o’rtasidagi farqdan foydalanadi. Ommaviy axborot vositalari uzoq davrlar davomida
jamoatchilik uchun ishonchli axborot manbai bo’lib kelgan. Bugungi kunda uni
ishonchli qilgan barcha to’siqlar buzildi. SHunga qaramay, eski tushunchalar saqlanib
qolmoqda. Agar tasodifiy har qanday blogdagi media kontent bir nechta muharrirlar tomonidan tekshirilgan,
tahrirlangan va ko’rib chiqilgan “New York Times” maqolasi kabi ishonchli bo’lsa, uni yoritish ikki baravar oson ishga aylanadi. Bu esa manipulyatorlar orasida kim o’zarga o’ynash yoki kimning ovozi
balandroq chiqishiga bahslashish va onlayn olamda kim ko’proq shov-shub qila olishni
ko’rsatish imkonini beradi. Bilamizki, agar biz yetarlicha onlayn shovqin-suronni yarata olsak, odamlar tutun bor joyda olov bor deb o’ylashadi va haqiqiy bo’lmagan narsa haqiqatga aylanadi.
O’tgan asrda yoki yangi asrimizning boshida ham, ommaviy axborot vositalarini
manipulyatsiya qilish haqida gap ketganda, bizda faqat bir nechta tahdidlar bor edi: hukumat targ’ibotchisi va shov-shuvli
publitsist. Ular jiddiy tahdidlar edi, ammo bu kabi tahdidlardan
himoyalanishda hushyorlik qolibiliyati aniq va oddiy himoya sifatida ishlardi. Ammo bugungi globallashuv va raqamlashuv davrida, bloglarga tobeligimiz va internetga asoslangan media siklimiz bilan hech narsa bo’rttirish, buzish, uydirma va soddalashtirishlardan qochib qutula olmaydigan bolib qoldik.
Media manipulyator sifatida mazkur holatni anglash, uni o’z faydasiga hal etish
murakkab emas. CHunki uning ishi ommaviy axborot vositalaridan manipulyatsiya istrumenti sifatida foydalanish ya’ni odamlarni o’zlari qilmaydigan narsalarni qilishlari yoki o’ylashlari uchun media orqali undash hamda ta’sir o’tkazishdan iboratdir. Ular xuddi parda ortida qo’g’irchoqning iplarini tortib o’ynatadigan aktyorlarga o’xshaydilar. Bu holatda aktyor
manipulyator, iplar – ommaviy axborot vositalari, qo’g’irchoq esa- auditoriyadir.
Amerikalik tadqiqotchi Deniyel Boorstin o’zining “Tasvir: Amerikadagi psevdo-
hodisalar bo’yicha qo’llanma”kitobida shunday fikrlarni keltiradi: “Biz va hayot haqiqatlari
o’rtasida qandaydir qalinlik paydo bo’lmoqda va u borgan sari murakkablashmoqda.”
CHindan ham olimning davosida jon bor, chunki bugan auditoriya yangilikni nima muhimligiga qarab emas, balki nimani xohlayotganiga qarab yaratilmoqda; informatsiya qabul qilish sikli shunchalik tezlashmoqdaki, axborotlar doimiy va muntazam ravishda to’liq bo’lmagan, tekshirilmagan boshqa narsa bo’lish ehtimoli juda yuqorilab bormoqda.
Bugungi kunda nafaqat oddiy kompyuterlar va smartfonlar, balki ulangan zamonaviy
televizorlar ham mavjud. Internet foydalanuvchilarga (ularning shaxsiy xohishlariga ko’ra)
ommaviy axborot vositalari matnlarini individual tanlash imkoniyatini beradi. An’anaviy
ommaviy axborot vositalari (matbuot, televideniye, radio) yildan-yilga o’z ta’sirini yo’qotib,
yangi OAV, aksincha, zamonaviy media makonda o’z o’rni va ko’lamini yanada kengaytirib
bormoqda. Masalan, “Mediascope” ma’lumotlariga ko’ra, 2019 yilda Rossiyada Internet birinchi marta kundalik yoritish bo’yicha televizordan o’zib ketdi: yirik shaharlar aholisining taxminan
75 foizi har kuni onlayn va 70,4% televizor tomosha qilgan.
jumladan manipulyatorga aylani bormoqda. 1980-yillarda gazetalar (ayrimlari yuzlab
xodimlardan iborat) tirajlari 2-3 millionga yetganidan faxrlanardi, ammo bugungi kunda
mashhur bloggerning o’n million auditoriyasi borligi endi ajablanarli emas.
Ma’lumki, ijtimoiy tarmoqlar dastlab siyosiy yoki manipulyatsiya vositasi sifatida o’ylab
topilmagan: ular do’stlar va o’rtasidagi muloqot uchun erkin va demokratik makonga aylanishi
kerak edi. Qarindoshlari, boshqa obunachilar bilan kitoblar, filmlar, musiqa, sayohatlar, taomlar haqidagi taassurotlari bilan o’rtoqlashdigan, retseptlar, fotosuratlar, video va postlar e’lon qiladigan platformaga aylanishi ko’zlangan edi. Biroq, ijtimoiy tarmoqlar bilan (ularning keng
foydalanuvchilarni qiziqishlari bo’yicha segmentatsiya qilish imkoniyatlari) darhol ko’p
millionli auditoriyaga ega bo’ldi va biznes manfaatlari sohasiga kirdi.