Mavzu. Axborot xavfsizligining huquqiy va tashkiliy ta’minoti. Reja



Yüklə 24,42 Kb.
səhifə1/2
tarix18.05.2023
ölçüsü24,42 Kb.
#116105
  1   2
MAVZU AXBOROT JASUR


MAVZU. AXBOROT XAVFSIZLIGINING HUQUQIY VA TASHKILIY TA’MINOTI.

REJA:


  1. Axborot xavfsizligi sohasida huquqiy boshqarish.

  2. Axborot xavfsizligining tashkiliy-ma’muriy ta’minoti.

  3. Axborot xavfsizligi bo‘yicha standartlar va spetsiflkatsiyalar.



Axborot xavfsizligi sohasida huquqiy boshqarish.
Axborot xavfsizligining huquqiy ta’minoti - axborotni himoyalash tizimida bajarilishi shart bolgan qonunlashtiruvchi dalolatnomalar, me’yoriy- huquqiy hujjatlar, qoidalar yo‘riqnomalar, qo‘llanmalar majmui. Hozirda axborot xavfsizligining huquqiy ta’minoti masalasi ham amaliy, ham qonunchilik jihatidan faol o'rganib chiqilmoqda. Kompyuter jinoyatchiliklarini qilish instrumentlari sifatida telekommunikatsiya va hisoblash texnikasi vositalari, dasturiy ta’minot va intellektual bilim ishlatiladi. Kompyuter jinoyatchiliklarini qilish sohasi sifatida nafaqat kompyuterlar, global va korporativ tarmoqlar (Internet/Intranet), balki axborot texnologiyasining zamonaviy, yuqori unumli vositalari hamda axborotning katta hajmi ishlanadigan, masalan, statistik va moliya institutlari, tanlanadi. Shu sababli, har qanday tashkilot faoliyatini turli-tuman axborotni olish uchun qo‘lda yoki hisoblash texnikasi vositalari yordamida ishlash, axborotni tahlillash natijasida qandaydir muayyan yechimlami olish va ularni aloqa kanallari orqali uzatishsiz tasavvur etib bolmaydi. Kompyuterga ham tajovuz obyekti, ham tajovuz qiluvchi instrument sifatida qarash mumkin. Agar kompyuter faqat tajovuz obyekti bo‘lsa, qonun buzilishini mavjud huquqiy me’yorlar orqali baholash mumkin. Agar kompyuter faqat instrument bo‘lsa, «texnik vositalarni qo'llash» alomati yetarli bo‘Iadi. Yuqoridagi tushunchalami birlashtirish mumkin - kompyuter bir vaqtning o‘zida ham instrument va ham obyekt. Xususan bunday vaziyatga mashina axborotining o‘g‘irlanishi fakti taalluqli. Agar axborotning o‘g‘irlanishi moddiy va ma’naviy boyliklarning yo‘qotilishi bilan bog'liq bolsa, bu fakt jinoyat sifatida baholanadi. Shuningdek, agar ushbu fakt bilan milliy xavfsizlik, mualliflik manfaatlari bog'liq bolsa, jinoiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida bevosita ko'zda tutilgan. Har qanday davlatda axborot xavfsizligining huquqiy ta’minoti xalqaro va milliy huquqiy me’yorlarni o‘z ichiga oladi . Huquqiy boshqarish predmetlari quyidagilar: - axborot himoyasining huquqiy rejimi; - axborotlashtirish jarayonlarida qonuniy munosabat qatnashchilarining huquqiy maqomi; - subyektlarning, axborot tuzilmalari va ishlash jarayonining turli bosqich hamda sathlaridan huquqiy maqomini hisobga olgan holda, munosabatlari tartibi

Yüklə 24,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin