Mavzu: Axloqiy qadriyatlar (Etika). Reja



Yüklə 50,71 Kb.
səhifə6/7
tarix20.06.2023
ölçüsü50,71 Kb.
#133145
1   2   3   4   5   6   7
7 – Mavzu Axloqiy qadriyatlar falsafasi (Etika). Ma’ruza rejasi

Oilaviy muhit. Oilaning mustahkamligi oila a’zolarining axloqiy tarbiyasiga bog‘liq. Xalqimizda bejiz “Sog‘lom turmush tarzi mustaxkam oilaning garovidir” deb aytilmagan. Sog‘lom turmush tarzi deganda biz nafaqat oiladagi er va xotinning bir – biriga bo‘lgan munosabati balki, ulardagi axloqiy fazilatlar, imonlilik, poklik, halollik, rostgo‘ylik, shirinso‘zlik, kabi axloqiy me’yorlarga amal qilgan xolda urf – odatlarga asoslangan, zamonaviy oilani tushunamiz.
Oila tashvishi ko‘proq ayol zimmasiga tushadi.Xalqimizda bejiz «Insonlar hamma vaqt ayollar istagani kabi bo‘ladilar, agarda buyuk va fazilatli odamlarga ehtiyojingiz bo‘lsa, ayollarga buyuklik va fazilat o‘rgating». – deb aytishmagan.
Darxaqiqat, oilada farzandlar onadan ko‘proq tarbiya oladilar. Onada bo‘lgan axloqiy fazilatlar: kamtarlik, andisha, hayo - ibo, tartib-intizom, sabr-qanoat kabilar farzandlariga ham o‘tadi. Bu esa sharq xotin-qizlariga xos yuksak axloq fazilatlarida ko‘rinadi. Jumladan, Sa’di Sheroziy ham:
Xotin bo‘lsa qobilu-aqli raso,
Erni shox etar, gar bo‘lsa gado, -
deya ayollarimizni ko‘kka ko‘targanlar. Ayolning ma’naviy yuksalishiga shaxsiy hayotining ta’siri kattadir. Oilada ayolning rangi-ro‘yiga qarab, erining kimligini, erining yurish-turishiga qarab uning xotini haqida batafsil fikr aytish mumkin. Ayol go‘zalligi deganimizda dastavval undagi tashqi qiyofasining go‘zalligi ko‘z oldimizga keladi. Husn ham ayol kishining boyligidir. Lekin axloqiy ma’naviyat bilan bezalgan husn sohibasigina haqiqiy go‘zaldir... Xalqimizda: «Go‘zallik ila madx etiluvchi xotin go‘zal emas, balki tarbiyali xotin go‘zaldir» deyiladi.
Ma’naviyatsiz moddiy farovonlikka ham, umumtaraqqiyotga ham erishib bo‘lmaydi. Ma’naviy qashshoqlik milliy tanazzulga olib boradi. Xarom ayoldan halol farzand dunyoga kelmaydi. Umuman, nopok ayolni ona deya sharaflab bo‘lmaydi. “Qush uyasida ko‘rganini qiladi”, “Onasini ko‘rib, qizini ol”degan maqollar bekorga aytilmagan.
Oilaning mustahkamligi va totuvligi ko‘p jihatdan ayollarga bog‘liq dedik. Ammo bu fikr, oilada erkaklarning mas’uliyati kam ekan, degan hulosaga olib kelmasligi kerak. J.Mazdani aytganidek «Erkak va ayol – bamisoli ikki mayin tovushki, inson qalbidagi torlar ularsiz haqiqiy va to‘laqonli ohang berolmaydi.» Darhaqiqat, erkaksiz oila bu baxtikemtik, yarimta oila demak, “erkak-oilaning ustuni» deb bekorga aytilmagan.Oilada azaldan erkaklar ro‘zg‘orning eng og‘ir yumushlarini o‘z zimmalariga olib kelganlar. Ota – bobolarimiz ham oila tinchligi avvalo erkakka bog‘liq, deb bilganlar.
Xalqimiz o‘zining ko‘p ming yillik tarixi jarayonida oila hususida milliy–mafkuraviy tarbiyani shakllantirgan. Oilada otaning shaxsiy ibrati, onaning mehri orqali turmush zaxmatlarini yengishda, farzandlarini tarbiyali bo‘lishida mustahkam tayanch bo‘la olishgan. Oilada erkak kishining keyingi vazifasi xotin va oila a’zolarining huquqlarini himoya qilish, ularning nomuslarini saqlashdir.
Ta’bir joizki oila baxti, farzandlarning tarbiyali yetuk inson bo‘lib yetishida ota–onaning sa’y harakati, tarbiya mahoratiga bog‘liq. Istiqlol ota–onalar zimmasiga buyuk kelajak quruvchilarini tarbiyalash, zaminimiz uchun fidoyi farzandlarni yetishtirish mas’uliyatini yuklaydi.

Yüklə 50,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin