Atrof-muhitni himoya qilishning iqtisodiy tahlili2
Atrof-muhitga ta’siri to‘liq tahlil qilinishi zarur bo‘lgan loyihalar
|
Atrof-muhitga ta’sirini qisman baholash zarur bo‘lgan loyihalar
|
Atrof-muhitga ta’siri baholanishi shart bo‘lmagan loyihalar
|
Platinalar, suv havzalari, o‘rmon bilan bog‘liq loyihalar, katta sanoat qurilishi, irrigatsiya, zax ketkazish ishlari, suv toshqiniga qarshi tadbirlar, yerlarni tozalash, minerallarni qazib olish, portlar qurish, aholini boshqa joyga ko‘chirish, daryo havzasini o‘zgartirish, issiqlik va GESlar va ulardan foydalanish, ximikatlardan foydalanish, zararli chiqindilarni qayta ishlash loyihalari
|
ASM tarmoqlarini, kichik korxonalarni, elektroenergiyani uzatish tizimlari, kichik irrigatsiya obyektlari, qaytadan vujudga keladigan energiyadan foydalanish qurilmalari, qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish, turizm, qishloq aholisini suv bilan ta’minlash, daryo oqimini tartibga solish loyihalari
|
Aholi resurslari loyihalari.
Texnik yordam loyihalari
|
Har qanday loyiha samarali amalga oshirilishi uchun ijtimoiy tahlilning ahamiyati katta. Loyihaning taklif etilayotgan u yoki bu varianti aholining maqsadli guruhi manfaati talablariga javob berishi yoki bermasligini aniqlash ijtimoiy tahlilning vazifasi hisoblanadi.
Ijtimoiy tahlil to‘rt asosiy sohaga e’tibor qaratadi. Bular:
1.Loyihaga ta’sir ko‘rsatadigan aholining ijtimoiy-madaniy, miqdoriy tavsifi va ijtimoiy tuzilmasi bo‘yicha tahlil.
2.Loyiha amal qiladigan hududdagi aholi tomonidan ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllari, shu jumladan oilalar, uy xo‘jaliklari tuzilmasi, ishchi kuchining mavjudliligi, yerga egalik qilish shakllari, resurslardan foydalanish imkoniyati va ulardan foydalanishni tartibga solish masalalari tahlili.
3.Loyihaning mahalliy madaniyat nuqtai nazaridan talabga javob berishi, xususiy loyihaning mavjud ijtimoiy me’yorlarga moslashuvchanligi, kishilarning qarashlarida, o‘z ehtiyojlarini anglashlarida zarur o‘zgarishlar yasashga qobilligi.
4.Loyihadan uni amalga oshiruvchi tashkilot hamda mahalliy aholi manfaatdorligini ta’minlash strategiyasi. Bundan maqsad aholi va tashkilotlarning loyihaning barcha bosqichlarida uzluksiz ishtirokini ta’minlashdir.
Moliyaviy tahlil ham loyiha ustida bajariladigan ishlarning eng muhimlaridan hisoblanadi. Loyihani moliyaviy tahlil qilish bir necha ko‘rinishga ega bo‘lib, loyiha turiga qarab, ikki yoki undan ko‘proq turdagi moliyaviy tahlil amalga oshirilishi mumkin. Moliyaviy tahlil quyidagi turlarni o‘z ichiga oladi:
3-jadval
Dostları ilə paylaş: |