Aylanma vositalar Aylanma vositalar (mablagʻlar) – korxona (xoʻjalik)ning xoʻjalik faoliyatini moliyalash uchun foydalanadigan pul mablagʻlari; Aylanma vositalar aylanma ishlab chiqarish fondlari va muomala fondlaridan tashkil topadi. Aylanma ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida bir marta ish-tirok etadi, har bir ishlab chiqarish davrida butun-lay iste’mol qilinadi, oʻz natural shaklini oʻzgartiradi, uning qiymati yetish-tirilayotgan mahsulotga toʻliq oʻtadi va mahsulot sotilishi bilan pulga aylanadi (xom ashyo, materiallar, kelgusi davr xa-rajatlari, arzon baho anjomlar va boshqalar).Muomala fondlari – mahsulotning korxonadan chiqib to sotilishiga qadar muomala jarayonida band boʻlgan vo-sitalar (sotuvga chiqariladigan tayyor mahsulot qiymati, kassadagi naqd pul mablagʻlari va bankdagi hisobvaraqsa turgan mablagʻlar). Aylanma fondlarning muomala fondlari bilan bi-rikishi iqtisodiy jihatdan asosli boʻlib, mablagʻlarning muomala va ishlab chiqarish sohalarida taqsimlanishini nazorat etishga imkon beradi.Aylanma vositalar hosil boʻlish manbalariga koʻra korxonaning oʻz Aylanma vositalar ga va qarzga olingan (jalb qilingan) Aylanma vositalar ga boʻlinadi. Korxonaning oʻzA.v. yillik moliya re-jasiga muvofiq ishlab chiqarish zaxiralari, tu-gallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot zaxi-ralari barpo etish uchun zarur boʻlgan minimal ehtiyojlar asosida belgila-nadi. Korxona oʻz Aylanma vositalar ining rejasidagi summasi normativ deb ataladi. Kat-ta daromad oladigan korxonalar katta miqdorda oʻz Aylanma vositalar fondini barpo etadi. Qarzga olingan Aylanma vositalar mablagʻlarga boʻlgan vaqtinchalik ehtiyojlarni qondirishga moʻljallanadi. Bankdan kredit olish va passivlarning ayrim turlari (kredi-torlik qarzdorligi va boshqalar) dan foydala-nish hisobiga hosil qilinadi. Aylanma vositalar dan 239samarali foydalanganlikning muhim koʻrsatkichi – ularning aylanuvchanli-gi, ya’ni Aylanma vositalar ning aylanish soni va bir aylanishning kun hisobidagi davri-dir. Aylanish soni mahsulotni sotishdan olingan yillik tushumni Aylanma vositalarning oʻrtacha yillik qiymatiga boʻlish yoʻli bilan topiladi.Aylanma vositalar ning aylanuvchanligini tezlash-tirish xalq xoʻjaligida katta ahamiyatga ega. Chunki bu holda Aylanma vositalar ga boʻlgan ehtiyoj kamayadi, pul va moddiy resurslardan sa-marali foydalaniladi.