Mavzu: Aylanma kapitalni boshqarish. Reja


Korxonaning aylanma kapitalga ehtiyojini aniqlash



Yüklə 91,52 Kb.
səhifə3/6
tarix09.06.2023
ölçüsü91,52 Kb.
#127840
1   2   3   4   5   6
Aylanma kapitalni boshqarish

Korxonaning aylanma kapitalga ehtiyojini aniqlash

Korxonaning oborot kapitaliga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash korxona faoliyati rivojlanishiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi, chunki oborot kapitalining tanqisligi ishlab chiqarish jarayonini yetarli darajada ta’minlay olmaydi, oborot kapitalining ziyodi esa ortiqcha tovar -material zahirasida moliyaviy yo‘qotishlarga olib keladi.


Bu masala ikki xil hal etiladi: birinchidan, rejalashtirilayotgan davrdan oldingi davrdagi ma’lumotlarga binoan hisob-kitob yo‘li bilan; ikkinchidan, oborot kapitalining har bir elementiga bo‘lgan asoslangan ehtiyojni texnik-iqtisodiy hisoblar yordamida aniqlab, so‘ng esa barchasi bo‘yicha umumiy ehtiyojni qiymat ifodasida aniqlash orqali.
har holda uzoqroq muddatga ehtiyojni aniqlashda, inflyatsiya sharoitini hisobga olib, rejalashtirilayotgan ehtiyojni shu inflyatsiyaga, eksport baholash yordamida korrektirovka qilinsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
+isqa muddatli davrga ehtiyojni aniqlashda, ishlab chiqarishni alohida: xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i va boshqa oborot ishlab chiqarish fondlari zahiralariga ehtiyoji asosida texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar o‘tkaziladi.
Bunday hisob-kitoblar zaruriyati, masalan moddiy-texnika ta’minotini tashkillashtirish, post yetkazib beruvchilarni aniqlash, muddatini, hajmini shartnoma asosida belgilash lozimligidan kelib chiqadi.
Oborot fondlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash har bir ishlab chiqarish faoliyati, uning katta yoki kichikligi va h.k. bog‘liq bo‘ldi.
Yuqoridagi masalani hal etishda umumiy usullardan ham foydalanish mumkin.
Bunda oborot fondlariga bo‘lgan ehtiyoj avvalo biznes-reja bo‘yicha sotilgan mahsuloti hajmiga va oldingi davrdagi oborot mablag‘larini biriktirish ko‘rsatkichiga binoan quyidagicha aniqlanadi:

Demak, oldingi davrda har bir so‘mlik sotilgan mahsulotga bo‘lgan oborot mablag‘lari bilan ta’minlanish ko‘rstkichi rejalashtirilayotgan sotuv mahsuloti hajmi ko‘paytmasi yordamida aniqlanadi.
+o‘shim oborot fondlarga ehtiyoji oborot fondlariga bo‘lgan ehtiyoj hamda rejalashtirilayotgan davr boshidagi qoldiqqa asosan aniqlanadi.
Yuqorida qayd etilganidek, oldingi davr biriktirish ko‘rsatkichiga asoslanib, hisob-kitob qilish mumkin. Lekin har davrning shart-sharotini baholab, shu ko‘rsatkichni psaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish korxona faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Buni quyidagi misolda ko‘rib chiqishimiz mumkin.
Masalan:

Aprel oyida o‘rtacha oborot mablag‘lari qoldig‘i, ming so‘m.

9000

Shu jumladan:
mahsulot ishlab chiqarishda kerak bo‘lmaydigan material zahirasi qiymati

600


Xaridorlarning muddati o‘tgan qarizi

900

Aprel oyida sotilgan mahsulot, ming so‘m

20000

Oborot mablag‘larini biriktirish ko‘rsatkichi (9000:20000), so‘m

0,45

Ko‘rinib turibdiki, korxona oborot kapitali tarkibida ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz olib borish uchun zarur bo‘lmagan elementlar mavjud 600 ming so‘m + 900 ming so‘m q 1500 ming so‘m. Rejalashtirishda may oyiga shu elementlarni hech bo‘lmaganda 50% kamaytirilsa, unda biriktirish ko‘rsatkichi may oyida





Demak, har bir so‘mlik realizatsiya mahsuloti uchun 41,25 tiyin, ya’ni aprel oyidagiga nisbatan –3,75 tiyinga kamroq, barcha realizsiya uchun esa-750 ming so‘mlik kamroq oborot kapitaliga ehtiyoj bor.


Elementlar bo‘yicha texnik-iqtisodiy hisoblar yordamida oborot kapitaliga ehtiyoj, konkret mahsulot yoki xizmat, ishlab chiqarish hajmiga va konkret xom ashyo, material va boshqa ishlab chiqarish zahirasi elementlari haqidagi birinchi normativ soliq xarajati ma’lumotlariga binoan aniqlanadi.
Aylanma mablag‘larga ehtiyojni aniqlash normativ usulda nafaqat har bir mahsulot birligiga konkret mehnat predmetlari normativ xarajatlari haqida belgi, balki ishlab chiqarishni kerakli material resurslari va uning tarkibi bo‘yicha ta’minlanish xususiyatlari haqida ma’lumot bo‘lishini ham talab etadi. Korxona moddiy-texnik ta’minotida quyidagi xom ashyo, material, yoqilg‘i va normallashtirilgan boshqa aylanma mablag‘lar zahiralari turlari mavjud:

  • joriy zahira;

  • sug‘urta zahiralari;

  • mavsumiy zahiralar.

Joriy xom ashyo va material zahiralari butun vaqt davomida normal ishlab chiqarish faoliyati ta’minlagan bo‘lishini talab etadi. Korxona omborida konkret material turi bo‘yicha joriy zahira hajmini aniqlash kalendar davri uchun unga bo‘lgan umumiy talabga, yetkazib berish shartnomalariga, ombordan ishlab chiqarishga topshirish kalendar grafigiga binoan aniqlanadi.
Ishlab chiqarishning material iste’molini va tabiiy sharoitini hisobga olib, zahirada materiallarni to‘xtab qolish ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Ommaviy ishlab chiqarishda material iste’moli teng vaqt oralig‘ida bo‘lib, 0,5 ko‘rsatkichi bo‘yicha olinishi mumkin.
Masalan, mahsulot oy boshida bir marta yetkazib beriladigan, ishlab chiqarish iste’moliga esa har kuni yuboriladigan bo‘lsa, oyning boshida maksimal tovar zahirasi mavjud bo‘lishi, oyning oxirgi kunida eng kam qolishi yoki butunlay qolmasligi mumkin. Demak, o‘rtacha zahira miqdori:



Lekin ba’zan texnologik jarayonni inobatga olib, ishlab chiqarishga materialni yuborish daqiqalari teng oraliqda yoki har xil oraliqda bo‘lishi ham mumkin. Bunday holatni quyidagi misolda ko‘rmiz.


Ishlab chiqarishga material har haftada teng miqdorda yuboriladi, yetkazib berish esa oyning boshida amalga oshiriladi. Demak, zahirada materialni to‘xtab qolish ko‘rsatkichi (K3)ning o‘rtacha hafta davomiyligi bo‘lishi mumkin (30 kun : 4 hafta) 7,5 kun.



Materialga bo‘lgan o‘rtacha kunlik talabga (Mt), yetkazib berish davri ( ) va zahirada materialning to‘xtab qolish ko‘rsatkichiga (K3) binoan, umumiy joriy material zahirasi aniqlanadi. Agarda har kuni 20 dona mahsulot ishlab chiqarilsa «A» material xarajati mahsulot biriligiga 10 metr, teng oraliq material xarajati va yetkazib berish oralig‘i 30 kun bo‘lsa joriy umumiy zahira miqdori




ni tashkil etadi.

Bu miqdorda bir materialni ishlab chiqarishga tayyorlash, materialni qabul qilish, saralash, ortib-tushirish vaqtlari inobatga olinmagan (Vt). O‘z vaqtida ishlab chiqarishga yuborishda yetkazib beriladigan material zahirasi vaqti quyidagicha aniqlanadi:





Yuqoridagi misolimizga qo‘shimcha qilib, bor materialni ishlab chiqarishga tayyorlash vaqti 0,5 ish kuni hisoblanadi.



Bu zahiralardan tashqari sug‘urta zahirasini ham hisobga olish lozim. Chunki, material ta’minotchi tomonidan jo‘natilgan yoki jo‘natilayotgan bo‘lishi mumkin. Bunda jo‘natish kechiktirilishini inobatga olish zarur.
Bunday sug‘urta zahirasini aniqlashda, ilgarigi ta’minot davrlarni davrlari, kechiktirishlar bo‘yicha o‘rtacha kechiktirish kuni hisoblanadi.
Masalan, uzoq muddatli hamkorlik davridan 90% kechiktirishlar 2 kun; 10 foizi 4 kun bo‘lgan bo‘lsa, o‘rtacha kechiktirish kuni quyidagicha bo‘lishi mumkin:

Agarda kunlik ishlab chiqarish iste’moli hisobga olinsa,


sug‘urta zahira miqdori q 2,2 kun (10 20) q 440 metr
Endi yuqoridagi zahiralarni e’tiborga olib, umumiy zahira miqdori aniqlanadi: joriy zahira + tayyorlash zahirasi + sug‘urta zahirasi q 3000m +100m + 440+3540 m
Mavsumiy zahira xom ashyo va materiallar ta’minoti faqat mavsum ishlab chiqarishlarda bo‘ladi. Bunday holatda mavsumiy zahira butun davr uchun hisoblanadi. Bunday zahirani vujudga keltirish korxonalarning o‘z mablag‘lari, odatda, yetishmaydi va bank kredit resurslaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Yuqoridagi fikrlar quyidagi xulosani beradi: demak, umumiy zahira miqdori mahsuot birligiga ketadign material xarajatlariga bog‘liq.



Yüklə 91,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin