2.1. Ob’yekt tushunchasi. Ob’yekt va ob’yektlarni tanlash.
AutoCAD dasturi bilan ishlashda ob’yekt tushunchasini to’g’ri aniqlab, tushunib olish lozim. Aytaylik Chizish asboblar panelidagi «Pryamоugоlnik» - To’g’ri to’rtburchak chizish buyrug’i asosida bajarilgan shaklni dastur bitta ob’yekt deb qabul qiladi. Aynan shu shakl «Оtrеzоk» - Kesma buyrug’i asosida bajarilsa dastur ushbu shaklni to’rtta ob’yekt deb qabul qiladi. Chunki birinchi usulda bitta buyruq bilan amal bajarildi, ikkinchi usulda esa to’rt marta to’g’ri chiziq chizish buyrug’i ketma – ket takrorlandi.
2. 3.
«Pryamоugоlnik» - To’g’ri to’rtburchak chizish buyrug’i asosida bajarilgan to’rtburchak. (1 ta ob’yekt)
«Оtrеzоk» - Kesma buyrug’i asosida bajarilgan to’rtburchak. (4 ta ob’yekt)
Bitta ob’yektdan iborat shakllar.
Ob’yekt va ob’yektlarni tanlash
Ob’yektlarni tanlash odatda ularni tahrirlash uchun zarur.
Bitta ob’yekt tanlanishi uchun sichqoncha ko’rsatkichi ob’yekt chizig’i ustiga olib boriladi va sichqoncha chap tugmasi bosiladi.
Bir nechta ob’yektlarni baravariga tanlash uchun odatda dinamik ramkadan foydalaniladi. Dinamik ramka bu sichqoncha yordamida ob’yektlar guruxini to’g’ri to’rtburchak asosida tanlash demakdir. Buning uchun ob’yektlar perimetridan tashqi hududda sichqoncha chap tugmasi bosiladi va sichqoncha siljitib ko’k yoki yashil rangdagi to’g’ri to’rtburchak hosil qilinadi. Bunda ramka ob’yekt yoki ob’yektlarni o’z hududiga olishi kerak. Ob’yekt (ob’yektlar) to’g’ri to’rtburchak hududida joylashgandan so’ng yana sichqoncha chap tugmasi takroran bosiladi. Natijada ob'yekt (ob’yektlar) chiziq turi o’zgarib tanlanganligini bildiradi. Ramka esa yo’qoladi.
Ko’k ramka – ob’yektlar guruxidan kerakli ob’yektlar to’plamini ajratib tanlash uchun qo’llanadi. Faqat o’z hududiga to’liq kirgan ob’ektlargina tanlanadi.
Bunday tanlashda sichqoncha ko’rsatkichi 1 – nuqtadan 2 – nuqtaga qarab yo’naltiriladi.
XULOSA: Mamlakatimizda sog`lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o’z ijodiy va intellektual saloxiyatini ro’yobga chiqarish, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to’liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga etkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo’yicha keng ko’lamli aniq yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasida 2010 yilning «Barkamol avlod yili» deb e’lon qilindi. Ta’lim jarayoniga yangi axborot-kommunikastiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-xunar kollejlari, listeylari va oliy o’quv yurtlarida o’qitish sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim muassasalarining o’quv-laboratoriya bazasini zamonaviy turdagi o’quv va laboratoriya uskunalari. kompyuter texnikasi bilan mustaxkamlash choralari ishlab chiqilmoqda.
Zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari asosida ta’lim muassasalari o’quv jarayonlarini tashkil etish, o’quv jarayonlarining sifat va samaradorligini keskin oshirishga olib keladi. Buning uchun Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarida texnik va tashkiliy imkoniyatlar yaratilgan.
Talabalarni mavjud elektron darsliklar, plakatlar, stendlar, va boshqa turdagi vositalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa chizmachilik darslarnida grafik dasturlardan foydalanish yanada talabalarni qiziqishiga asos bo’ladi. Hozirgi paytda kompyuter grafik dasturlaridan foydalanish imkoniyatlari mavjud. Misol uchun o’qituvchi dars jarayonida grafik dastur orqali darsni tashkil etsa talabalarni birinchidan qiziqishlari ortadi, ya’ni uncha aktiv bo’lmagan talabalar ham darsga qiziqish bilan qatnashadilar, ikkinchidan ularni tassavvurlari kengayadi, uchinchidan ijodiy fikrlashlari ham ortadi. Xozirgi kunga kelib talabalarni zamonaviy metodlardan foydalanib o’qitish orqali etarli darajada bilim berish va ularni zamon talabidagi mutaxassislar qilib tayyorlash oldimizdagi eng katta maqsadimizdir. Bilimlarni o’zlashtirish jarayonida sezgi, idrok, tasavvur, tafakkur kabi psixik jarayonlar faol ishtirok etadi va amaliyotda sinab ko’riladi.