Mavzu: Aylanma mablag'larni normallashtirishning mohiyati va ahamiyati. Reja. Kirish


Aylanma mablag’larni me’yor(norma)lashtirish



Yüklə 54,57 Kb.
səhifə5/6
tarix24.03.2023
ölçüsü54,57 Kb.
#89525
1   2   3   4   5   6
Mavzu Industrial iqtisodiyot referat -WPS Office

Aylanma mablag’larni me’yor(norma)lashtirish
Aylanma kapitalni rejalashtirish va undan foyda-lanishni tashkil qilish uchun unga nisbatan bo’lgan ehtiyojni aniqlash usullari va rejalashtirish tizimini ishlab chiqmoq lozim. Moddiy resurslar va ular zaxiralarining hara-katini boshqarish tizimini avtomatlashtirish xususida o’ylamoq, aylanma kapital va uni shakllantirish manba- laridan samarali foydalanish, materiallarning sarfla-nishi va ularning saqlanishi ustidan nazoratni ta’minlash kerak.Yuqoridagilarni amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilish uchun aylanma mablag’lar quyidagi ikki ikki guruhga bo’linadi:
1)me’yor(normalashtiriladigan aylanma mablag’lar;
2)me’yor(norma)lashtirilmaydigan aylanma mablag’lar.
Me’yorlashtiriladigan aylanma mablag’larga aylanma ishlab chiqarish fondlari va realizatsiya qilinmagan tayyor mahsulot zaxiralari kiradi. Me’yorlashtirilmaydigan aylanma mablag’lar esa ombordagi tayyor mahsulot zaxira-laridan tashqari muomala fondlarining barcha element-larini o’z tarkibiga oladi. Aylanma kapitalning o’lchamini optimallashtirish uchun moddiy aylanma mablag’larning rejalashtirilishi amalga oshiriladi.
Moddiy aylanma mablag’larni rejalashtirishning asosini normativ usuli tashkil etadi. Unga ko’ra aylanma mablag’larning normativi belgilanadi, transport, sug’urta, tayyorgarlik, texnologik, joriy zaxiralarni ham qo’shgan holda zaxiralar normalashtiriladi, moddiy resurslarning barcha ko’rinishlari, tugallanmagan ishlab chiqarish, ombor-dagi tayyor mahsulotga nisbatan xarajatlar normasi o’rna-tiladi.
Aylanma mablag’larni me’yorlashtirish jarayoni bir necha bosqichlardan iborat. Dastlab, aylanma mablag’larning har bir elementi bo’yicha ishlab chiqarish zaxiralarining normasi ishlab
chiqiladi. Ishlab chiqarish zahiralarining me’yori ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlovchi ularning ilmiy asoslangan rejali hajmidan iborat bo’lib, u eng avvalo, quyidagilarni o’z ichiga oluvchi XYuS ish sharoitiga bog’liq:
ishlab chiqarish tsiklining uzoq-yaqinligi;
ishlab chiqarishga materiallarni kiritish davri;
mol etkazib beruvchilarning uzoqligi;
mol etkazib berish partiyalarining kompleksligi yoki hajmi;
materiallar sifati;
hisob-kitoblar tizimi;
va boshqalar.
Norma (me’yor) normalashtiriladigan moddiy resurs-larga (ularning har bir turi bo’yicha) bo’lgan o’rtacha kunlik ehtiyojlarning hajmi va mol etkazib berishlar o’rtacha intervali (oraliq)ning uzunligini hisobga olgan holda kunlik zaxiralarda o’rnatiladi (belgilanadi). Demak, agar ana shu oraliq, masalan, 24 kunga teng bo’lgan bo’lsa, shunga mos ravishda zaxiralar shu kunlar oralig’ida ishlab chiqarish tsiklining normal (sog’lom) rivojlanishini ta’minlashga etarli bo’lmog’i lozim.Kunlarda ifodalangan zaxiralar va ma’lum bir ko’rinishdagi tovar-moddiy boyliklar xarajatlarining normasi (me’yori) asosida normalashtiriladigan zaxira-larni yaratish uchun zarur bo’lgan aylanma mablag’larning hajmi aniqlanadi. Agar me’yor kunlarda aniqlansa (belgilansa), u holda aylanma mablag’larning normativi XYuSning sog’lom (normal) faoliyat ko’rsatishi uchun
minimal darajada zarur bo’lgan tovar-moddiy boyliklarning pulda ifodalangan rejalashtirilgan zaxiralaridan iboratdir.
Qandaydir bir resurslarning zaxiralariga avanslash-tiriladigan aylanma mablag’lar normativining formulasi quyidagi ko’rinishga ega:
N = E x U x B
Bu yerda: N – aylanma mablag’larning normativi;
E – aylanma mablag’larga bo’lgan kunlik ehtiyoj;
U – o’rtacha interval uzoqligi;
B – aylanma mablag’ birligining bahosi.
Masalan, faraz qilaylik, qandaydir bir xomashyoning zaxira normasi 15 kunga, kunlik ehtiyoj 10 tonnaga va bir tonnaning bahosi
20 ming so’mga teng bo’lsa, u holda pulda ifodalangan normativning darajasi 600 ming so’mga (15 x 10 x 20 000) teng bo’ladi.
Umuman olganda, aylanma mablag’lar normativi mol etkazib berishlar o’rtasidagi o’rtacha intervalni hisobga olgan holda quyidagi formula orqali aniqlanishi mumkin:
N = E x (U1 + U 2 ) : 2 x B
Bu yerda: N – aylanma mablag’larning normativi;
E – aylanma mablag’larga bo’lgan kunlik ehtiyoj;
U1 + U 2 - navbatdagi ikki mol etkazib berish- larning kunlardagi uzunligi;
B – aylanma mablag’ birligining bahosi.
Aylanma mablag’larning har bir elementlari bo’yicha normativning alohida hisoblanishi natijasida xususiy normativlar vujudga keladi. O‘z navbatida, barcha xususiy normativlarni qo’shish natijasida yig’ma (jamlangan) normativ hosil bo’ladi.
Xomashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarning alohida turlari bo’yicha zaxiralarning kunlik (kundagi) normasi quyidagi zaxiralar summalarini inobatga olib o’rnatiladi (belgilanadi):
transport zaxirasi;
tayyorlov zaxirasi;
texnologik zaxira;
joriy zaxira;
sug’urta zaxirasi.
Transport zaxirasi yukning yo’ldagi kunlari va shu yuk uchun hujjatlarni to’lash va ularning harakatlanish kunlari sonini o’z ichiga oladi. Tayyorlov zaxirasi qabul qilishni rasmiylashtirish, navlarga ajratish, ortish-tushirish, kom-plektatsiya qilish, moddiy resurslarni maxsus qayta tiklash va h.k.lar bog’liq. Bu zaxira norma yoki haqiqatda sarflangan vaqt asosida o’lchanadi. Texnologik zaxira ishlab chiqarish texnologiyasiga bog’liq va texnologik normalar asosida hisoblanadi.
Asos sifatida joriy maksimal ombor zaxirasi oli-nadi, chunki u materiallarni navbatdagi ikki etkazib berish intervali o’rtasida ishlab
chiqarish jarayonining uzluksiz-ligini ta’minlaydi. Maksimal joriy zaxira materiallarga bo’lgan o’rtacha kunlik ehtiyoj va navbatdagi ikki mol etkazib berish intervali o’rtasidagi uzunlikning (davomiylikning) ko’paytmasiga teng. Mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish hajmining o’sishi joriy ombor zaxirasining oshirilishini talab qiladi. Shuningdek, maksimal joriy zaxira ishlab
bir maromdaligini (ritmligini) ta’minlash uchun har doim biroz o’zgartirilishi kerak. Sug’urta zaxirasi rezerv sifatida, odatda, joriy ombor zaxirasining 50% doirasida qabul qilinadi.
Shunday qilib, zaxiraning kunlardagi normasi tran-sport zaxirasi, tayyorlov zaxirasi, texnologik zaxira, joriy ombor zaxirasi va sug’urta zaxiralarining summasiga teng bo’lgan summalar yig’indisidan iborat.Tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha aylanma mablag’-larni norma (me’yor)lashtirish buyumlarning guruhlari bo’yicha amalga oshiriladi va u quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
N = X 0 x U x K
Bu erlda: N - tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha aylanma mablag’larning normativi;
X 0 - mahsulotni ishlab chiqarishga qilinadigan bir kunlik xarajatlar;
U - ishlab chiqarish tsiklining uzoqligi
(kunlarda);
K – xarajatlarning o’sib borish (jamlanib borish) koeffitsienti.
Mahsulotni ishlab chiqarishga qilinadigan bir kunlik xarajatlar chorak davomida tannarx bo’yicha ishlab chiqa-rilgan tovar mahsuloti qiymatini tegishli chorakdagi 90 kunga bo’lib topiladi.
Ishlab chiqarish tsiklining davomiyligi (uzoqligi) quyidagilar bilan belgilanadi:
bevosita ishlov berish jarayoniga tegishli vaqt (texnologik zaxira);
ishlov beriluvchi buyumlarning ish joylarida joyla-shishi (transport zaxirasi);
aylanma zaxirasi (ishlov berish operatsiyalari orali-g’idagi vaqtlar);
sug’urta zaxirasi (uzilishlar sodir bo’ladigan vaziyatlar uchun).
Albatta, zaxiralarni mohirona boshqarish menejment va XYuS ishlab chiarish xodimlaridan inflyatsiyani hisobga olishni, sifat va chiqariladigan tovarning bozorda talabgir ekanligi ustidan uzluksiz nazorat olib borishni, bahosi va iste’mol belgilariga (xususiyatlariga) ko’ra XYuS tomonidan chiqariladigan mahsulotlarning iste’molchilar talabiga qarab o’zgarishini qondirishni talab qiladi.

Yüklə 54,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin