Zamonaviy axborot texnologiyalari. Rivojlanish tendentsiyalari Rossiyada paydo bo'lgan bozor iqtisodiyotiga o'tish boshqaruvga yangi yondashuv talab etiladi: iqtisodiy, bozor mezonlari oldindan paydo bo'lib, moslashuvchanlik tobora ko'payishiga qo'yiladigan talablar. Ilmiy va texnik taraqqiyot va tashqi muhitni majburiy bo'lgan zamonaviy korxonalarning dinamikasi tobora murakkab tizimlarga aylantirishga kirishadi.
Bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasi respublikamizning rivojlanishida muhim o‘rin tutib kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan yurtimizda axborot texnologiyalarini keng joriy qilish va rivojlantirish borasida olib borgan siyosati hozirgi kunga kelib o‘z natijalarini ko‘rsatmoqda. 2019 yilda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining asosiy ko‘rsatqichlari Iqtisodiy raqamlarga nazar tashlanadigan bo‘lsak, o‘tgan yildagi natijalarni ijobiy deb baholasa bo‘ladi. AKT sohasida ko‘rsatilgan jami xizmatlar hajmi 10,6 trillion so‘mgacha yetib, 104% o‘sishini ko‘rsatdi. Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari esa 176 million dollargacha, ya’ni 130 foizgacha o‘sdi.
Yana bir muhim ko’rsatkichlar: • Kompyuter va dasturlash xizmatlari hajmi 2019 yil natijalari bo‘yicha 119 foizgacha o‘sdi va 1,078 milliard so‘mni tashkil etdi (rejada — 920 million so‘m);
• Dasturiy mahsulotlar va xizmatlar eksporti hajmi 15,8 million dollargacha oshdi va 158 foiz o‘sish dinamikasini ko‘rsatdi (rejada — 10 million dollar);
• Axborot va aloqa sohasida ish haqi o‘sish dinamikasi ham 119 foizni ko‘rsatdi. Hozirgi kunda mazkur sohada o‘rtacha maosh 4 million so‘mni tashkil etadi (umumrespublika bo‘yicha ish haqi — 2,3 million so‘m);
• AKT sohasida xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni yildan-yilga oshib boryapti: 2019 yil natijalari bo‘yicha ularning soni 269 ni tashkil etdi va 73 taga ko‘paydi.
2019 yilda Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha Vazirlik tomonidan jami 9 ta loyiha 177,5 million dollarga teng hajmida amalga oshirilib, 102 foiz o‘sish ko‘rsatqichni ko‘rsatdi (rejada — 174,02 million dollarga teng loyihalar qiymati). Jumladan:
• To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya asosida — 97,14 million dollarga teng loyihalar (rejada — 94,5 million dollarga teng, o‘sish dinamikasi — 103 foiz);
• Hukumat kafolati ostida xorijiy kreditlar — 53,38 million dollarga teng loyihalar (rejada — 43,56 million dollarga teng, o‘sish dinamikasi — 123 foiz);
• Korxonalarning o‘z mablag‘lari — 26,93 million dollarga teng loyihalar (rejada — 35,96 million dollarga teng, bajarish ko‘rsatqichi — 75 foizni tashkil etdi).