Mavzu: Aylanma kapitalni boshqarish. Reja


Aylanish kapitalidan foydalanish samaradorligini baholash



Yüklə 91,52 Kb.
səhifə5/6
tarix09.06.2023
ölçüsü91,52 Kb.
#127840
1   2   3   4   5   6
Aylanma kapitalni boshqarish

Aylanish kapitalidan foydalanish samaradorligini baholash

Korxona ishlab chiqarish jarayonida ma’lum mehnat predmetlari va boshqa resurslardan foydalanadi. Ularning umumiy hajmi oborot kapitali miqdoridir. Uzoq davr mobaynida joriy iste’mol qilingan mehnat predmetlari miqdori foydalaniladigan oborot kapitalining joriy zahiralar hajmidan ko‘proq bo‘lishi mumkin.


Moddiy resurslar joriy iste’moli samaradorligini ishlab chiqarishda nafaqat mahsulot birligiga material xarajati indeksi yordamida, balki ishlab chiqarish natijasini material talabchanligiga solishtirish yordamida ham baholash mumkin. Material talabchanligi hisobot davrida haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulot va haqiqiy xarajatlar yordamida aniqlanadi.
+o‘yilgan vazifaga binoan bu ko‘rsatkich natural va o‘zgarmas taqqoslash baholarida va joriy baholarda shuningdek, har bir mahsulot turi va ayrim material resurslari bo‘yicha ham hisoblanishi mumkin. Bunda material xarajatining mahsulot hajmiga nisbati olinadi.
Bundan tashqari, bu ko‘rsatkichning teskarisi - ishlatilgan material samaradorligi, ya’ni sarflangan har bir so‘mlik materiallar hamda qiymatiga qancha mahsulot olinganligi ham hisoblanadi.
Mehnat predmetlaridan foydalanish samaradorligini baholashda material talabchanligi, moddiy resurslar zahirasining aylanish tezligi ko‘rsatkichlaridan foydaniladi. Buni quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz.





Ko‘rsatkich

Belgilanishi

Oylar

O‘zgarishi

I

II

Nisbiy %

absalyut (+-)

A

B

1

2

3

4

5

1.

Material xarajatlari (ming so‘m)

Mx

90

120

133

30

2.

Oborot kapitalining o‘rtacha qoldig‘i, ming so‘m



4

50

125

10

3.

Ishlab chiqarilgan mahsulot, ming so‘m

Q

180

200

111

20

4.

Material talabchanligi (1:3)

Mtabiiy

0,5

0,6

120

0,1

5.

Oborot kapitalining aylanuvchanlik ko‘rstkichi (3:2)

Kay.

4,5

4,0

89

-0,5

1) Umumiy material xarajatlari 33 % ortganligi material talabchanligi 20 % oshganligi, oborot kapitalining aylanish tezligi 11 % pasayganligi va o‘rtacha oborot kapitalini qoldig‘i 25 % oshganligi bilan izohlanadi.


(1,2 x 0,88 ·1,25q1,33)
2) Mahsulot ishlab chiqarishga material xarajatlari keyingi 2 oyda berinchi oydagiga nisbati 30 ming so‘mga oshishiga quyidagilar ta’sir ko‘rsatadi:
a) material talabchanligi oshishi
0,1·4·50q20 ming so‘m material xarajatlarini oshirishi;
b) oborot kapitalining aylanuvchanligi pasayishi umumiy material xarajatlari
(-0,5) ·0,5·50q-12,5 ming so‘mga ko‘payishi;
v) oborot kapitalining o‘rtacha qoldig‘i o‘zgarishi ta’siri material xarajatlar o‘zgarishiga
10·4,5·0,5q22,5 ming so‘m
20+(-12,5)+22,5q30 ming so‘m
Oborot kapitalidan foydalanish jarayonini tahlil qilishda oborot kapitali aylanuvchanlik ko‘rsatkichining o‘zgarishi, umumiy o‘zgarishga qanday qilib ta’sir etishini bilish kerak. Shu maqsadda oborot tezligini o‘zgarishi ta’siri ostida oborot kapitali summasidan bo‘shatilgan oborot kapitali summasi aniqlanadi.
Buning uchun haqiqiy o‘rtacha oborot kapitalining qoldig‘i haqiqiy realizatsiya miqdori avvalgi oborot kapitalini aylanuvchanligida oborot mablag‘lariga bo‘lgan shartli talab bilan solishtiriladi.



Misolimizda bir oyda oborot kapitalining bir aylanishi


30 kun:4,5q6,67 ming so‘m
Endi shartli oborot kapitaliga talabni aniqlaymiz:
(6,67 kun x 200): 30 kun q 44,44 ming so‘m
Shunday qilib, aylanuvchanlik ko‘rsatkichi –0,5 kunga kamayishi, ya’ni bir aylanishining davomiyligi 6,67 kundan 7,5 kunga oshganligi 500 - 44,444 q 55,56 so‘m qo‘shimcha oborot kapitali jalb etilishiga olib kelgan.
Mahsulot hajmini 20 ming so‘mga ortishi, biriktirish ko‘rsatkichi koeffitsienti birinchi oyda (40 : 180) · 0,22 so‘m bo‘lishi mahsulot hajmi 20 ming so‘mga oshishi uchun oborot kapitali 0,222 · 20 ming q 4444 so‘m bo‘lishini taqozo etgan.
Ikkala omil ta’sir ostida umumiy oborot kapitalining o‘rtacha qoldig‘i (50 ming - 40 ming) · 10 ming so‘mga oshganligi, (ya’ni 556 + 4444 q 10000 so‘m) 2 oyda tegishli ko‘rsatkichi (50 : 200) 0,25 so‘m, oborot aylanuvchanligi sekinlashishi ostida qo‘shimcha jalb etilgan mablag‘lar
(0,25 - 0,22) · 200 q 5556 ming so‘m bo‘lgan.

Xulosa.
Ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishi lozim bo‘lgan resurslardan biri aylanma kapital bo‘lib, bu bir ishlab chiqarish jarayonida yoki qisqa muddat (odatda, 1 yilgacha) ishtirok etuvchi ob’ektlarga moliyaviy qo‘yilmalardir. Asosiy kapitaldan aylanma kapitalning farqi shundaki, asosiy kapital deyilganda uzoq muddat ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etib, o‘z fizik xususiyatini yo‘qotmaydigan ob’ektlarga moliyaviy qo‘yilmalar tushinilsa, aylanma kapitalda esa, ishlab chiqarish jarayonida o‘z fizik xususiyatini to‘la yo‘qotadigan va shu sababli qiymatini ham ishlab chiqarilayotgan mahsulotga to‘g‘ri, to‘la o‘tkazadigan ob’ektlarga qo‘yilmalar tushiniladi. Buxgalteriya hisob-kitobini osonlashtirish maqsadida qimmatli va qisqa muddat ishtirok etuvchi ishlab chiqarish vositalari ham aylanma fondlariga kiritiladi. Korxona mulkida (aktivlarida) salmoqli o‘ringa ega bo‘lgan aylanma kapital: aylanma fondlariga va qisqa muddatli moliyaviy pul mablag‘lari qo‘yilmalariga bo‘lib o‘rganiladi.
Aylanma fondalari elementlari tarkibini faoliyat turiga qarab, agar ishlab chiqarish faoliyati bo‘lsa, ishlab chiqarish xarakterida pul va tayyor mahsulot zahiralari, agarda vositachilik faoliyati bo‘lsa, sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar zahirasi tashkil etadi.
+isqa muddatli moliyavi qo‘yilmalar asosiy faoliyatga bog‘liq bo‘lmaydi.
Aylanma kapitalning mavjudligi fursatli yoki o‘rtacha davriy bo‘lishi mumkin.
Ishlab chig‘arish jarayonini tashkil etishda aylanma kapital va uning elementlarini aylanish tezligi ko‘rsatkichi aniqlanadi. Shu bilan bir qatorda aylanma kapitalga bo‘lgan ehtiyoj ham hisoblanadi va aylanma kapitaldan foydalanish samaradorligini baholash muhim ahamiyat kasb etadi.


Yüklə 91,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin