Mavzu: Avesto ilmiy, madaniy manba sifatida


 AVESTONING MUQADDAS YOZUVI



Yüklə 25,41 Kb.
səhifə2/3
tarix06.02.2023
ölçüsü25,41 Kb.
#83053
1   2   3
Avesto

2. AVESTONING MUQADDAS YOZUVI. Avesto dingina emas, dunyoviy bilimlar, tarixiy voqealar, o`zi tarqalgan o`lkalar, elatlarning ijtimoiy­iqtisodiy hayoti, madaniy va ma`naviy qarashlari, diniy e`tiqodlari, urf­odatlari haqidagi manbalardandir. Unda bayon etilgan asosiy g`oya diniy e`tiqodning ilk sodda bilimlari Zardusht nomli payg`ambar nomi bilan bog`langan. U Avestoning eng qadimiy qismi «Gat» (xat (cid:150) noma)ni ijod etgan. Avesto tarkibiga kirgan bilim, ma`lumotlar qariyib 2000 yil miloddan avval 3000 yillik ohirlari 2000 yillik boshlaridan to milodning boshlarigacha o`tgan davrda yuzaga kelib, avloddan­avlodga og`zaki ko`chirib olingan, uning ko`p qismi yo`qolgan, yettidan bir qismi saqlangan. Miloddan avvalgi 3 asrda Arshakiylar sulolasi davrida to`plangan. Dinshunoslikda Avesto uch tarixiy qatlamga ajratilgan: 1. Eng qadimiy qismi miloddan avvalgi 3 ming yillikda vujudga kelgan Yashtlardir; ularda urug`chilik tuzumidagi e`tiqodlar, ko`p xudolik tasavvurlari tasvirlangan; 2. Gatlar deb atalgan qismidir. Bunda Ahuramazda nomli xudo haqida uydirmalar yozilgan. Uni zardusht yozgan deb tahmin qilinadi. 3. Qadimiy ko`pxudolik va keyingi yakkaxudolik g`oyalari orasidagi kurash sharoitlarida eramizdan avvalgi V­asrda har ikkisini kelishtirgan Mazdakiylik dini shakllangan. Avesto bu dinning oxirgi va asosiy qismini tashkil etdi. Hozirgi dinshunoslikka xos bo`lgan Avestoning 6 asrlarda Eronda hukmronlik qilgan Sosoniylar sulolasi shohi Xisrav I hukmronligi davrida yozib tugatilgan, keyinchalik pahlaviy tiliga tarjima qilinib asosiy tekstiga ko`plab sharhlar berilgan. Bular «Zend» nomi bilan ma`lum. Avesto oldin 12 ming mol terisiga yozilib, xajmi g`oyat katta bo`lgani uchun undan foydalanish osonlashtirish niyatida «kichik avesto» yaratildi. (Beruniy). 7 asrda Sosoniylar davlati parchalanib, arab bosqinchilari, Eron va O`rta Osiyoni bosib olgach, Zardushtiylik ham zarbalarga uchrab, unga ishonuvchilar quvg`in va ta`qib ostiga olingach Avestoning aksariyat beshdan uch qismi yo`qolgan va unitilgan. Avestoda bu dinning diniy­ falsafiy tizimining qoida dasturlari bayon etilgan. U qadimiy ajdodlarimizni dunyoqarash, huquqiy, axloqiy, tamoyil qoidalarini o`z doirasiga olgan. Unda tabiat falsafasi, kosmogoniya, tarix, etika, mediöinaga doir materiallar, bilimlar yozilgan. Yana unda shoh, oliy tabaqa, quldor, qul, dindorlar va diniy urf­odatlar katta o`rin olgan. Hokim va zolimlar ulug`langan; ruhoniylar muqaddas odamlarni hamma hurmat qilishi kerak deb da`vo qilingan. Xulosa shuki, Avesto Zardushtiylikning muqaddas yozuvi hisoblangan, 2000 yil davomida yaratilgan 5 dan 3 qismi yo`qolib ketgan u yakka hudolikni targ`ib etgan, olovga sig`inmaslik, faqat uni asrash va e`zozlashni tavsiya etgan. Avesto zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobi hisoblanadi. U Apatsak, Ovitso, Ovutso, Avesto, Avatso kabi shakllarda ham ishlatib kelingan. Avesto O`rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining islomgacha davrdagi ijtimoiy­iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam to`g`risidagi tasavvurlari, urf­odatlari, ma`naviy madaniyatini o`rganishda muhim va yagona manbadir. Uning tarkibidagi materiallar qariyb ikki ming yil davomida vujudga kelib, avloddan­avlodga og`zaki tarzda uzatilib kelingan. Zardushtiylik dini rasmiy tus olguniga qadar Avestoning bo`laklari Turon va Eron zamini xalqlari orasida tarqalgan. Ushbu (cid:150) Axura­Mazdaning Zardusht orqali yuborilgan ilohiy xabarlari deb hisoblangan bo`laklar turli diniy duolar, madhiyalar sifatida yig`ila boshlangan. Bular Zardushtning o`limidan keyin kitob holida jamlangan va «Avesto» (cid:150) «O`rnatilgan, qat`iy qilib belgilangan qonun­qoidalar» deb nom olgan. Bu qadimiy yozma manba bizgacha to`liq holda yetib kelmagan. Avesto haqida Abu Rayhon Beruniy (v. 1048 y.) shunday yozadi: «Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: podshoh Doro ibn Doro xazinasida [Avestoning] 12 ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o`ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o`sha vaqtda Avestoning beshdan uchi yo`qolib ketdi». Avestoning Aleksandr Makedonskiy tomonidan Gretsiyaga olib ketilgani, zarur joylarini tarjima ettirib, qolganini kuydirtirib yuborgani, 12 ming qoramol terisidagi tillo matn haqida (at­Tabariyda (cid:150) 12000 pergament) keyingi davrlarda yaratilgan zardushtiylik adabiyotida («Bundahishn», «Shahrihoi Eron», «Dinkard»; IX asr, «Arda Viraf­namak»; IX asr, «Tansar xatlari», al­ Mas`udiyning «Muruj az­zahab», «Fors­noma» va boshqalarda) ma`lumotlar bor. Bu asarlarda yunonlar otashxonalarni vayron qilganlari, ibodatxonalar boyliklarini talon­taroj etganlari, din arboblarini o`ldirib, asir olib ketganliklari haqida yoziladi. Hozir bizgacha yetib kelgan Avesto, Beruniyning yozishicha, aslining beshdan ikki qismi xolos. U «Avesto 30 «nask» edi, majusiylar (zardushtiylar) qo`lida 12 nask chamasi qoldi» deb yozgan. Yozma manbalarga ko`ra, haqiqatan ham Avestoni mo`badlar avloddan­avlodga, og`izdan­og`izga olib o`tib, asrlar osha saqlaganlar. Buning sababi mo`badlar mag`lub xalqlar (Yaqin va Sharq xalqlari) yozuvini harom hisoblab, muqaddasxabarni unda ifodalashga uzoq vaqt jur`at etmaganlar. Dastavval (mil. II yoki III asrlarida), Arshakiylar davrida Avesto qismlarini to`plash boshlangan. Keyinchalik, Sosoniy Ardasher Popakon (227­243) davrida, ayniqsa, Shopur (243­273) davrida atsrologiya, tabobat, riyoziyot va falsafaga oid qismlari yozib olinib, hamma qismlari tartibga keltirilgan, so`ng bu asosiy matn to`ldirib borilgan. Avestoning ana shu to`ldirilgan nusxasining ikki to`liq qo`lyozmasi Hinditsonda saqlanadi (cid:150) biri Mumbayda, zardushtiylarning madaniy markazi bo`lmish Koma nomidagi insitutda, ikkinchisi (cid:150) Kalkuttadagi davlat kutubxonasida. Avestoning eng qadimiy qismlarida Zardusht tug`ilgan va o`z faoliyatini boshlagan yurt haqida ma`lumot berilgan. Unda aytilishicha, «bu mamlakatning ko`p sonli lashkarlarini botir sarkardalar boshqaradilar, baland tog`lari bor, yaylov va suvlari bilan go`zal, chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, suvga mo`l, chuqur ko`llari, keng qirg`oqli va kema yurar daryolari o`z to`lqinlarini Iskata (Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xarayva (Areya), Gava (so`g`dlar yashaydigan yurt), Xvarazm (Xorazm) mamlakatlari tomon eltuvchi daryolari bor». Shubhasiz, «keng qirg`oqli, kema yurar daryolar» bu Amudaryo va Sirdaryo bo`lib, Avesto tasvirlagan mazkur shaharlar O`rta Osiyo shaharlarining bu ikki daryo qirg`oqlarida joylashganlaridir. Shunga asoslanib, biz Zardushtning vatani, zardushtiylikning ilk makoni va Avestoning kelib chiqish joyi deb (cid:150) Xorazm, tarqalish yo`nalishi deb (cid:150) Xorazm­Marg`iyona­Baqtriyani ayta olamiz. Avestoning «Yasna» kitobida bayon etilishicha, Zardushtning vatandoshlari unga ishonmay, uning ta`limotini qabul qilmaganlar. Zardusht vatanni tark etib, qo`shni davlatga ketadi, u yerning malikasi Xutaosa va shoh Kavi Vishtaspaning xayrixohligiga erishadi. Ular Zardusht ta`limotini qabul qiladilar. Natijada qo`shni davlat bilan urush boshlanib, Vishtaspa g`alaba qozonadi. Shundan so`ng bu ta`limot xalqlar o`rtasida keng tarqala boshlagan. Keyingi davr rivoyatiga ko`ra, Shoh Kavi Vishtaspa farmoniga bilan Avesto kitobi o`n ikki ming mol terisiga yozib olinib, otashkadaga topshirilgan. Avestoning tarkibiy qismlari. Avesto zardushtiylik muqaddas kitoblarining majmuidir. U (cid:150) murakkab to`plam. Avestoning saqlanib qolgan to`rtta kitobidan birinchisining nomi «Videvdat» (vi­dayevodatam (cid:150) «Devlarga qarshi qonun») deb ataladi. Ushbu kitob Avestoning saqlanib qolgan kitoblari orasida eng mukammali hisoblanadi. U yigirma ikki bob bo`lib, boblari fragard deb nomlangan. Fragardlarning ma`nosi, vazifasi, uslubiy tuzilishi turlicha: birinchi fragard (cid:150) odamlar yashaydigan barcha yurtlarni Axura­Mazda qanday yaratgani to`g`risida bo`lib, ular orasida Xorazm, So`g`d, Marg`iyona, Baxdi (Balx) va boshqalar bor; ikkinchi fragardda Jamshid podsholigi (cid:150) kasallik, o`lim, azob­uqubatlar bo`lmagan zamon haqida, ya`ni insoniyatning oltin asri haqida gap boradi; uchinchi fragard dehqonchilikning savobli sharofatlari va h.k. haqida. Shuningdek, Videvdatning boshqa fragardlaridan Zardusht bilan Axura­Mazdaning savol­ javoblari va muloqotlari ham o`rin olgan. Ikkinchi kitob «Yasna» deb atalib, Avestoning e`tiborli bo`limi sanaladi. Yasna (cid:150) yaz o`zagidan bo`lib, «sajda, topinch, namoz» ma`nolarini ifodalaydi. Yasna 72 bobdan iborat bo`lgan. Boblari ha, haitiy deb atalgan. Har bir ha zarur o`rniga qarab marosimlarda, ibodatlarda kohinlar tomonidan o`qilgan, qavmlar unga ergashib ibodat qilganlar. Yasna kitobi (nask) tarkibiga Zardusht o`zi ijod qilgan targ`ibot she`rlari ham kirgan. Ular Yasnaning 28­34, 43­46, 47­50, 51, 53 (cid:150) jami bo`lib, 17 ta hasini tashkil qiladi. Zardusht she`rlari ilmiy adabiyotda gatalar deb atab kelinadi. Ha «bashorat» demakdir. Yasnaning 35­42­halari ayniqsa, yuksak qadrlangan. Bu yetti haHaptanxati Yasna (cid:150) «Yetti bob Yasna» deb nomlangan. Ular orasida olovning muqaddasligi haqida bob bo`lib, zardushtiylik urf­odatlari orasida olovga e`tiqod qilish, dinning esa «otashparatslik» deb atalishi shunga bog`liq. Binobarin, olov Axura­Mazda nurining quyoshda namoyonligi va uning yerdagi zarrasi deb hisoblangan.
Yüklə 25,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin