Kuchli fiskal dizbalans valyuta inqirozini keltirib chiqaradi. Ko‗rib o‗tganimizdek, kuchli fiskal dizbalans bank balansining
yomonlashuviga olib keladi, o‗z navbatida yuqorida tasvirlanganidek valyuta
inqirozini yuzaga kelishiga olib keladi. Fiskal dizbalans bevosita valyuta inqirozini
keltirib chiqaradi. Davlat byudjeti defitsiti nazoratdan chiqib ketsa, xorijiy va
maxalliy investorlarda davlat qarzini to‗lash borasida muammolar mavjudligi
to‗g‗risida shubhalanisha boshlaydi. Bu holat xorijiy va mahalliy investorlar
tomonidan mamlakatdan pulni olib chiqib ketish va milliy valyutani sotish jarayoni
boshlanadi. Fiskal holatning nazoratdan tashqarida ekanligini tan olinishi valyutaga
nisbatan spekulyativ hujumni keltirib chiqaradi. Natija valyutaning sinishiga olib
keladi.
Uchinchi bosqich. To„liq moliyaviy inqiroz. Odatda qarzdorlikni milliy valyutada ifodalovchi ko‗plab rivojlangan
iqtisodiyotlarga qaramaqarshi rivojlanayotgan davlatlar ko‗pgina qarzdorlik
shartnomalarini valyuta nomuvofiqligiga olib keluvchi xorijiy valyutada
ifodalashadi. Rivojlanayotgan davlatlardamilliy valyutaning kutilmaganda qadrini
oshishi yoki tushishi (masalan, peso)milliy valyutaga nisbatan hisoblanganda
mahalliy firmalarning qarzdorlik yukini oshiradi. Qiymati dollarda ifodalangan
qarzlarni qaytarishda ko‗p peso talab qilinadi. Ko‗plab firmalar o‗zlari ishlab
chiqargan tovar va xizmatlarini milliy valyutada baholashganligi sababli
firmalarning aktivlari pesoga nisbatan qiymati oshmaydi, balki ularning xorijiy
valyutadagi qarzlari o‗sadi.Milliy valyuta qadrining pasayishi aktivlarga nisbatan
qarzlarning qiymatini oshiradi va firmalarning sof qiymati tushadi. Sof qiymatning
pasayishi ilgari tasvirlangantanlovning qiynlashishiga va psixologik risk
muammosini murakkablashtiradi.
Biz xozir rivojlanayotgan davlatlarda qarz bozorining institutsional tuzilmasi
qanchalik darajada valyutaning devalvatsiyasi bilan o‗zaro ta‘sirga ega bo‗lishi
orqali mamlakatlarni to‗liq masshtabli moliyaviy inqiroz holatiga tushirishini
ko‗rishimiz mumkin. Valyuta qadrining tushishi natijasida yuzaga keladigan
valyuta inqirozi firmalarning balansini yomonlashishiga olib keladi va tanlovning
yomonlashuviga va psixologik risk muammosini kuchaytiradi. Iqtisodchilar teztez
valyuta inqirozi va moliyaviy inqirozni birgalikda ―egizak inqirozlar‖ deb
nomlashadi.
Valyutaning sinishi yuqori inflyasiyani keltirib chiqaradi. Ko‗plab
rivojlanayotgan davlatlarda markaziy banklar rivojlangan davlatlardan farqli
ravishdainflyasiya
xurujiga
nisbatan
mustahkamlikka
ega
emas.Bundan
ko‗rishimiz mumkinki, valyuta inqirozidan so‗ngmilliy valyutaning keskin qadrini
tushib ketishi import tovarlar narxiga yuqori darajada bosimni keltirib chiqaradi.
Haqiqiy va kutilayotgan inflyasiyani keskin ko‗tarilishi bevosita mahalliy foiz
stavkalarning oshishiga olib keladi. Foizli to‗lovlarning oshishi natijasida
firmalarning pul oqimini qisqartiradi. Firmalar o‗zlarining investitsion faoliyatini
moliyalashtirish uchuntashqi moliyalashtirish fondlariga haddan ortiq bog‗liqligi
yuqori darajada assimetrik ma‘lumotlar muammosini keltirib chiqaradi.
Assimetrik ma‘lumotlar tahlili ko‗rsatadiki, tanlovning qiyinlashishi va psixologik
risk muammosi natijasida investitsion va iqtisodiy faoliyat pasayadi.
Bunday shart- sharoitda banklarning bankrotlikka uchrashi bank tizimini
inqiroz holatiga tushiradi. (Buyuk Depressiya davrida AQSHda bo‗lganidek). Bank
inqirozi va kredit bozoridagi inqirozni keltirib chiqaruvchi omillar tanlovning
yomonlashuvi va psixologik risk muammosi, inqirozning salbiy ta‘siri oqibatida
kreditlash va iqtisodiy faoliyatning xonavayron bo‗lganligini anglatadi.
Biz hozir so‘nggi yillarda rivojlanayotgan davlatlarda sodir bo‗lgan ko‗plab
moliyaviy
inqirozlarning
ikkitasini
tahlil
qilamiz.
Dastlab,
moliyaviy
liberallashuv/globallashuv jarayoni noto‗g‗ri boshqarilishi natijasida yuzaga kelgan
birinchi yo‗lni tasvirlovchi 1997-1998 -yillardagi Janubiy Koreyada sodir bo‗lgan
moliyaviy inqirozniko‗rib chiqamiz. Ikkinchidan, kuchli fiskal dizbalansning
ikkinchi yo‗li natijasida yuzaga kelgan 2001-2002- yillardagi Argentinada sodir
bo‗lgan inqirozni tahlil qilamiz.