Mavzu: Axborotlashgan jamiyatda yoshlarda “axborot axloqi”ni shakllantirish asoslari



Yüklə 228,5 Kb.
səhifə10/13
tarix28.04.2023
ölçüsü228,5 Kb.
#104228
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Axborotlashgan jamiyatda yoshlarda “axborot axloqi”ni shakllantirish asoslari

2.3. Yuksak darajadagi milliy axloq - axboriy tahdidlarga qarshi kurash vositasi
Sobiq totalitar tuzum davridagi “yopiq eshiklar siyosati” mahalliy aholini axborotga bo‘lgan ehtiyojini nihoyatda oshirib yuborgan edi. Mustaqillikka erishilgach, xalqimiz “toza havo”dan nafas olish imkoniga ega bo‘ldi. Gurunch kurmaksiz bo‘lmaganidek “toza havo” bilan birga milliy ma’naviyatimizga yot bo‘lgan axborotlar oqimi ham kirib kela boshladi. Tabiiyki, hali axborot iste’mol qilish madaniyatiga ega bo‘lmagan xalq xolis axborot oqimidan noxolisini ajratib olish uchun mafkuraviy-siyosiy va informatsion bilimlarni olishga ulgurmagan edi. Afsuski, oz bo‘lsa-da, bu holatning oqibatlari haligacha ijtimoiy-siyosiy ongda saqlanib turibdi. SHu ma’noda, ba’zi yoshlar hali ham “axborot xaosi”dan xolis ma’lumotlarni ajratib olish ko‘nikmasiga ega emas. Bugun ijtimoiy tarmoqlarda yosh avlod ongi va qalbiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan axborotlarni quyidagicha tasniflash mumkin:
- Milliy-siyosiy xavfsizligimizga tahdid soluvchi vayronkor g‘oyalar
(diniy ekstremizm, fundamentalizm, terrorizm, missionerlik, prozeletizm, natsizm, genotsid, rasizm, sadizm kabi g‘oyalar);
- Milliy-ma’naviy turmush-tarzimizga zid bo‘lgan g‘oyalar (asosan g‘arbona hayot ifoda etilgan san’at va madaniyat turlari)
- Behayolik va axloqiy buzuqlikni targ‘ib qiluvchi axborotlar;
- Insonni “kimyoviy bo‘lmagan giyohvandlik”ka olib boruvchi axborotlar (turli ko‘rinishdagi o‘yinlar)ni kiritish mumkin.
Bugun yosh avlod dunyoqarashining shakllanishida televidenie orqali uzatilayotgan ko‘rsatuvlarning ta’siri kuchlidir. Ayniqsa, efir vaqtining katta qismini milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizga mos bo‘lmagan teleseriallarning band etilishi tashvishlanarlidir. Qolaversa, boshqa millat afsonalari asosida yaratilgan, milliy qahramonlarni tarannum etuvchi teleseriallar yoshlarda o‘z tarixi, milliy qahramonlariga bo‘lgan e’tiborsizlikning oshishiga, bu esa o‘z navbatida yoshlarda milliy g‘urur, o‘z tarixidan faxrlanish hissining so‘nishiga olib kelishini alohida ta’kidlash lozim. Lekin so‘nggi paytlarda, yoshlar tafakkurini rivojlanishiga xizmat qiluvchi teleko‘rsatuvlar ham ko‘payib bormoqda. Xususan, ularda ko‘tarilgan muammolarni mutaxassis tomonidan muhokama etilishi o‘rganilayotgan ob’ekt haqida teletomoshabin ongida keng va aniq tasavvur hosil bo‘lishida katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Aytish lozimki, dunyoning rivojlangan davlatlarida OAV “to‘rtinchi hokimiyat” darajasida faoliyat yuritib turgan bir paytda, sahifalarini yurtimizdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar yoki ilmiy maqolalar tahlili bilan to‘ldirish o‘rniga, tayinsiz oldi-qochdi sahifalarga, xaridorni bog‘lash uchun “davomi kelgusi sonda” e’lon qilinadigan dedektiv, ishqiy-maishiy mazmundagi ma’nan sayoz ma’lumotlarga “o‘ralashib” qolgan “sariq matbuot” mahsulotlarini jamiyat a’zolari tomonidan “iste’mol” qilish kundan-kunga ortib borayotganligi achinarli holatdir. Shu ma’noda, bugun yurtimizdagi:
- xususiy nashrlar faoliyatini nazorat qilish hamda ular tomonidan taqdim etilayotgan materiallarni “milliy ma’naviy-axloqiy” mezonlar asosida baholash mexanizmlarini ishlab chiqish;
- ularda chop etilayotgan maqolalarga nisbatan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, bu ishlarga turli sohadagi ziyolilarimiz ta’sirini oshirish lozimdir.
Zamonaviy axborot vositalari moddiy imkoniyati yuqori hukmron sinf quroliga aylanib borayotgan dunyoda ezgu harakatlarga “undovchi”, “rag‘batlantiruvchi” qadriyatlar yig‘indisi bo‘lgan ma’naviyat xavf ostida qolishi mumkin. Zamonaviy axborot vositalarini ma’nan tuban kimsalarning quroliga aylanishi, avvalo, o‘z rejalariga mos kelmagan g‘oyalarni muloqatdan chiqarish imkonini beradi, qolaversa, umumsayyoraviy tafakkurga o‘z iste’molidagi “buzuqlik”larni umuminsoniy qadriyat sifatida taqdim etib, er yuzida “yagona madaniyat” o‘rnatish kabi asossiz g‘oyalarni singdirish vositasi bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Yosh avlod ichki dunyosiga salbiy ta’sir qiluvchi axborot oqimiga qarshi kurashish yo‘lida ota-ona, mahalla, o‘quv muassasalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati, xotin-qizlar qo‘mitalarining hamkorligi muhim ahamiyatga egadir. Ota-ona farzandini ijtimoiy tarmoqlardagi do‘stlari haqida ogoh bo‘lishi, qanday ma’lumotlar olayotganini bilib turishi lozim. Rivojlangan mamlakatlarda ota-ona nazoratini amalga oshirish uchun axborotlarni filtrlovchi dasturiy ta’minot yaratilgan. Albatta, bu usullar ko‘proq uyida kompyuteri bor ota-onalarga qo‘l keladi. Lekin uni Internet-kafelarda ham qo‘llash mumkin. Shu kabi texnologiyalarni yaratuvchi va ularni amalda qo‘llovchi yosh kadrlarni etishtirish ayni kunda dolzarb vazifadir. Xususan shu sohaga ixtisoslashgan kollej va Oliy o‘quv yurtlarida bunday novatsiyalarni yaratish uchun moddiy-texnik sharoit ham, ilmiy salohiyat ham etarli.
Tartibsiz axborot oqimi inson ma’naviy olamiga ta’siri kuchaygan bir sharoitda yoshlar ijtimoiy xulq-atvorini o‘rganish muhim masaladir. Axborotlar bosimida qolgan inson xulq-atvorida ko‘zga tashlanadigan eng muhim holatlardan biri tashvishlanish, sarosimalik, yarim tunda uyquni qochib ketishi, uyquda alahsirash, o‘zini yolg‘iz his etish va boshqalardir. Bunday holatga tushmaslik uchun inson, avvalo, mustaqil fikr va e’tiqodga ega bo‘lishi zarur. O‘z sobit fikriga ega bo‘lgan shaxslar “axborot” haqida asl ma’lumotga ega bo‘ladi, “axborot”ni real voqelik bilan qiyoslab ob’ektiv xaqiqatni izlaydi, so‘ng o‘z xulosalarini chiqaradi. Ming afsuski, sobiq totalitar tuzum ketma-ket “qatag‘on”lari bilan xalqimizni erkin fikrlashdan cho‘chitib qo‘ydi. Chunki ushbu “qatag‘on” qilinganlarning xammasi millatimizning “o‘tkir fikrli” vakillari edi.
Ikkinchidan yosh avlod ongi va qalbida milliy g‘urur va iftixorni tarbiyalashimiz, har bir mashg‘ulot va darslarimizda turli pedagogik texnologiyalardan foydalanishimiz zarur. Bu o‘rinda barcha ta’lim muassalalarida “axborot soatlari”ning o‘tilishi, milliy qadriyatlarimiz ifodalangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning o‘tkazilishi ahamiyatlidir.
Milliy g‘ururni shakllantirish ancha murakkab, ko‘p mehnat va vaqt talab qiladigan masaladir. Bizningcha, milliy g‘urur va iftixor ta’lim muassasalaridan ko‘ra ijtimoiy muassasalarda (oila, mahalla, sport va san’at to‘garaklari, mehnat jamoalari) shakllantirilishi maqsadga muvofiqdir. CHunki ta’lim dargohlari ushbu tushunchalar haqida ko‘proq nazariya berish bilan cheklanadi. Ijtimoiy muassasalarda esa nazariyani amaliyot bilan olib borish imkoniyati mavjud. Xususan milliy g‘urur va iftixor tushunchalari faqat bilimgina emas, balki insoniy fazilat hamdir. Insoniy fazilatlarni singdirishda ta’limga qaraganda tarbiya ko‘proq samara va imkonga ega. Ayniqsa tarbiyadagi ibrat, namunalilik xususiyati milliy g‘ururni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Masalan, yoshlarga fan, sport, san’at sohasidagi mashhur insonlarni ibrat qilib ko‘rsatilishi ularda ushbu kasbga qiziqishini yanada ortishiga, qolaversa, ertaga o‘sha mashhur insonlar qatorida o‘zini ko‘rish istagini vujudga keltirib, ularda ichki quvvat hosil qilishi mumkin. Masalan sportning boks sohasi bilan shug‘ullanayotgan bola ilk bora ringga chiqib, mag‘lubiyatga uchraganda o‘zini ustozi, ota-onasi, oila a’zolari oldida aybdor his etib ularning ko‘ziga qarashga uyaladi. Shu paytda unda shaxsiy g‘urur uyg‘onadi. Kelajakda mag‘lubiyatga uchramaslikka ichki qasam ichadi. Vaqtlar o‘tib yana ringga chiqqanda, raqibini mag‘lubiyatga uchratganda uning qalbi g‘ururga to‘ladi. Endi u atrofga xotirjam boqadi. Shunda u nafaqat ustozi, oila a’zolari balki minglab tomoshabinlar uni olqishlayotganini ko‘radi. Ayniqsa uning sharafiga davlat madhiyasi yangrashi hamda bayrog‘ini ko‘tarilishi uning qalbida tassavvur qilib bo‘lmas hissiyotlarni uyg‘otib yuboradi. Qachonlardir toptalgan shaxsiy g‘ururini tiklash uchun sahnaga qaytgan bola qalbida bugun butunlay boshqacha kayfiyat yuzaga keladi. Uning g‘alabasini o‘z yutug‘iday quvonch bilan kutib olayotgan minglab tomoshabinlarning olqishi uning qalbida milliy g‘ururni uyg‘onishiga sabab bo‘ladi. Chunki bola ongida bunday samimiy olqishlar unga qarzdek tuyuladi. Bola “g‘alabaga erishgan men ular nega xursand” degan savolni tahlil qilib, bu g‘alaba faqat meniki emas, balki vatanimning, xalqimning g‘alabasi degan xulosaga kelishi, uning qalbida milliy g‘urur va iftixorni uyg‘otadi. Bu ruhiy holat fan va san’atda biror yutuqqa erishganda ham yuzaga kelishi mumkin. Aytish lozimki, bunday fazilatga ega inson boshqalarga qul bo‘lishni, jumladan, axborot xurujlariga tobe bo‘lishni ham o‘ziga ravo ko‘rmaydi. Milliy g‘urur va iftixori uyg‘oq inson “axborotlar xaos”ida to‘g‘ri yo‘lidan adashmaydi. Chunki ular o‘z sohasining malakali mutaxassisi darajasiga etish uchun kurash jarayonida hayotning oq-qora, yaxshi-yomon, past-baland tomonlarini jismonan ham ruhan anglab etadi. Xulosa qilib aytganda, jamiyat yoshlarida axborot tahdidlariga qarshi ma’naviy immunitetni shakllantirish uchun ularda milliy g‘urur va iftixor uyg‘otish zarur. Buning uchun har bir bolani yoshligidan muayyan bir sohaga qiziqtirish, yo‘nalish berish hamda barcha imkoniyatlarni yaratib berishimiz lozim bo‘ladi.
Xulosa
Insoniyat azaldan ideal jamiyat qurishni orzu qilib kelgan. Ularni "farovon jamiyat", "fozil odamlar jamiyati" deb nomlab, o‘z qarashlarida ularni ilmiy asoslashga harakat qilishgan. SHu paytgacha odamzod inson xuquq va erkinliklarini to‘la amalga oshirishga imkon beradigan, ularni tengligini ta’minlaydigan jamiyatlarni orzu qilib keldi, bunday jamiyatlarni bir nechasini kashf etdi, yana qanchasini tark etdi. Lekin bugun kundan-kunga universallashib borayotgan “axborotlashgan jamiyat” idealimizdagi jamiyatmi yo‘qmi, bugun hech kim javob bera olmaydi yoki F.Fukuyama iborasi bilan aytganda axborotlashgan jamiyat "tarix intihosi"mikin. Binobarin, axboriy jamiyatdan so‘ng qanday jamiyat kelishini Fukuyamagina emas, shu sohada bosh qotirgan faylasuflar ham bilmasa kerak...
O‘tgan asr iqtisodi, siyosati va boshqa ijtimoiy jarayonlarida bilimning, idrok qilish­ (intuitsiya) ning roli beqiyos bo‘lgan esa, endilikda uning o‘rnini yangi faoliyat turi - telekommunikatsiyalar egallaydi. Aniqroq qilib aytganda, "markaziy pult"ni kompyuter va ommaviy axborot vositalari boshqaradi.
Davlatlararo ixtiloflar aynan axboriy xurujlar asnosida yuz berib, axboriy kurashlar qarshiligida davom etadi. Qisqa qilib aytganda, mamlakatlar global axboriy makonda axborotga egalik qilish uchun kurashadi. Ammo bunday taraqqiy etgan davrda axborotga muttasil egalik qilishning imkoni yo‘q hisobi. SHunday ekan, mabodo qaysidir tomon buning uddasidan chiqolsa, shubhasiz, u dunyo tizginini har jihatdan o‘z qo‘liga oladi. Chunki yigirma birinchi asrda insoniyatni axborot boshqaradi.
Biz mislsiz o‘zgarishlar davrida yashayapmiz. Zamonning tezlashishini axborot jamiyati ta’minlaydi. Bunday jamiyatda qaror qabul qilish uchun ma’lumotlar ko‘pligi, yoki aksincha etishmovchiligi kuzatiladi. Bunday xolat odamni mustaqil fikrlash qobiliyatidan maxrum qilib, uni noma’lum shaxslar yollagan ekspertlar, agentlarning quliga aylantiradi. O‘z navbatida axborot operatsiyalari tahdidlari orqali avvallari ko‘z ko‘rmagan boylikka egalik qilish imkoniyati tug‘iladi26.
Bugun yurtimizda yoshlar axborot axloqini shakllantirishda xorijda sodir bo‘layotgan voqealarni tezkor, aniq va keng qamrovda tahlil etuvchi milliy jurnalistika maktabini yaratishimiz zarur. Bu kabi mutaxassislarimizga imkoniyat berishimiz kerak. Tezkorlikni oshirish talab etiladi. Noto‘g‘ri ma’lumotni qabul qilmasligi uchun immunitet shakllantirmog‘imiz lozim. Zamonaviy jamiyatda texnologiya kundan-kunga va soat sayin rivojlanib bormoqda. Bu rivoj yomonlikka ham ishlamoqda, sababi umuman yo‘q bo‘lgan ma’lumotlarni yaratishga ( rasm, video, yozuvli xabarlar, muhr..) imkon tug‘dirmoqda. Bu jangning eng xavfli tomoni tahdiddagi qurollarning ham yaxshilikka, ham yomonlikka ishlashidir. Agar bu qurollarni chegaralab qo‘yilsa, zamon evolyusiyadan, ya’ni rivojlanishdan to‘xtaydi. Agar, chegaralamasa yomon maqsadlarda ham ishlatilishini guvohi bo‘lmoqdamiz. Axborot tahdidining daxshatli ko‘rinishi bu – tahdidni ochilganini sezmaysiz. U xuddi sekin ta’sir qiluvchi zaxardek, ongni, davlatni, jamiyatni yemira boradi. SHu bois, birinchi olgan ma’lumot har qachon to‘g‘ri bo‘lishiga ishonish unchalik maqsadga muvofiq emas.
Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tish kerakki, qo‘poruvchilik harakatlarining real xavf va asoratlarini anglash mumkin, ammo manaviyatni buzishga qaratilgan tahdidlarning xatarini qay darajadaligini tushunib etish, bilish qiyin. Milliy o‘zlik, qadriyatlar, shunga yarasha tafakkur qilishning buzilishida turli tadqiqotlar, OAV va reklama agentliklari katta rol o‘ynashi bilan bir qatorda, aksincha, mazkur xavfning oldini olish yoki to‘g‘rilashda ham muhim ahamiyatga egadir. Ongni bo‘ysundirish, aqlni buzish, axborot tahdidlari haqida fikr bildirish kimlar uchundir balandparvozlik, jimjimador gaplar bo‘lib tuyular. Munosabatlarning turli ekanini tabiiy qabul qilish lozim. Shuni ham unutmaslik kerakki, axborot asrida amalga oshirilishi odat tusiga kirib borayotgan turli ayyorliklarni o‘z vaqtida anglab, uni mafkuraviy immunitet chig‘irig‘idan o‘tkazgan har bir odam ma’naviy kompasini qaerga yo‘naltirsa, maqsadga muvofiq bo‘lishini chuqurroq tushunib etadi, shundagina yoshlarda axborot axloqi shakllanadi.
Darhaqiqat axborot xavfsizligini ta`minlash masalasi bugungi kunda favqulodda muhim ahamiyatga egadir. Shu ma’noda, davlatimiz rahbarining ko`rsatmalari va istiqbolli g`oyalaridan kelib chiqib, hozirgi murakkab sharoitda xalqimiz, avvalo, o`sib-unib kelayotgan yosh avlodimiz ongi va qalbida mafkuraviy immunitet hosil qilish orqali ularda “axborot axloqi” asoslarini shakllantirish muhim va dolzarb ahamiyat kasb etgan vazifalarimizdandir. Bu ishni bamisoli niholga mevali daraxt kurtagini payvand qiladigan usta bog`bondek noziklik va mehr bilan, oqilona yo`l bilan amalga oshirish lozim.
Yoshlarda axborot axloqini shakllantirishda har qanday axborotning mazmuni, mohiyati, ta’sir etish darajasi, jamiyatga ijobiy yoki salbiy ta’siri, insoniyatni yaxshilikka yoki yomonlikka da’vat etishi bilan “shaxs-jamiyat-davlat” mutanosibligiga destruktiv yoki konstruktiv ta’sir etish asoslari o‘rganiladi. Ana shu jihatdan qaraganda, milliy manfaatlarni asrash va rivojlantirishda axborot xavfsizligini ta’minlashning ahamiyati yanada yaqqol ko‘rinadi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi mavzusini o‘rganish jarayonida yoshlar axborot axloqini shakllantirishda quyidagi omillarni o‘rganish muhim ahamiyatga ega deb hisoblaymiz:

  • Inson ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatish orqali uni o‘z aqidalaridan, e’tiqodidan ayiradigan buzg‘unchi g‘oyalardan asrash;

  • Axboriy xavfsizlikka rioya qilinmasa buzg‘unchi g‘oyalar asriy qadriyatlarni yo‘qolishi natijasida milliy tanazzulga olib kelishi mumkinligini anglash;

  • Ijtimoiy fikrni shakllantirishda axboriy ta’sir etish usullari va vositalarini kengayib borayotganligi;

  • Axboriy xavfsizlik xar bir millat hayotida ijtimoiy xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan faqat tinchlik va barqarorlik uchun foydalanish lozimligi;

  • Zamonaviy texnologiyalar ta’sirida shakllanayotgan yangicha dunyoqarashni salbiy oqibatlaridan himoyalash zarurati;

Bugun millatlarni o‘ziga xos xususiyatlari va qadriyatlarini zaiflashtirish orqali yo‘q qilish real voqelikka aylanib borayotgan bir sharoitda vatanimiz yoshlarini xar qanday axborot tahdidlaridan asrash uchun quyidagi omillarga e’tibor berish muhim deb o‘ylaymiz:

  • xar bir insonning o‘z iqtidor va qobiliyatini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoitlarni yanada kengaytirish;

  • xar bir insonda o‘z-o‘zini anglash, o‘z harakatiga o‘zi javob berish, o‘z taqdirini o‘zi yaratish va o‘zi belgilash ko‘nikmalarini yoshlikdan rivojlantirib borish;

  • mavjud ijtimoiy guruh o‘rtasidagi munosabatlarni yanada barqarorlashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish;

  • Xar bir insonda o‘z fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish;

  • Vatan taqdiri uchun jamoaviy ma’sullik hissini kuchaytirish;

  • Milliy, diniy, etnik sohalardagi barcha jarayonlarni muntazam kuzatib borish hamda olingan ma’lumotlarni tahlil etib borish;

  • Axborot xavfsizligi qoidasiga jiddiy amal qilish mamlakatimizning iqtisodiy, harbiy va ilmiy-texnik siyosatida asosiy talablardan biri bo‘lib qolishi;

  • Ushbu qoidalarni aniq tizimlashtirish va aniqlashtirish;

  • Davlat va jamiyat xavfsizligini qo‘riqlovchi «axborot axloqi kodeksi»ni shakllantirish,


Yüklə 228,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin