Mavzu: Autentifikatsiya va identifikatsiya protokollari reja: Kirish


Biometrik identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash



Yüklə 31,51 Kb.
səhifə3/4
tarix21.12.2023
ölçüsü31,51 Kb.
#187674
1   2   3   4
Xavfsizlik

Biometrik identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash

Oxirgi vaqtda insonning fiziologik parametrlari va xarakteristikalarini, xulqining xususiyatlarini o‘lchash orqali foydalanuvchini ishonchli autentifikatsiyalashga imkon beruvchi biometrik autentifikatsiyalash keng tarqalmoqda.


Biometrik autentifikatsiyalash usullari an’anaviy usullarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
-biometrik alomatlarning noyobligi tufayli autentifikatsiyalashning ishonchlilik darajasi yuqori;
- biometrik alomatlarning sog‘lom shaxsdan ajratib bo‘lmasligi;
- biometrik alomatlarni soxtalashtirishning qiyinligi.
Foydalanuvchini autentifikatsiyalashda faol ishlatiladigan biometrik algoritmlar quyidagilar:

Iste’molchi nuqtai nazaridan biometrik autenfikatsiyalash tizimi quyidagi ikkita parametr orqali xarakterlanadi:

  • xatolik inkorlar koeffitsienti FRR (false-reject rate);

  • xatolik tasdiqlar koeffitsienti FAR (false-alarm rate).

Xatolik inkor tizim qonuniy foydalanuvchi shaxsini tasdiqlamaganda paydo bo‘ladi (odatda FRR qiymati taxminan 100 dan birni tashkil etadi). Xatolik tasdiq tizim noqonuniy foydalanuvchi shaxsini tasdiqlaganida paydo bo‘ladi (odatda FAP qiymati taxminan 10000 dan birni tashkil etadi). Bu ikkala koeffitsient bir biri bilan bog‘liq: xatolik inkor koeffitsientining har biriga ma’lum xatolik tasdiq koeffitsienti mos keladi. Mukammal biometrik tizimda ikkala xatolikning ikkala parametri nulga teng bo‘lishi shart. Afsuski, biometrik tizim ideal emas, shu sababli nimanidur qurbon qilishga to‘g‘ri keladi. Odatda tizimli parametrlar shunday sozlanadiki, mos xatolik inkorlar koeffitsientini aniqlovchi xatolik tasdiqlarning istalgan koeffitsientiga erishiladi.

Yüklə 31,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin