Natijada xukumat banklarni bankrotlikdan ishonchli tarzda qutqara olmas edi.
Islandiyadan xorijiy kapital qochib ketdi va Island kronasining qiymati 50%gacha
qadrsizlandi.
Valyuta kursini keskin pasayishi natijasida tashqi qarz yuki milliy valyutada
ifodalanganda ikki barobarga ko‗paydi. Natijada Island firmalari va uy xo‗jaliklari
kapitalining katta qismini emirilishi to‗liq masshtabli moliyaviy inqirozni yuzaga
keltirdi. Ishsizlik darajasini uch barobarga oshishi,ish haqini tushishi, xukumatda
katta hajmda byudjeti defitsiti shakllanishi bilan iqtisodiyot kuchli retsessiya
holatiga tushdi. Xorijiy kreditorlar bilan munosabatlar yanada taranglashgan
bo‗lsa, terrorizmga qarshi qonunga muvofiqxattoki island firmalarning aktivlari
muzlatilishi Buyuk Britaniya bilan aloqalarni yanada og‗irlashtirdi. Ko‗pgina
islandiyalik odamlar baliq ovlash va qishloq xo‗jaligi sanoatidagi an‘anaviy
ishlariga qaytishdi. Fuqarolar yomon vaziyatning ham yaxshi tomonlarini topishdi:
island valyutasining qadrini pasayishi islandiyaning mashxur balig‗i, Island pista
ko‗miri va atlantik lososni xorijliklar uchun ancha qulay bo‗lishini ta‘minladi.
Prudensial nazorat 1) yaxshi risk menejment va monitoring tizimi 2) mavjud
muxim risklarni yuzaga keltiradigan faoliyatni cheklash 3) xodimlar tomonidan
o‗g‗irlik va ruxsat etilmagan xarakatlarni oldini olish maqsadida ichki nazoratni
o‗z ichiga oluvchi o‗z o‗rnida to‗g‗ri risk menejment jarayonlarini banklarda
mavjudligi kafolatlash orqali xavfsizroq va sog‗lomroq bank tizimini
qo‗llabquvvatlashga yordam beradi.Janubiy Koreya misolida ko‗rsatganidek,
tartibga solish tizimi tijorat faoliyati bilan shug‗ullanuvchilar tomonidan banklarni
egallab
olinishiga
ruxsat
berilmasligi
lozim.
Tijorat
faoliyati
bilan
shug‗ullanuvchilar banklarni egallab olishsa,Janubiy Koreyadagi chebollar
kabibank kreditlarini o‗z maqsadlarini moliyalashtirish yo‗lida foydalanishadi. Bu
holat yuqori riskli kreditlash faoliyatini kengayishiga, o‗z navbatida bank
inqirozini keltirib chiqaradi.
Prudensial nazorat ishlashi uchun nazoratchilarda o‗zlarining faoliyatini
amalga oshirishlari uchun etarli darajada resurslar bo‗lishi kerak. Rivojlanayotgan
davlatlar iqtisodiyoti uchun bu juda ham jiddiy muammo hisoblanib, prudensial
nazoratchilar juda kam ish haqi olishadi va kompyuter kabi instrumentlar
etishmaydi. Siyosatchilar tomonidan prudensial nazoratchilarga katta bosim
mavjud bo‗lib, siyosiy ulushini olish (yoki to‗g‗ridanto‗g‗ri pora olish)
maqsadidabanklardan ―juda ‖qattiq‖bo‗lmasliklarni talab qilishadi. Mustaqilroq
tartibga soluvchi va nazorat agentligi siyosiy ta‘sirga qarshi turishi, o‗z ishini
bajarishi va bank risklarini kamaytirishi lozim.
Dostları ilə paylaş: