Mavzu: Axborotlarni kriptografik himoyalash usullari Reja



Yüklə 102,36 Kb.
səhifə5/7
tarix03.05.2023
ölçüsü102,36 Kb.
#106774
1   2   3   4   5   6   7
Axborotlarni kriptografik himoyalash usullari

Kriptografiya — ma‘lumotlarni oʻzgartirish usullarining tuplami boʻlib, ma‘lumotlarni himoyalash boʻyicha quyidagi ikkita asosiy muammolarni hal qilishga yoʻnaltirilgan: maxfiylik, yaxlitlilik.
Maxfiylik orqali yovuz niyatli shaxslardan axborotni yashirish tushunilsa, yaxlitlilik esa yovuz niyatli shaxslar tomonidan axborotni oʻzgartira olmaslik haqida dalolat beradi.
Kriptografiya tizimini sxematik ravishda yuqoridagicha tasvirlash mumkin:
Bu yerda kalit qandaydir himoyalangan kanal orqali joʻnatiladi (chizmada punktir chiziqlar bilan tasvirlangan). Umuman olganda, ushbu mexanizm simmetriyali bir kalitlik tizimiga taalluqlidir.
Assimmetriyali ikki kalitlik kriptografiya tizimini sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin:
Bu holda himoyalangan kanal boʻyicha ochiq kalit joʻnatilib, maxfiy kalit joʻnatilmaydi. Yovuz niyatli shaxslar oʻz maqsadlariga erisha olmasa va kriptotahlilchilar kalitni bilmasdan turib, shifrlangan axborotni tiklay olmasa, u holda kriptotizim kriptomustahkam tizim deb aytiladi.
Kriptotizimning mustaxkamligi uning kaliti bilan aniqlanadi va bu kriptotahlilning asosiy qoidalaridan biri boʻlib hisoblanadi.
Ushbu ta‘rifning asosiy ma‘nosi shundan iboratki, kriptotizim barchaga ma‘lum tizim hisoblanib, uning oʻzgartirilishi koʻp vaqt va mablag’ talab qiladi, shu bois ham faqatgina kalitni oʻzgartirib turish bilan axborotni himoyalash talab qilinadi.
Kriptografiya nuqtai nazaridan shifr bu kalit demakdir va ochiq ma‘lumotlar toʻplamini yopiq (shifrlangan) ma‘lumotlarga oʻzgartirish kriptografiya oʻzgartirishlar algoritmlari majmuasi hisoblanadi.

2.3.3-rasm. Matnni ikki kalitli shifrlash sxemasi
Kalit — kriptografiya oʻzgartirishlar algoritmining ba‘zi-bir parametrlarining maxfiy holati boʻlib, barcha algoritmlardan yagona variantini tanlaydi. Yuqoridagi 2.3.2 va 2.3.3-rasmalrda kalitlarga nisbatan ishlatiladigan asosiy koʻrsatkich boʻlib kriptomustaxkamlik hisoblanadi.
Kriptografiya himoyasida shifrlarga nisbatan quyidagi talablar qoʻyiladi:

  • yetarli darajada kriptomustahkamlik;

  • shifrlash va qaytarish jarayonining oddiyligi;

  • axborotlarni shifrlash oqibatida ular hajmining ortib ketmasligi; - shifrlashdagi kichik xatolarga ta‘sirchan boʻlmasligi. Ushbu talablarga quyidagi tizimlar javob beradi:

  • oʻrinlarini almashtirish;

  • almashtirish;

- gammalashtirish; - analitik oʻzgartirish.

Yüklə 102,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin