Mazkur risk hisob-kitob yoki balans riski sifatida ham ma’lumdir. Uning manbai bo’lib, turli mamlakatlar valyutalarida ifodalangan aktiv va passivlar o’rtasidagi nomuvofiqlik holati hisoblanadi. Bu riskning paydo bulishiga kompaniya balansini hisob-kitob qilish jarayonida aktiv va passiv tomonlari o’zaro munosabatlarining to’g’ri kelmasligi sabab bo’ladi. Kompaniya shaxobchalari turli mamlakatlarda joylashgani va shu mamlakatlarda milliy valyuta kursi o’zgarib turishi ushbu risklarni yuzaga keltiruvchi asosiy shartlardir.