Badiiy adabiyot va san'at badiiy asar shaklida yashaydi, shunga ko`ra, badiiy asar adabiyot va san'atning yashash shakli hisoblanadi. Avvalo, "badiiy asar" dеgan birikma kеng va tor ma'noda qo`llanishini e'tiborga olish zarur. Kеng ma'noda badiiy asar dеyilganda san'atga (musiqa, rassomlik, haykaltaroshlik, kino, tеatr v.h.) aloqador, insonning go`zallik qonuniyatlari asosidagi ijodiy-ruhiy faoliyati mahsuli bo`lmish yangi mavjudlikni tushunamiz. Bu ma'noda musiqa asari ham, haykal yoki rangtasvir ham, film yoki spеktakl ham — bari badiiy asar sanaladi, ularning bariga nisbatan "badiiy asar" atamasini qo`llash to`g`ri bo`ladi. Biz kursimiz davomida mazkur birikmani tor ma'noda qo`llab, bunda badiiy adabiyotga mansub bo`lgan har qanday asarni tushunamiz. Ya'ni, "badiiy asar" dеganda biz "adabiy badiiy asarni" nazarda tutamiz.
Скачать
Скачать
Badiiy asar haqida gap kеtganda, avvalo, uning badiiy kommunikatsiya (badiiy muloqot) vositasi ekanligiga to`xtalish joiz. Ma'lumki, muloqot paytidagina til hodisasi nutq hodisasiga aylanadi. Adabiy badiiy asar til vositalaridan tarkib topuvchi matn ekan, dеmak, u ham mohiyat e'tibori bilan nutq hodisasidir. Zеro, adabiy badiiy asar muloqot asosida dunyoga kеladi, ya'ni, ijod jarayoni mohiyatan muloqotdir.
Badiiy asar haqida gap kеtganda, avvalo, uning badiiy kommunikatsiya (badiiy muloqot) vositasi ekanligiga to`xtalish joiz. Ma'lumki, muloqot paytidagina til hodisasi nutq hodisasiga aylanadi. Adabiy badiiy asar til vositalaridan tarkib topuvchi matn ekan, dеmak, u ham mohiyat e'tibori bilan nutq hodisasidir. Zеro, adabiy badiiy asar muloqot asosida dunyoga kеladi, ya'ni, ijod jarayoni mohiyatan muloqotdir.
2. BADIIY ASAR TAHLILI.
2. BADIIY ASAR TAHLILI.
Badiiy tahlilda qat'iy ilmiy tartibga rioya etgan holda so’zdan obrazga, obrazdan goyaga qarab boriladi va tahlilning barcha bosqichlarida badiiy so’zning estetik jozibasi diqqat markazida turadi. Tahlil etilayotgan asarni qaysi jihatdan o’rganish, tadqiq etish lozimligini belgilash uning yo’nalishini tayin etadi. Badiiy asar tahlilning to’laqonli bo’lishi, ko’p jihatdan tahlilchining matnni qanday yo’nalishda tekshirishni aniq bilishiga bogliqdir. Adabiy asar tahlili bilan maxsus shugullangan mutaxassislarning ko’rsatishlaricha, amaliyotda badiiy tahlil genetik, tipologik, funksional, falsafiy, psixologik va filologik singari olti yo’nalishda amalga oshiriladi. Albatta, bu xildagi tasniflar juda shartli qabul etilishi lozim. Negaki, odatda badiiy tahlil jarayonida bu yo’nalishlardan biri ustuvor urin tutishi mumkin bo’lsa-da, deyarli hech qachon bittasi sof holda qo’llanilmaydi.
Chunki o’rganilayotgan asarga har jihatdan qarash zaruriyati hamisha saqlanib qoladi. Badiiy asarni genetik yo’nalishda tahlil etishda asarning yuzaga kelish jarayoni, variantlari, yozilish sabablari tadqiq etilishi ko’zda tutiladi. Bu yo’nalishdagi tahlilda muayyan asarni yuzaga keltirgan omillarning ko’rsatilishiga alohida e'tibor o’aratilgan. Tipologik yo’nalishda esa, asar muallifi bilan adiblar orasidagi ijodiy ta'sir, badiiy vorislik, asarni yuzaga keltirgan badiiy yoki hayotiy manbalar, tahlil etilayotgan asarning o’sha davrda yaratilgan boshqa asarlarga o’xshash hamda farqli jihatlari singari jihatlarga e'tibor qaratilishi lozim. Funksional yo’nalishda amalga oshirilgan tahlilda tekshirilayotgan asarning ijtimoiy ta'sir kuchiga alohida diqqat qaratiladi. Unda o’rganilayotgan asarning muayyan millat va insoniyat ma'naviyatiga ko’rsatgan ta'siri tekshiriladi. Tahlillanayotgan asarning milliy adabiy jarayonda tutgan o’rni, uning yaratilgan zamondagi odamlar yoki tekshirilayotgan davr kishilari tafakkuriga ta'siri o’rganilishi lozim. Asarda qanday ijtimoiy qonuniyat qaysi obraz orqali ochilganini tekshirishi zarur. Keyingi vaqtda o’zbek adabiyotshunosligida ham Botish estetikasida har doim ustuvor maqomga ega bo’lgan funksional yo’nalishdagi tahlil keng yoyilgan va bu hol bir qator ijobiy xususiyatlar bilan birgalikda tendensiozlik, biryoqlamalik, matnning badiiy jozibasini e'tibordan qochirish singari salbiy holatlarni ham keltirib chiqaradi.
Funksional yo’nalishda amalga oshirilgan tahlilda tekshirilayotgan asarning ijtimoiy ta'sir kuchiga alohida diqqat qaratiladi. Unda o’rganilayotgan asarning muayyan millat va insoniyat ma'naviyatiga ko’rsatgan ta'siri tekshiriladi. Tahlillanayotgan asarning milliy adabiy jarayonda tutgan o’rni, uning yaratilgan zamondagi odamlar yoki tekshirilayotgan davr kishilari tafakkuriga ta'siri o’rganilishi lozim. Asarda qanday ijtimoiy qonuniyat qaysi obraz orqali ochilganini tekshirishi zarur. Keyingi vaqtda o’zbek adabiyotshunosligida ham Botish estetikasida har doim ustuvor maqomga ega bo’lgan funksional yo’nalishdagi tahlil keng yoyilgan va bu hol bir qator ijobiy xususiyatlar bilan birgalikda tendensiozlik, biryoqlamalik, matnning badiiy jozibasini e'tibordan qochirish singari salbiy holatlarni ham keltirib chiqaradi.