2.Konfidensial axborotlarni ruxsatsiz kirishdan himoyalash Bu kompyuter steganografiyasini ishlatish sohasi konfidensial axborotlarni himoyalash muammosini yechishda eng samarali hisoblanadi. Masalan, tovushning eng kam ahamiyatli kichik razryadlari yashiriladigan xabarga almashtiriladi. Bunday oʻzgarish koʻpchilik tomonidan tovushli xabarni eshitish paytida sezilmaydi.
Sanoat shpionlik tizimlarining monitoring va tarmoq zaxiralarini boshqarish harakatlariga qarshi yoʻnaltirilgan stenografik usullar lokal va global kompyuter tarmoqlari serverlaridan axborotning oʻtishida nazorat oʻrnatish harakatlariga qarshi turishga imkon beradi.
Kompyuter steganografiyasining hozirgi vaqtda ishlatiladigan boshqa bir sohasi dasturiy ta‘minotni niqoblashdir. Qachonki, dasturiy ta‘minotni qayd qilinmagan foydalanuvchilar tomonidan ishlatilishi oʻrinsiz boʻlsa, u standart universal dastur mahsulotlari (masalan, matnli muxarrirlar) ostida niqoblanishi yoki multimedia fayllari (masalan, kompyuter oʻyinlarining musiqiy ilovasi)ga yashirilishi mumkin.
Stenografiyadan foydalaniladigan yana bir sohalardan biri — bu mualliflik huquqlarini himoyalash hisoblanadi. Kompyuterli grafik tasvirlarga maxsus belgi qoʻyiladi va koʻzga koʻrinmay qaladi. Lekin, maxsus dasturiy ta‘minot bilan aniqlanadi. Bunday dastur mahsuloti allaqachon ba‘zi jurnallarning kompyuter versiyalarida ishlatilayapti. Stenografiyaning ushbu yoʻnalishi nafaqat tasvirlarni, balki audio va videoaxborotni ham qayta ishlashga moʻljallangan. Bundan tashqari uning intellektual egaligini himoyalashni ta‘minlash vazifasi ham mavjud.
Hozirgi vaqtda kompyuter stenografiyasi usullari ikki asosiy yoʻnalish boʻyicha rivojlanmoqda:
kompyuter formatlarining maxsus xossalarini ishlatishga asoslangan usullar; - audio va vizual axborotlarning serobliligiga asoslangan usullar.
Stenografik dasturlar toʻgrisida qisqacha ma‟lumotWindows operatsion muhitida ishlovchi dasturlar:
Steganos for Win95 dasturi ishlatishda juda yengil boʻlib, ayni paytda fayllarni shifrlash va ularni VMR, DIV, VOS, WAV, ASCII, NTML kengaytmali fayllar ichiga joylashtirib yashirishda juda qudratli hisoblanadi;
Sontraband dasturi 24-bitli VMR formatdagi grafik fayllar ichida har qanday faylni yashira olish imkoniyatiga ega. DOS muhitida ishlovchi dasturlar:
Jsteg dasturi ma‘lumotni JRG formatli fayllar ichiga yashirish uchun moʻljallangan;