hisob-kitoblarini baholashda auditorlar ma’lum darajada 
professional ehtiyotkorlikka rioya qilishlari zarur. 
Auditor quyidagi hollardagi kabi, katta nomuvofiqliklar mavjudligini 
ko’rsatuvchi holatlarni ob’ektiv baholashi zarur: 
xo’jalyk yurituvchi sub’ekt xodimlariga ma’lum bo’lgan, ammo auditor 
tomonidan ochilmagan xatolarni aniqlash faktlari; 
tekshiruv uchun zarur bo’lgan, auditorga o’z vaqtida taqdim qilinmagan 
dastlabki hujjatlar yoki ma’lumotlarga doir xo’jalyk muomalalari; 
mutaxassislarning hisob-kitoblaridagi nomuvofiqliklar; 


14 
inventarizatsiya natijasida aniqlanib, dalolatnoma va taqqoslash qaydnomalari 
bilan rasmiylashtirilgan, lekin yetarli darajada tahlil qilinmagan va tuzatilmagan 
katta tafovutlar; 
katta tafovutlarning tasdiqlanmaganligi va auditor so’rovlariga kutilgan 
javoblar olinmaganligi; 
tekshiruv uchun tanlab olingan, zarur dastlabki hujjatlar yoki tegishli ruxsat 
etuvchi ko’rsatmalar taqdim qilinmagan xo’jalyk muomalalari. 
Auditor to’plangan dalillar yetarliligini baholashda ushbu holatlar aniqlangan 
bosqichni (rejalashtirish, audit o’tkazish) hisobga olishi kerak. 


15 

Yüklə 271,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin