Mavzu: badiiy matnda nisbiy sozlar yordamida boglangan qoshma gaplar


Asosiy qism 1. Nisbiy so‘zlar yordamida bog‘langan ega,to‘ldiruvchi,aniqlovchi va hol ergash gapli qo‘shma gaplarning xususiyatlari



Yüklə 182 Kb.
səhifə2/4
tarix18.08.2023
ölçüsü182 Kb.
#139727
1   2   3   4
BADIIY MATNDA NISBIY SO\'ZLAR VOSITASI BOG\'LANGAN QO\'SHMA GAPLAR

Asosiy qism
1. Nisbiy so‘zlar yordamida bog‘langan ega,to‘ldiruvchi,aniqlovchi va hol ergash gapli qo‘shma gaplarning xususiyatlari
Nisbiy so‘zlar orqali bog‘lanish .Nisbiy so’zlar ham ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi grammatik vositalardan biri bo’lib, u ko’pgina ergash gaplarni bosh gapga bog’lash vazifasini bajaradi. Nisbiy so’zlar fe’lning shart mayli formasi orqali birikadigan ergashgan qo’shma gaplar tarkibida qo’llanadi va bir xil yoki turli xil kelishik qo’shimchalarini olib, bir- biriga moslashadi.
Masalan, Nimani ko‘rsatsalar, shuni keltirdim.(bu gapda nisbiy so’zlar tushum kelishigi qo’shimchasini olgan).
Tarkibida nisbiy so’zlar qo’llangan ergashgan qo’shma gap qismlarining joylashishi ancha qat’iydir. Ularning o’rnini o’zgartirib, ya’ni “bosh gap + ergash gap” holida qo’llash ancha qiyin.
O’zbek tilida nisbiy so’zlar shaxsga, predmetga, o’ringa yoki miqdorga ko’ra munosabatlarni ifodalaydi. Shunga ko’ra ularni quyidagicha guruhlash mumkin.

  1. shaxs bildiruvchi nisbiy so‘zlar:kim - u, qaysi biri - u (o‘sha), har kim - u, qay biri -o ‘shanisi, kimki - u, kimki - uni, kimki - ana u, kimki - uning, kim -o ‘sha, kim -o ‘shaning, kim -o ‘shanga, kim -o ‘shaniki, kim - shunga;

Masalan, Sehrgar iblisni kim qo‘lga tushirsa, o’shanga oltindan haykal qo‘yiladi. (X. To’xtaboyev) Bu zamonda kimning jin chaqasi ko‘p bo‘lsa, odamlar o’shanga og‘adi. (Oybek)

  1. predmet bildiruvchi nisbiy so‘zlar: nimaiki - shuni, nimalar - shuni, nima shu - shu, nima -o‘sha, nimani - shuni, nimani -o‘sha, nimani - shunga, nimaiki -o ‘shanga, nima -o ‘shanga, nima - shuni, nimaga -o‘shanga, qaysi o‘sha;

Masalan, Dugonasi nima degan bo‘lsa, o’sha gaplarni takrorladi. (X. To’xtaboyev) Nimaikikuchimizni tejasa, o’shanga yopishamiz.(Oybek)

  1. o‘rin bildiruvchi nisbiy so‘zlar: qaysi tomonga - shu tomonga, qayoqqa - shu yoqqa, qayerga -o‘sha yerga, qayerda -o ‘sha yerda, qayerda - shu yerda;

Masalan, Qayerda ahillik bo‘lsa, o’sha yerda qut - baraka bo‘ladi. (“Tafakkur gulshani”)Odatda, podshohlar qayerni poytaxt qilsalar, o’sha yer koproq obod bo‘ladi.

  1. belgi - daraja bildiruvchi nisbiy so‘z: qanday - shunday,qanchalik - undan ham, qay darajada - shu darajada, nechog‘lik - shu darajada, qanchalik - shunchalik;

Masalan, Soy qanchalik tez oqsa, u shunchalik sayoz bo ‘ladi. (“Tafakkur gulshani”)
Nisbiy so’zlarning beshinchi turini Professor M. Asqarova o’zining “Hozirgi o’zbek adabiy tili” kitobida o‘lchov - miqdor bildiruvchi nisbiy so‘zlardeb kiritgan bo’lsa, Professor M. Hamrayev o’zining “Hozirgi o’zbek tilidagi ko’rsatish olmoshlarining funksional - semantik xususiyatlari” kitobida payt ma’nosini ifodalovchi deyktik belgi deb kiritgan.
Professor M. Hamrayev “deyktik belgi" deganining sababi, “so’roq - javob” juftligida kelgan olmoshlarning “nisbiy so’zlar" deyilishiga qarshi bo’lgan. Ya’ni, “Bu atama “so’roq - javob” juftligining birinchi komponentiga to’g’ri keladi, ya’ni bu juftlikda qo’llangan so’roq olmoshlari o’zining so’roq ma’nolarini yo’qotib, nisbiylik kasb etadi, lekin javob tariqasida ergashgan qo’shma gapning ikkinchiqismida qo’llanadigan ko’rsatish olmoshlari deyktik (sof ishora) ma’nolarini yo’qotmaydi. Shu sababli bu olmoshlarni “nisbiy so’z” deb atash u qadar to’g’ri emas. Biz bu juftlikni o’zaro munosabatga kirishgan ikkita so’zning (bu o’rinda so’roq va ko’rsatish olmoshlari) korrelyativ juftligi tarzida tushunamiz. Bizning fikrimizcha, bu yerda so’roq olmoshlari ishora qilinayotgan bo’lakni ifodalasa, ko’rsatish olmoshi deyktik belgi rolini bajaradi” - deganlar.

  1. o‘lchov- miqdor bildiruvchi nisbiy so‘zlar: qancha - shuncha, nechta - shuncha;

Masalan, qancha ko’p gapirsa, shuncha zavq olaman.
Bizningcha,o’lchov - miqdor bildiruvchi nisbiy so’zlar belgi - daraja bildiruvchi nisbiy so’zlarga o’xshab ketadi. Shuning uchun bu ikkala guruhni bir guruh qilsak ham bo’laveradi.
Payt ma’ nosiniifodalovchi deyktik belgi5: qay vaqtda - shu vaqtda, qachon -o ‘shanda, qachon - shunda;
Masalan, Qachon gullar ochilsa, o’shanda bahor keladi.
Ko‘rsatish olmoshlari orqali birikish:Boshgap tarkibidagi ko rsatish olmoshining ma’nosini izohlash uchun qo'llangan ergash gaplar bosh gapga - kiyuklamasi yordamidabog'lanadi. Bu yuklamabosh gap kesimi tarkibidakeladi va ergash gap bosh gapdanvergulbilan ajratib yoziladi.
Masalan, Shundayodamlar borki, ular bilan gaplashibbahra olasan. Ba’zanko’rsatish olmoshi ham, -ki yuklamasi ham tushib qolishi mumkin, ammo ularning o'rni gapning mazmunidan bilinib turadi.
Masalan, Menistaymanki, hamma o'z vazifasini vijdonan bajarsin.(Men shuni istaymanki, hamma o'z vazifasini vijdonan bajarsin).
Ko'rsatish olmoshili ergashgan qo'shma gaplarda bosh gap har doim ergash gapdan oldin keladi:
Masalan, Baxtim shuki, seni uchratdim.Shunisi quvonarliki, sinfimiz o'quvchilari bir-biri bilan ahil.
Demak, yuqoridagi qo’shma gaplardan ko’rinib turibdiki, ko’rsatish olmoshlarining o’zi mustaqil holda ergashgan qo’shma gap qismlarini bog’lay olmaydi. Ya’ni ko’rsatish olmoshili ergashgan qo’shma gap bo’lishi uchun, bosh gap kesimi tarkibida har doim -kiyordamchisi bo’lishi lozim.
Ega ergash gap bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan egani yoki ushib qolgan egani izohlagan ergash gapdir. Ega ergash gap bosh gap bilan irgalikda ega ergash gapli qo‘shma gap hisoblanadi .
Masalan, Kim go’lib bo‘lsa, o’sha menga ham suyukli o‘g‘il, ham tirishqoq shogird bo’ladi. (X. To’xtaboyev “Shirin qovunlar mamlakati ”, 77- bet)
Professor M. Asqarova o’zining “Hozirgi zamon o’zbek tilida qo’shma gaplar” kitobida bosh gap tarkibida faqat ko’rsatish olmoshlari qo’llanadi deb fikr bildirganlar. Keyinchalik bu qoidani birmuncha to’ldirib, M. Hamrayev o’zining “Ona tili” kitobida bosh gap tarkibida boshqa olmoshlar ham kelishi mumkin, deb ta’kidlaganlar va yuqoridagi qoidaga to’xtalganlar.Buning isbotini quyidagi misolda ko’rishimiz mumkin, ya’ni bosh gap tarkibidagi nisbiy so’zlarso’roq va belgilash olmoshlari bilan ifodalangan.
Bu qon egasining xulq-atvorida nimaiki qusurlar bo’lsa, bari kuzatilganligi qayd qilingan.(X. ToXtaboyev “Shirin qovunlar mamlakati”, 99- bet)
To’ldiruvchi ergash gap bosh gapdagi ko’rsatish olmoshi bilan ifodalangan to’ldiruvchining yoki qo’llanmagan to’ldiruvchining mazmunini aniqlashtirib, izohlab keladi .To’ldiruvchi ergash gap bosh gap bilan birgalikda to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapni tashkil etadi.
To’ldiruvchi ergash gap bosh gapga ko’pincha nisbiy so’zlar yordamida bog„lanishi bizga ma’lum. Bunday nisbiy so’zlar bosh va ergash gaplarda bir xil kelishikda yoki turli xil kelishiklarda kelishi ham mumkin. To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gaplar tarkibidagi nisbiy so’z juftligi a’zolaribosh va ergash gaplarda turli xil shakllarda kelsa, bunday qo’shma gaplar aralash shakldagi nisbiy so’zlar yordamida bog„langan to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gaplar sanaladi.
Masalan, Hamxonalarim nimani yomon desalar, men bechora hammasiga ishonibman. (X. To’xtaboyev “Shirin qovunlar mamlakati”, 154- bet)
Yuqoridagi gapda to’ldiruvchi ergash gap tarkibidagi nisbiy so’z tushum kelishigidagi so’roq olmoshi bilan, bosh gap tarkibidagi nisbiy so’z esa jo’nalish kelishigidagi belgilash olmoshi bilan ifodalangan.
To’ldiruvchi ergash gap tarkibidagi nisbiy so’z qaratqich kelishigidagi so’roq olmoshi bilan, bosh gap tarkibidagi nisbiy so’zesa tushum kelishigidagi ko’rsatish olmoshi yoki chiqish kelishigidagi kishilik olmoshi bilan ifodalanadi.
Masalan, Odamxo’r dev kimning yuzida vahimani ko’rsa, o’shani yutadi deb o’yladim. (X. To’xtaboyev “Shirin qovunlar mamlakati ”, 55-bet)
Agar kimning tili va yuragi yomon bo’lsa, undan rasvoroq narsa bo’lmaydi. (Ibrohim Jo’ra, “Onamning hikoyalari ”, 6-bet)
To’ldiruvchi ergash gap tarkibidagi nisbiy so’z jo’nalish kelishigidagi so’roq olmoshi bilan, bosh gap tarkibidagi nisbiy so’z esa tushum kelishigidagi ko’rsatish olmoshi bilan ifodalanadi.
Masalan, Tunda Oy ustidagi shirin xayollar kimga hamroh bo’lsa, kunduzi o’shani yorqin orzular peshvoz olardi. (R. Nabiyeva “Farishta Mim sarguzashtlari”, 15-bet)
To’ldiruvchiergash gap tarkibidagi nisbiy so’z so’roqolmoshi + ko’makchi shaklida, bosh gap tarkibidagi nisbiy so’zesa tushum kelishigidagi kishilik olmoshi bilan ifodalanadi.
Masalan, Sohira qalb egalari ertakda kimlar bilan uchrashgan bo „lsalar, ularni albatta topaman. (R. Nabiyeva “Farishta Mim sarguzashtlari”, 30-bet)
To’ldiruvchi ergash gap tarkibidagi nisbiy so’zso’roq olmoshi + ko’makchi shaklida, bosh gap tarkibidagi nisbiy so’zesa jamlikni bildiruvchi belgilash olmoshi bilan ifodalanadi.
Masalan, Tulki kim bilan borgan bo’lsa, hammalariga sarpolar kiydirildi.(“Turk xalq ertaklari” 11 - bet)
Ba’zan to’ldiruvchi ergash gap tarkibida qo’llangan nisbiy so’zbosh kelishikdagi shaxsga ishora qiluvchi so’roq olmoshi bilan, unga javoban bosh gap tarkibidagi nisbiy so’z esa tushumkelishigidagi kishilik olmoshi yoki jo’nalish kelishigidagi ko’rsatish olmoshi bilan ifodalanadi.
Masalan, Ibn Sino, kim shogird bo’lmoqchi bo’lsa, uni oldin sinovdan o’tkazar edi. (3 - sinf, “O’qish kitobi”, 123 - bet)
Kim arz-dodini aytib kelsa, o’ziyam o’shanga qo’shilib yig„layveradi. (X. To’xtaboyev “Shirin qovunlar mamlakati”, 123-bet)
Gapning ma’nosini kuchaytirish yoki shu so’zga diqqatni jalb qilish uchun to’ldiruvchi ergash gap tarkibidagi shaxsga ishora qiluvchi kim so’roq olmoshi kimda-kim shaklida qo’llanadi. Bosh gap tarkibidagi nisbiy so’z esa jo’nalish kelishigidagi ko’rsatish olmoshi bilan ifodalanadi.
Masalan, Kimda - kim mening uchta savolimga javob bersa, o’shanga saltanatimning yarmini beraman. (“Bilimdon ” jurnali, 8-bet)
Bundan tashqari yana gapning mazmunini kuchaytirish uchun to’ldiruvchi ergash gap tarkibida qo’llangan bosh kelishik shaklidagi shaxsga ishora qiluvchi so’roq olmoshi bilan ifodalangan nisbiy so’zga -kiyuklamasi qo’shiladi.Bosh gap tarkibidagi nisbiy so’z esa jo’nalish kelishigi qo’shimchasini olgan kishilik olmoshi bilan ifodalanadi.
Masalan, Kimki kichikligidan shunaqa fazilatlarga ega bo’lsa, ularga birmuncha oson bo’ladi. (3 - sinf, “O’qish kitobi”, 105 - bet)
Ba’zan bunday gaplarda bosh gap tarkibida qo’llangan ko’rsatish olmoshibilan ifodalangan nisbiy so’z tushib qolishi ham mumkin. Ammo uningo’rni gapning mazmunidan sezilib turadi. To’ldiruvchi ergash gap orqali bosh gap tarkibidagi tushib qolgan nisbiy so’zni tiklash mumkin.
Masalan, Kimki meni haqorat qilsa, (o’shani) sudga beraman. (X. To’xtaboyev “Shirin qovunlar mamlakati”, 51-bet)
To’ldiruvchi ergash gap tarkibida qo’llangan nisbiy so’z bosh kelishikdagi gumon olmoshi bilan, bunga javoban bosh gap tarkibidagi nisbiy so’z esa jo’nalish kelishigidagi ko’rsatish olmoshi bilan ifodalanadi.
Masalan, Ko’chaga chiqqanimda kimdir Gu Liga o’xshab ketsa, o’shanga qarab angrayib qolaman. (X. To’xtaboyev “Shirin qovunlar mamlakati”, 115-bet)
Bunday gaplarda ba’zan bosh gap tarkibidagi kishilik olmoshibilan ifodalangan nisbiy so’z a’zosi tushib qolishi ham mumkin. Ammo uningo’rni gapning mazmunidan sezilib turadi.
Masalan, Biror kishi men haqimda gapirsa, oyim (uni)quchoqlab olardi. (R. Nabiyeva “Farishta Mim sarguzashtlari ”, 26-bet)
Ayrim hollarda to’ldiruvchi ergash gap tarkibida qo’llangan nisbiy so’zbosh kelishikdagi miqdorni bildiruvchi so’roq olmoshi bilan, bosh gap tarkibidagi nisbiy so’zesa chiqishhamda tushum kelishiklaridagi jamlikni bildiruvchi belgilash olmoshi bilan ifodalanadi.
Masalan, Bu dunyoda qancha navi bo’lsa, hammasidan ko’kartiribdi desam ishonavering. (X. To’xtaboyev “Shirin qovunlar mamlakati”, 78-bet).
Mahallada qancha bola bo’lsa, hammasini joni-dilidan ortiq ko’rarkan. (X. To’xtaboyev “Shirin qovunlar mamlakati”, 122-bet)
To’ldiruvchi ergash gap tarkibidagi nisbiy so’z bosh kelishikdagi belgi-xususiyatni bildiruvchi so’roq olmoshlari bilan, bosh gap tarkibidagi nisbiy so’z esa tushum kelishigidagi ko’rsatish olmoshlari bilan ifodalanadi. Bunday qo’shma gaplarda ba’zan bosh gap tarkibidagi ko’rsatish olmoshi tushib qolishi ham mumkin.
Masalan, Qo’limga qanaqa atir tushsa, (o’shani) sochimga, kiyimlarimga sepaverdim.(X. To’xtaboyev “Shirin qovunlar mamlakati”, 47-bet)
Ba’zan to’ldiruvchi ergash gap tarkibidagi nisbiy so’z uyushib kelishi ham mumkin. Bunday paytda bosh gap tarkibidagi nisbiy so’zesa jo’nalish kelishigidagi jamlikni bildiruvchi belgilash olmoshi bilan ifodalanadi.
Masalan, O‘g‘lim nima desa ham, nima qilsa ham, hammasiga “barakalla” der edim. (Ibrohim Jo’ra, “Onamning hikoyalari”, 15-bet)
To’ldiruvchi ergash gap tarkibidagi nisbiy so’zbosh kelishikdagi belgi - xususiyat bildiruvchi so’roq olmoshi + son + egalik qo’shimchasi, ya'ni birikmabilan, bosh gap tarkibidagi nisbiy so’z esa tushum kelishigidagi ko’rsatish olmoshi bilanifodalanadi.
Masalan,Qaysi biringizo‘z viloyatingizni yaxshi idora qila olsangiz, o’shani taxt vorisi qilib tayinlayman. (Ibrohim Jo’ra “Onamning hikoyalari”, 26-bet)
To’ldiruvchi ergash gap tarkibidagi nisbiy so’z gumon olmoshi bilan, bosh gap tarkibidagi nisbiy so’z esa qo’shma ko’rsatish olmoshi bilan ifodalanadi.
Masalan, Agar uygabirorta martabali mehmonlar kelsa, ana o’shalarga qo’yning eng yaxshi joylaridan olib kel. (Ibrohim Jo’ra “Onamning hikoyalari”, 6-bet)
Yuqoridagi qoidaga diqqat bilan nazar tashlasak, bir qancha tilshunoslarimiz, jumladan, professor M. Asqarova (“Hozirgi o’zbek adabiy tili”), M. Mirtojiyev (“Hozirgi o’zbek tili”), M. Hamrayev (“Ona tili”), Mengliyev, O’. Xoliqov (“O’zbek tilidan universal qo’llanma”) lar bir xil fikr bildirganlar, ya’ni bosh gap tarkibida faqatgina ko’rsatish olmoshlari keladi deb ta’kidlaganlar. Ammo B. O’rinboyev (“Hozirgi o’zbek adabiy tili”), hamda M. Hamrayev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G'ulomova, Sh. Yo'ldosheva (“Ona tili”)lar esa boshqacharoq fikr bildirganlar: bosh gap tarkibida faqatgina ko’rsatish olmoshlari kelmasdan boshqa olmoshlar ham kelishi mumkin deganlar va qoidani biroz o’zgartirganlar, ya’ni to’ldiruvchi ergash gap bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan to’ldiruvchini izohlab keladi6.
Masalan, Esimni taniganimdan beri xotiramda nima saqlanib qolgan bo’lsa, hammasini bir boshdan so’zlashga tushdim. (X. To’xtaboyev “Shirin qovunlar mamlakati ”, 76-bet)
Yuqoridagi gapda to’ldiruvchi ergash gap tarkibidagi nisbiy so’z so’roq olmoshi bilan, bosh gap tarkibidagi nisbiy so’z esa jamlikni bildiruvchi belgilash olmoshi bilan qo’llangan.
To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap tarkibidagi bosh va ergash gapni bog’lovchi nisbiy so’z a’zolarining ifodalanishiga qarab bunday gaplar quyidagi turlarga bo’linadi:

  1. Vositalito’ldiruvchishaklidagi nisbiy so’zlar yordamida bo’g’langan to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap;

  2. Vositasiz to’ldiruvchi shaklidagi nisbiy so’zlar yordamida bo’g’langan to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap;

  3. Aralash shakldagi nisbiy so’zlar yordamida bo’g’langan to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap;

Ega ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vositalardan biri - bu nisbiy so’zlardir.
Ega ergash gap tarkibidagi nisbiy so’z so’roq olmoshi bilan, bosh gap tarkibidagi nisbiy so’z esa ko’rsatish olmoshi bilan ifodalanadi.
Masalan, Oralaringda kim mard bo’lsa, o’sha maxluq bilan kurashsin:

  • dedi farishta Mim. (R. Nabiyeva “Farishta Mim sarguzashtlari”, 14-bet)

Ayrim hollarda ega ergash gap tarkibida ham, bosh gap tarkibida ham qo’llangan nisbiy so’zlar ko’rsatish olmoshlari bilan ifodalanadi.
Masalan, Donolar kengashib: “Shu qush kimning boshiga qo’nsa, o’sha podsho bo’ladi”, - deyishibdi.(3 -sinf, “O’qish kitobi”, 10 - bet)
Bunday gaplardaega ergash gap tarkibidagi nisbiy so’z so’roq olmoshi + yuklama bilan, bosh gap tarkibidagi kishilik olmoshi bilan ifodalangan nisbiy so’z esa ba’zan qo’llanilmasligi ham mumkin. Lekin uningo’rni gapning mazmunidan sezilib turadi. Ega ergash gap orqali bosh gap tarkibidagi tushirilgan nisbiy so’zni tiklasa bo’ladi.
Masalan,Kimki ilm orqali o’z tanasini yaxshi o’rganmasa, (u)o‘zini-o‘zi nobud qilishi hech gap emas ekan. (X. To’xtaboyev “Shirin qovunlar mamlakati”, 84-bet)
Ega ergash gap tarkibida qo’llangan nisbiy so’z so’roq olmoshi bilan bosh gap tarkibidagi nisbiy so’z esa birikma bilan ifodalanadi.
Masalan,Mikrobini yuqtirgan shaxslar nimadan hazar qilsa, o’sha narsa jonlariga oro kiradi. (X. To’xtaboyev “Shirin qovunlar mamlakati”, 101-bet)
Ayrim hollarda ega ergash gap tarkibida qo’llangan nisbiy so’z miqdorni bildiruvchi so’roq olmoshi bilan, bosh gap tarkibidagi nisbiy so’z esa jamlikni bildiruvchi belgilash olmoshi bilan ifodalanadi.
Masalan, Uyquga ketishdan oldin qancha gapirgan bo’lsangiz, hammasi haqiqat. (X. To’xtaboyev “Shirin qovunlar mamlakati”, 137-bet)
Bunday gaplarda ba’zangapning ma’nosini kuchaytirish maqsadida ega ergashgan tarkibidagi miqdorni bildiruvchi so‘roq olmoshi bilan ifodalangan nisbiy so‘zga-ki yuklamasi qo’shiladi.
Masalan, Ikkiko‘zimo‘rnidanirg‘ibchiqqan, vujudimdanechtakisuyakbo’lsa, hammasisingan. (X. To‘xtaboyev “Shirinqovunlarmamlakati”, 159-bet)
Ergashgapningegasivazifasidaishlatilgankimso’roqolmoshima’nonikuchaytir ishvashuso „ zgadiqqatj albqilinganiniko’ rsatishuchunkimki, kimda- kimshaklida qo’llanadi. Bosh gap tarkibidagi nisbiy so’z esa kishilik yoki ko’rsatish olmoshlari bilan ifodalanadi.
Masalan,Kimki chin yurakdan istaklarini bildirsa, u albatta niyatiga yetadi: -- dedi farishta Mim. (R. Nabiyeva “Farishta Mim sarguzashtlari ”, 26- bet)
Masalan,Kimda-kim begunoh bo’lsa, o’shao’lganda albatta jannatga tushadi. (X. To’xtaboyev “Shirin qovunlar mamlakati”, 78-bet)
Ayrim hollarda ega ergash gap tarkibidagi nisbiy so’zshaxsga ishora qiluvchi so’roq olmoshi bilan, bosh gap tarkibidagi nisbiy so’z esa ko’rsatish olmoshi bilan ifodalanadi.
Aniqlovchi ergash gap bosh gapda aniqlovchi vazifasida kelgan olmoshni izohlaydi.Aniqlovchi ergash gap bosh gap bilan birgalikda aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap deb yuritiladi.
Masalan, Rezinka oftobda kuyganda qanaqa hid chiqarsa, bora-bora atrofni shunday hid qoplab oldi. (X. To’xtaboyev “Shirin qovunlar mamlakati”, 18-bet)
Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap tarkibidagi bosh va ergash gapni bog’lovchi nisbiy so’z a’zolarining ifodalanishiga qarab bunday gaplar quyidagi turlarga bo’linadi:

  1. Sifatlovchi aniqlovchi shaklidagi nisbiy so’zlar yordamida bo’g’langan aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap;

  2. Qaratqich aniqlovchi shaklidagi nisbiy so’zlar yordamida bo’g’langan aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap;

  3. Aralash shakldagi nisbiy so’zlar yordamida bo’g’langan aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap.

Aniqlovchi ergash gap bosh gapga ko’pincha nisbiy so’zlar yordamida bog’lanadi.Bunda nisbiy so’zlar bosh va ergash gaplarda bir xil shaklda yoki turli xil shakllarda kelishi mumkin. Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gaplar tarkibidagi nisbiy so’zlar bir xil kelishik shaklida, ya’ni bosh kelishikdakelsa, bunday qo’shma gaplar sifatlovchi aniqlovchi shaklidagi nisbiy so’zlar yordamida bog’langan aniqlovchi ergash gapli qo’shma gaplar hisoblanadi.
Masalan, Suv zarralaridan qanday orombaxsh hid taralsa, nurlar hamxuddishunday hid ufurayotgandek . (X. To’xtaboyev “Shirin qovunlar mamlakati”, 135-bet)
Yuqoridagi gapda aniqlovchi ergash gap tarkibidagi nisbiy so’z so’roq olmoshi bilan, bosh gap tarkibidagi nisbiy so’z esa yuklama + so’roq olmoshi bilan ifodalangan.
Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gaplarda aniqlovchi ergash gap tarkibidagi nisbiy so’zbelgini bildiruvchi so’roq olmoshi bilan, bunga javoban bosh gap tarkibidagi nisbiy so’z esa ko’rsatish olmoshi bilan ifodalanadi.
Masalan, Qaysi mamlakatning aholisi o’z hayotidan ko’ngli to’q bo’lsa, o’sha mamlakatdan kambag’al-u faqir odamlar chiqmaydi. (Ibrohim Jo’ra,“Onamning hikoyalari ”, 34-bet)
Ba’zan aniqlovchi ergash gap tarkibidagi nisbiy so’z gumon olmoshi bilan, bosh gap tarkibidagi nisbiy so’zesa ko’rsatish olmoshi bilan ifodalanadi.
Masalan,Agar seni kimdir xafa qilsa, men o’sha ablahni qilgan ishi uchun, albatta, pushaymon qildiraman. (M. O’rinboy qizi “Tarbiya kitobi ” I, 5-bet)
Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gaplar tarkibidagi nisbiy so’zjuftligi a’zolari bosh va ergash gaplarda bir xil kelishikda, ya’ni qaratqich kelishigida kelsa, bunday qo’shma gaplar qaratqich aniqlovchi shaklidagi nisbiy so’zlar yordamida bog’langan aniqlovchi ergash gapli qo’shma gaplar hisoblanadi.
Masalan, Kimning omadi kelmasa, o’shaning oldida bitta-yu bitta yo’l qoladi. (X. To’xtaboyev “Shirin qovunlar mamlakati”, 70-bet)
Yuqoridagi gapda aniqlovchi ergash gap tarkibidagi nisbiy so’z so’roq olmoshi bilan, bosh gap tarkibidagi nisbiy so’z esa ko’rsatish olmoshi bilan ifodalangan.
Ayrim hollarda bosh gap tarkibidagi predmetning kimga qarashliligini ifodalagan kishilik olmoshi bilan ifodalangan nisbiy so’ztushib qolishi ham mumkin. Ammo uningo’rni gapning mazmunidan bilinib turadi. Aniqlovchi ergash gap orqali bosh gap tarkibidagi tushib qolgan nisbiy so’zni tiklash mumkin.
Masalan,Agar kimning tili va yuragi go’zal bo’lsa, (uning) butun vujudi ham go’zal bo’ladi. (Ibrohim Jo’ra “Onamning hikoyalari”, 6-bet).
Aniqlovchi ergash gap tarkibidagi nisbiy so’z ba’zan qarashlilik qo’shimchasini olgan so’roq olmoshi bilan ham ifodalanadi. Bunday gaplarda ba’zan bosh gap tarkibidagi kishilik olmoshi bilan ifodalangan nisbiy so’z tushib qolishi ham mumkin.Ammo uningo’rni gapning mazmunidan sezilib turadi.
Masalan, Tana kimniki bo’lsa ham, (uning) qovurg’alarini bir sanab ko’rmoqchi bo’ldim. (X. To’xtaboyev “Shirin qovunlar mamlakati”, 128-bet)
Yuqoridagi gap tarkibidaginisbiy so’zlar bir xil kelishik shaklida, ya’ni qaratqich kelishigi shaklida deb qaraymiz. Chunki qarashlilik qo’shimchasining o’rniga qaratqich kelishigi qo’shimchasini qo’ysak,gapda so’zlarning joylashish tartibi o’zgarsa ham,gapning mazmuni o’zgarmaydi.
Masalan, Kimning tanasi bo’lsa ham, (uning) qovurg’alarini bir sanab ko’rmoqchi bo’ldim. (X. To’xtaboyev “Shirin qovunlar mamlakati”, 128-bet).
Ba’zan gapning ma’nosini kuchaytirish maqsadida aniqlovchi ergash gap tarkibidagi shaxsga ishora qiluvchi so’roq olmoshi bilan ifodalangan nisbiy so’z a’zosiga -kiyuklamasi qo’shiladi.Bosh gap tarkibidagi nisbiy so’z esa ko’rsatish olmoshi bilan ifodalanadi.
Masalan, Kimningki niyati oliyjanob, maqsadi ulug’ bo’lsa, o’shaning yordamchisiman. (X. To’xtaboyev “Shirin qovunlar mamlakati”, 162 - bet)
Bunday gaplarda bosh gap tarkibidagi kishilik olmoshi bilan ifodalangan nisbiy so’z qo’llanmasligi ham mumkin. Lekin uningo’rni gapning mazmunidan sezilib turadi.
Masalan, Kimningki tirikligi birovni xursand qilmagan bo’lsa, (uning) o’limi ham hech kimni xafa qilmaydi. (M. O’rinboy qizi “Tarbiya kitobi” I, 21-bet)
Biz yuqorida aniqlovchi ergash gapli qo’shma gaplar tarkibidagi nisbiy so’zjuftligi a’zolarining bosh va ergash gaplarda bir xil shaklda kelishini ko’rib chiqdik. Endi bu nisbiy so’zlarning bosh va ergash gaplarda turli xil shakllarda kelishini ko’rib chiqamiz.
Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gaplar tarkibidagi nisbiy so’z juftligi a’zolari turli xil shakllarda kelsa, bunday qo’shma gaplar aralash shakldagi nisbiy so’zlar yordamida bog’langan aniqlovchi ergash gapli qo’shma gaplar sanaladi.
Aniqlovchi ergash gap tarkibidagi nisbiy so’z bosh kelishikdagi so’roq olmoshi bilan, bosh gap tarkibidagi nisbiy so’z esa qaratqich kelishigidagi kishilikyoki ko’rsatish olmoshi bilan ifodalanadi.
Masalan,Kim kop uxlasa, uning yuzi shirmonday qip-qizil bo’ladi. (X. To’xtaboyev “Shirin qovunlar mamlakati”, 63-bet)
Uning qo’lidagi uzukni kim taqib odamlar yoniga tashrif buyursa, o’shaning bor ziynati ularga ko’rina boshlaydi. (R. Nabiyeva “Farishta Mim sarguzashtlari ”, 35-bet)
Bundan tashqari aniqlovchi ergash gap tarkibidagi nisbiy so’z qaratqich kelishigidagi so’roq olmoshi bilan, bosh gap tarkibidagi nisbiy so’z esa bosh kelishikdagi ko’rsatish olmoshi bilan ifodalanadi.
Masalan,Kimning qilgan ishi xalqni xursand qilsa, men o’sha odamga saltanatimning yarmini beraman. (“Turk xalq ertaklari” tarjima, 27 - bet)
Bosh gap tarkibida hol vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi yoki bosh gap orqali ifodalangan mazmunning
sababi, maqsadi, o’rni, sharti, payti, holati, miqdor-darajasi kabilarni bildirgan ergash gaplarga hol ergash gap deyiladi.
Hol ergash gaplar holning ma’no turlariga muvofiq o’z ichida quyidagi turlarga bo’linadi:

  1. Payt ergash gapli qo’shma gap;

  2. O’rin ergash gapli qo’shma gap;

  3. Sabab ergash gapli qo’shma gap;

  4. Maqsad ergash gapli qo’shma gap;

  5. Shart ergash gapli qo’shma gap;

  6. Ravish ergash gapli qo’shma gaplar;

  7. Miqdor - daraja ergash gapli qo’shma gap;

  8. To’siqsiz ergash gapli qo’shma gaplar.

Yuqoridagi gaplardan faqat payt, o’rin,miqdor - daraja va ravish ergash gapli qo’shma gap qismlari nisbiy so’zlar yordamida bo’g’lanadi.
O’rin ergash gapli qo’shma gaplarda ergash gap bosh gapdagi ish- harakat yoki voqeaning bajarilish o’rnini bildiradi . O’rin ergash gap bilan bosh gap birgalikda o‘rin ergash gapli qo‘shma gap deyiladi.
Masalan,Qayerda sevgi-muhabbat bo’lsa, o’sha yerda omad va boylik ham bo’ladi. (Ibrohim Jo’ra, “Onamning hikoyalari”, 47-bet).
Payt ergash gap bosh gapdagi voqea-hodisaning yuzaga kelish paytini bildiradi. Payt ergash gap bosh gap tomonidan beriladigan qachon? qachondan beri? qachongacha?kabi so’roqlardan biriga javob bo’ladi .
Masalan, Darvozaqachon taqqillasa, o’shanda ochasan. (“Qrim xalq ertaklari” 21-bet)
Ravish ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning qay tarzda bajarilganligini bildirgan ergash gapdir. Ravish ergash gap bosh gap bilan birga ravish ergash gapli qo‘shma gapni tashkil etadi .
Masalan, Shamolda uyga qanday kelgan bo’lsa, shunday olib ketaman. (X. To’xtaboyev “Shirin qovunlar mamlakati”, 237-bet)
Miqdor-daraja ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning bajarilish miqdor - darajasini bildirgan ergash gapdir. Bu gaplar bosh gap bilan birga miqdor - daraja7, o‘lchov - daraja8 ergash gapli qo‘shma gap deyiladi.
Masalan,Qora kiyimim o’zida qancha ma’noni jo etgan bo’lsa, undagi yaltiroqlar kishi ko’zidan to’kilgan shuncha yoshdir. (R. Nabiyeva “Farishta Mim sarguzashtlari ”, 75-bet)

Yüklə 182 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin