Mavzu. Bank inqirozlari


Ochiqlik va bozor iqtisodiyotiga asoslangan tartibni qo„llabquvvtlash



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/27
tarix23.05.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#120750
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
19- mavzu Банк инқирозлари

Ochiqlik va bozor iqtisodiyotiga asoslangan tartibni qo„llabquvvtlash. 


Davlat sektori prudensial tartibga soluvchilar va nazoratchilar vositasida 
faoliyat ko‗rsatishi orqalimoliviy institutlarning riskka tortilishini nazorat qilish 
bilan xar doim kurashadi. Moliyaviy institutlar o‗zlarining faoliyatidagi cheklovlar 
yuzaga kelishidan qochishadi va risklarni niqoblashda ancha tajribali va moxir 
bo‗lishib, 
har 
doimbank 
nazoratchilaridan 
ma‘lumotlarni 
yashirishga 
intilishadi.SHuningdek, nazoratchilar ham pora olishlari yoki siyosiy bosim 
uyushtirishadi hamda o‗z ishlarini to‗g‗ri bajarmasliklari mumkin. 
Bu muammolarni hal etish uchun moliyaviy bozorlar moliya institutlarini 
ko‗p riskka chalinmasliklari maqsadida tartibga solishga muxtojdir. Xukumat 
tomonidanbanklar va boshqa moliya institutlar balansining holatini ochiqligini 
ta‘minlanishi qo‗llabquvvatlanishi tartibga solinishi lozim.Bundan tashqari 
depozitorlar va kreditorlar past darajada kapitallashuvga ega moliya institutlarga 
pul qo‗yishni xoxlamasliklari sababli xukumat tomonidan moliya institutlarining 
ko‗proq kapitalga ega bo‗lishi rag‗batlantirishi lozim.YUqori darajadagi riskli 
faoliyat bilan shug‗ullanuvchi institutlardandepozitorlar va kreditorlar pullarini 
olib chiqib ketishlari sabablibank faoliyatining ochiqligini qo‗llabquvvatlash bilan 
bog‗liq qoidalar ham riskka uchrashni chegaralaydi.
Valyutalarning nomutanosibligini chegaralash. 
Ko‗rganimizdek, rivojlanayotgan davlatlar moliya tizimi milliy valyuta 
qiymatini pasayishi natijasida juda ham kuchsizlanadi. Ushbu mamlakatlardagi 
firmalarning 
maxsulotlari 
va 
aktivlarining 
narxi 
milliy 
valyutada 
baholanganligigaqaramasdan, tez tez xorijiy valyutada qarz olishadi.Milliy valyuta 
kursining tushishi xorijiy valyutada ifodalangan qarz yukini oshishiga sabab 
bo‗ladi. Chunki ushbu qarzni ancha qimmat xorijiy valyutada qaytarilishiga to‗g‗ri 
kelib, firmalarning balansini yomonlashtirishimoliyaviy inqirozni keltirib 
chiqaradi.Xukumatlar valyutalarning nomutanosibligini huquqiy xujjatlar qabul 
qilish yoki soliqlarni joriy qilish orqali nomoliyaviy firmalar tomonidan xorijiy 
valyutada ifodalangan qarzlar ajratilishini qisqartiradi. Bank faoliyatini tartibga 
solish ham banklar tomonidan xorijiy valyutada qarz olishni kamaytiradi.
Valyuta kursi o‗zgara olishi mumkin bo‗lgansuzuvchi kurs rejimiga o‗tish 
yuqori darajadagi riskli faoliyatni yuzaga kelishi oqibatida xorijiy valyutada qarz 
olishni qisqartiradi. Narx barqarorligini ta‘minlashga yo‗naltirilganmonetar siyosat 
yuqori suratdagiinflyasiya natijasidamilliy valyuta o‗z qiymatini yo‗qotishini 
oldini oladi. Bu holat firmalarning xorijiy valyutaga nisbatan milliy valyutada qarz 
olishlarini rag‗batlantiradi. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin