Olimlarning aniqlashicha, jannatdagi hurlar to’g’risidagi rivoyatlar “Avesto”obrazlari orqali (asosida)shakllanadi. Zardushtiylikning hozirgi shakli forsiylik. Hozirgi paytlargacha saqlanib qolgan dafn marosimlari o’ziga xos xususiyatlari mavjud: murdalar bir necha past- baland “sukunat minoralari” ”dahmalar"ga solinadi, u yerda murdalarning go’shtlarini qushlar yeydi; go’shtdan tozalangan suyaklar minora o’rtasidagi chuqur quduqga sochib yuboriladi. Bunda “halol” bilan “harom”ning bir-biriga yaqinlashmasligiga erishiladi. Zardushtiylik ibodatxonalarida mangu olov yonib turadi. Zardushtiylikning asrlar mobaynida mazmun- mohiyati o’zgarib keldi, Arshakiylar va Sosoniylar davrida davlat diniga aylangan.
O’zbekistonda chop qilingan “Avesto” kitobida chizilgan ushbu rasmda darvish qiyofasi tasvirlangan. Hamda uning ostida shunday so’zlar yozilgan: "Darvishlarning anduhlarni yaratguvchi mehribonlik va javonmardligini olqishlaymiz". "Yetti buyuk yasht"
“Avesto” dagi ma’lumotlarga ko’ra, O’rta Osiyo aholisining ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar quyidagicha bo’lgan.
Nmana
Oila jamoasi
Vis
Patriarxal urug’ jamoasi
Zantu
Qabila jamoasi
Dahyu
Qabilalar ittifoqi
“AVESTO” UMUMIY MA’LUMOT:
Yaratilgan vaqti va joyi: 2 ming yil davomida og’zaki tarzda shakllanib, m.a. III asrda Arshakiylar tomonidan kitob holiga keltirilgan
Ma’lumotlar keltirilgan xalqlar: Eron, Ozarbayjon, Afg’oniston va O’rta Osiyo
Saqlanib qolgan qismlari: 4ta
“Avesto” dagi ma’lumotlarning qadimgi qismi eramizdan avvalgi 3000 – 2000 yillarga tegishli deb taxmin qiladi olimlar. Podsho Doro Ibn Doro xazinasida 12 ming qoramol terisiga tilla bilan bitilgan. Iskandar esa bu yurtga bostirib kelgan va otashxonalarni vayron qilib, Zardusht diniga e’tiqod etuvchi xalqni tazyiq ostiga olib , ularni o’ldirib yuboradilar. Shuning uchun ham “Avesto” ning 3/5 qismi yo’qolib ketdi. Lekin, Iskandar falsafa, tibbiyot, astronomiyaga tegishli qismini saqlab qolgan. Bu qo’lyozmalardan keng foydalanilgan va uni yunon tiliga tarjima qildirgan.