Mavzu: Baholash va kalkulyasiya. Reja


Xarajatlarni guruhlash tamoyillari



Yüklə 25,34 Kb.
səhifə4/8
tarix09.07.2023
ölçüsü25,34 Kb.
#136193
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Baholash va kalkulyasiya. Reja-fayllar.org

5. Xarajatlarni guruhlash tamoyillari.
Ushbu barcha mablag‘lar tannarxi hisoblanayotganda korxonani xo‘jalik barcha jarayonlaridagi – ta’minot, ishlab chiqarish, sotishdagi xarajatlari hisobga olinadi. Ushbu Nizomda barcha xarajatlar qo‘yidagilarga guruhlangan:
1. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar. A) bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar.
B) bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari.
V) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar shu jumladan, ishlab chiqarish xususiyatlariga ega bo‘lgan ustama xarajatlar.
2 Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, ammo asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga olinadigan davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar. A) sotish xarajatlari:
B) boshqarish xarajatlari (ma’muriy sarf-xarajatlar):
V) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar.
3. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning umum xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda va zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy faoliyati bo‘yicha xarajatlari:
  1. foizlar bo‘yicha xarajatlar:


  2. xorijiy valyuta bilan operatsiya bo‘yicha salbiy kurs tafovutlari:


V) kimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholash:


G) moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar:
YUqorida mahsulot tannarxiga kiritiladigan va kiritilmaydigan xarajatlar keltirib o‘tildi.
6. Baholash va kalkulyasiyaning mahsulot tannarxini aniqlashdagi o‘rni.
Kalkulatsiya orqali mahsulot tannarxi aniqlanadi va foyda miqdori aniqlanishi uchun asos hisoblanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, kalkulatsiya, tannarx va xarajat so‘zlari o‘zaro bog‘langandir. SHuning uchun xarajatlar va ularning iqtisodiy mazmuni, guruhlanishi to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish maqsadga muvofiqdir. «Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va uni sotish bilan bog‘liq xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllanish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga asosan xarajatlar ishlab chiqarish va davr xarajatlariga bo‘linadi.
Mahsulot tannarxiga kiritiladigan bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, shuningdek boshqa xarajatlar moddalari mavjud bo‘lib, ular Nizomda keng yoritilgan. Ob’ekt tannarxi kalkulyasiya qilinayotganda uning qay darajada aniq bo‘lishi hisobni tugri yuritilishiga, xarajatlarni tegishli schetlarda aks ettirilishiga bog‘liqdir. Bunga erishish uchun xarajatlar analitik hisobini to‘g‘ri yulga qo‘yish, xarajatlar bilan bog‘liq, xo‘jalikni yaxshi yulga qo‘yish, shuningdek xarajatlar moddalarini guruhlanishini yaxshi o‘zlashtirib olish kerak bo‘ladi.
Maxsulot tannarxining to‘g‘ri aniqlash uchun xarajatlarni davrlar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash kerak bo‘ladi. Bunday holat gazeta va oynomalar uchun korxonalar obunasi davrida, shuningdek, yangi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar sarflangan davrda yuzaga keladi.
Ma’lumki korxonalar obunani yilni oxirgi oylarida amalga oshiradilar, obuna to‘lovlari ham shu oylarda to‘lanadi. Vaxolanki, obuna kelgusi yilning 12 oyi uchun mo‘ljallangandir. SHuning uchun ham obuna to‘lovlarini kelgusi yil 12 oyi uchun taqsimlab chiqish ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga tegishli xarajatlarni qo‘shish maqsadlidir. Agar to‘langan obuna xaqlari shu to‘langan oyda ishlab chiqilgan mahsulotlar tannarxiga birdaniga qo‘shilsa, shu oydagi mahsulotlar tannarxini sun’iy ravishda oshib ketishiga olib kelishi tabiiydir.
Ahamiyat berib qaralsa, obuna xarajatlari kelgusi davrga tegishligiga ishonch xosil qilinadi. SHunga uxshash xarajatlar hisobi uchun «Kelgusi davr xarajatlari» 3100 – schet mo‘ljallangan. Xarajatlar amalga oshirilganda, hisobi «Kelgusi davr xarajatlari» 3100 – schetda yuritiladi. Xarajat mahsulot tannarxiga qo‘shilishi kerak bo‘lgan davrda, kelgusi davr xarajatlari schetidan joriy davr xarajatlari schetiga o‘tkazib boriladi.
Kelgusi davr bilan bog‘liq xarajatlarga yana qo‘yidagi misolni keltirish mumkin. Sanoat ishlab chiqarish korxonasida yoki umumiy ovkatlanish korxonasida yangi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar (xom ashyo, mehnat xaqi va xakozo) joriy davrda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibiga kiritilsa, tannarx noto‘g‘ri hisoblanishiga olib keladi. YAngi mahsulot turi tajriba va turli boshqa tekshiruvlardan o‘tib, uni keng miqyosda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng, kelgusi davr xarajatlari schetiida hisobga olib qo‘yilgan xarajatlar summasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxiga bir necha davr (oylar) davomida taqsimlab boriladi.
Korxonada mavjud bo‘lgan asosiy vositalar jismoniy eskirishi natijasida ta’mirlash ishlarini bajarilishi talab etiladi. Asosiy vositalarni kapital ta’mirlash ishlari ko‘p miqdordagi xarajatlar sarflanishini e’tiborga olsak, ta’mirlash ishlari bajarilgan davrdagi xarajatlarni, ya’ni mahsulot tannarxini birdaniga oshib ketishi kuzatiladi. Mahsulot tannarxini bir davrda birdaniga oshib ketishini oldini olish maqsadida, asosiy vositalar ta’mirlash ishlari yuzasidan zahira hisoblab boriladi.
Zahira hisoblash O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi ruxsati bilan tashkil etiladi. Zahira hisobini yuritish uchun - 8910 «Kelgusi davr to‘lovlari va xarajatlari yuzasidan zahira» passiv scheti mo‘ljallangan. Zahira hisoblanganda ham shu oydagi xarajat (Debet 2010, 2310, 2510, 9400) hamda zahira (KREDIT 8910 ) ko‘payadi. SHunday qilib,, har oyda ma’lum bir miqdorda mahsulot tannarxiga qo‘shib borish natijasida vujudga kelgan zahira hisobidan ta’mirlash ishlari bajariladi. U vaqtda xarajat ko‘paymaydi, balki, zahira summasi kamayadi. Zahiralar ko‘rinishidagi xarajatlarga ishchi va xodimlarni mehnat ta’tili kunlari uchun hisoblanadigan mehnat xaqi xarajatlarini ham misol tariqasida keltirish mumkin.
Ma’lumki, mehnat kodeksiga ko‘ra, ishchi va xodimlar bir yilda bir mehnat ta’tilini olish huquqiga egadir.
Ba’zi bir korxonalarda ishchilar soni ko‘p bo‘ladi, bizga ma’lumki, kupchilik shaxslar mehnat ta’tilini yoz oylarida olishga xarakat qiladi. Agarda mehnat xaqlari mahsulot tannarxiga qo‘shilishini e’tiborga olsak, yoz oyida ishlab chiqilayotgan mahsulot tannarxini sun’iy ravishda birdaniga oshib ketishi ro‘y berishini tushunish mumkin. Sababi mehnat ta’tiliga chiqqan xodimlarga ham, ular o‘rniga mehnat qilayotgan xodimlarga ham mehnat haqi hisoblanishi kerak. Sun’iy ravishda mahsulot tannarxini mehnat ta’tili kunlari uchun hisoblangan xarajatlar hisobiga oshib ketishini oldini olish maqsadida zahira hisoblab boriladi. Zaxira umumiy summasi yig‘ilishi uchun bir miqdorda oyma-oy mahsulot tannarxi oshishi hisobiga zahira hisoblab boriladi.
Mehnat ta’tili uchun ish xaqlari hisoblanayotgan oyda xarajat ko‘paymasdan zahira summasi kamayadi va shu yul bilan mahsulot tannarxini sun’iy ravishda oshishining oldi olinadi.

Yüklə 25,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin