Mavzu: Axborot texnologiyalarining O’zbekistondagi rivojlanishi Reja: O’zbekistonda Axborot texnologiyalarning rivojlanish tarixi 2


O’zbekistonda Axborot texnologiyalarning rivojlanishi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar



Yüklə 28,24 Kb.
səhifə4/4
tarix02.01.2022
ölçüsü28,24 Kb.
#35827
1   2   3   4
2 5451672817118480473

3. O’zbekistonda Axborot texnologiyalarning rivojlanishi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar
Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyatda kechayotgan jarayonlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, islohotlar samaradorligini oshiradi, aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi, yangidan-yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Shu nuqtai nazardan aytganda,Ushbu sohani rivojlantirish bo’yicha O’zbekiston o’z strategik yo’lini belgilab bo’lgan va ushbu yo’lda ko’pdan ko’p ishlar amalga oshirilmoqda.Men aynan shu ishlar haqida eng so’ngi malumotlarni bermoqchiman

2019-yil 31-oktyabr kuni Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019-yilning 9-oyida amalga oshirilgan ishlar natijalari bo‘yicha hisobot eshitildi.

Majlisda Qo‘mita a’zolari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining joriy yil 9 oyidagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Ta’kidlanganidek, 2019-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi zimmasiga 40 ta maqsadli vazifa yuklatilgan. Ularni amalga oshirish borasida vazirlik tomonidan izchil ishlar olib borilgan.

Jumladan, chet el investorlarini dasturiy mahsulotlar sohasida qo‘shimcha loyihalarni amalga oshirishga jalb qilish maqsadida joriy yilning sentyabr oyida “ICTWEEK Uzbekistan 2019” AKT haftaligi o‘tkazildi. Mazkur tadbir doirasida “DIGITAL UZBEKISTAN” AKT forumi, “ICTEXPO” ko‘rgazmasi, “Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarda axborot texnologiyalari va innovatsion rivojlanish” forumi tashkil etilib, Birlashgan Arab Amirliklari bilan birgalikda “mGowAward” respublika tanlovi e’lon qilindi.

Aloqa va axborot texnologiyalari sohasidagi yetakchi xorijiy mamlakatlar (Belarus va Hindiston) oliy o‘quv yurtlari bilan qo‘shma fakultetlarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tuzilmasida O‘zbek-Belarus qo‘shma fakultetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2019/2020-o‘quv yilida yangi yo‘nalish bo‘yicha 505 nafar yigit-qizlar talaba bo‘ldi.

Bundan tashqari, 1-band bo‘yicha investitsiya dasturi doirasida III-IV choraklarda bajarilishi lozim bo‘lgan “Optik tolali aloqa liniyalarini qurish”, “Radiochastota spektri monitoringi tizimini kengaytirish va rivojlantirish”, “Magistral va multiservis transport tarmog‘ini kengaytirish” loyihalari amalga oshirilmoqda.

Shu bilan bir qatorda, majlisda vazirlik faoliyatidagi kamchiliklar ham tahlil qilindi va shundan kelib chiqib, bir qator tavsiyalar bildirildi. Xususan, magistral telekommunikatsiya transport tarmoqlarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyiha doirasida qurilmalarni respublikaga keltirish va joylarda o‘rnatish ishlarini jadallashtirish lozimligi ta’kidlandi. Shuningdek, joriy yilda optik tolali aloqa liniyalari qurilishini 10 ming kilometrga yetkazish choralarini ko‘rish zarurligi, bunda olis qishloq aholi maskanlari va ijtimoiy infratuzilma ob'yektlariga alohida e’tibor qaratish kerakligi qayd etildi.

29-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekiston Respublikasi hamda Yaponiya hukumatlari kelishuviga muvofiq mamlakatimizdagi OTMlar orasida yagona bo‘lgan,  qiymati 1,6 mln. AQSh dollarini tashkil etuvchi o‘quv media-markazi ochildi.

Ochilish marosimidan so‘ng tadbir ishtirokchilari va mehmonlarga media-markazning barcha imkoniyatlari, eng ilg‘or texnologiyalar, uning faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

O‘quv media-markazida xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg‘or standartlarini joriy etish, ta’lim tizimida eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, shuningdek, talabalarga amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishda foydalaniladi. Bu orqali zamonaviy media makoniga yuqori tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarni yetkazib berish maqsad qilingan.

4 sentabr kuni, Toshkentdagi Xalqaro savdo markazida ICTWEEK-2019 haftaligi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda «O‘zbektelekom» AK, Huawei kompaniyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va IT texnoparki vakillari ishtirok etishdi. Mutasaddilar haftalik doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar, tanlovlar, xalqaro hamkorlik va boshqa muhim masalalar haqida ma'lumot berishdi. Jumladan, 5G tarmog‘i borasida «O‘zbektelekom» AK tijorat direktori v.b Alisher Zufarov kengroq axborot berdi.

Aholi imkoniyatini hisobga olib, keyin texnologiyani yaxshilashga e'tibor bersak, ancha orqada qolib ketishimiz mumkin. 14 sentyabrda Toshkent univermagida test rejimida 5G’ni ishga tushirdik. Keyin «O‘zekspomarkaz»da xuddi shu jarayon o‘tkazildi. U yerda 5G tarmog‘iga ulangan smartfon, kompyuterlar namoyish etildi. Bu tarmoqni keng foydalanuvchilarga taqdim qilishdan oldin qiladigan ishlarimiz ko‘p. Eng avvalo, malakali kadrlarni tayyorlash. Keyingi bosqichlarda 5G’ni aholi gavjum hududlarga o‘rnatish mo‘ljallangan. Shuningdek, qancha qurilma sotib olishimiz kerakligi,  qancha mablag‘ ketishi masalalari ham bor», deydi Zufarov.Uning ta'kidlashicha, O‘zbekistonda 5G tarmog‘ini ishga tushirishga kamida bir yoki bir yarim yil vaqt ketadi. Ba'zan rejalar amaliyotdan farq qiladi. Ko‘rsatilgan muddat qisqarishi ham mumkin. 

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjumani bo'lib o'tdi(4.11.19)

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 2019 yil 4 noyabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjumanini o‘tkazdi.

Matbuot anjumanida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Q.Yuldashev va “O‘zbektelekom” AK vakillari  ishtirok etdilar. Matbuot anjumani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349-son Farmoni ijrosiga bag‘ishlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2018 yil 19-fevraldagi PF-5349-son Farmoni asosida Axborot texnologiyalari vazirligining asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor vazifalari belgilab berilgan. Telekommunikatsiyalar yo‘nalishida operator va provayderlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida respublika bo‘yicha, 786,0 ming portli keng polosali texnologiyalarga asoslangan uskunalar o‘rnatilib, ularning jami sig‘imi 1,87 mln. portga yetkazildi, shundan 125 ming port (16 foiz) 330 ta qishloq joylariga to‘g‘ri keldi.9 000 km optik tolali aloqa liniyalari qurilib, umumiy uzunligi 35,6 ming km.ga yetkazildi va buning natijasida 3 117 ta maktab, 1646 ta maktabgacha ta’lim muassasalari, 962 ta tibbiyot muassasalari optik tolali aloqa liniyalari bilan qamrab olinishiga erishildi, shuningdek, 201 ta davlat xizmatlari markazlarining ob’ektlari, 544 ta sudlar ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulandi.

Mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida mobil aloqa operatorlari tomonidan 1 605 ta baza stansiyalari o‘rnatilib, tarmoq modernizatsiya qilindi, shundan 132 tasi “Obod qishloq” dasturi doirasidagi hududlarga to‘g‘ri keladi.


Xo‘jalik yurituvchi subektlar, telekommunikatsiya tarmoqlari operator va provayderlari tomonidan 650 dan ortiq Wi-Fi tarmog‘i orqali Internetga ulanish nuqtalari o‘rnatilib, ishga tushirildi.

Shu bilan birga axborot texnologiyalarini rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha respublikamizda milliy UZ domenida ro‘yxatdan o‘tgan faol domenlar soni 71 mingdan oshdi. Respublikada Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishni rivojlantirish yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirildi, jumladan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 10 yanvardagi 17-son qarori bilan Hindistonning dasturiy texnologiyalar texnoparki bilan hamkorlikda hind ilg‘or tajribasi asosida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki tashkil etildi. Joriy yil 24 iyuldan boshlab Texnopark faoliyati yo‘lga qo‘yilib, hozirda Texnoparkda 300 dan ortiq rezident-korxona mutaxassislari faoliyat yuritmoqda.

Bugungi kunda pochta aloqasini rivojlantirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilib, “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan pochta aloqasini yanada rivojlantirish maqsadida 10 ta yangi qo‘shimcha xizmat turlari joriy etildi.


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga xorijiy mamlakatlardan 16 ta professor-o‘qituvchilar jalb qilindi Bugungi kunda universitetda 28 ta doktorlik ishi himoyasi o‘tkazildi. Ushbu universitet tuzilmasida O‘zbek-Belarus qo‘shma fakulteti tashkil etilib, 2019/2020 o‘quv yilida qo‘shma fakultetga 505 ta talaba qabul qilindi.
Prezidentimizning 2019 yil 7 yanvardagi PQ-4097-son qarori bilan Toshkent shahrida Amiti universiteti tashkil etilib, joriy yil 24 sentyabrdan boshlab universitet rasman o‘z faoliyatini boshladi. Hozirda 502 nafar talaba tahsil olmoqda.

Prezidentimiz tomonlaridan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-tashabbusi doirasida Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan, shuningdek ularni axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida respublika bo‘yicha 18 ta IT-tadbirkorlik va raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etildi.


Matbuot anjumani so'ngida savol-javoblar bo'lib o'tdi. Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish borasida "O‘zbektelekom" AK jurnalistlarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berildi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
1. http://uz.infocom.uz/

2. http://www.hozir.org/

3. http://old.mitc.uz/

4. https://stat.uz/uz/

5. http://geografiya.uz/

6. http://lex.uz/
Yüklə 28,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin