Davlat sektori prudensial tartibga soluvchilar
va nazoratchilar vositasida
faoliyat ko‗rsatishi orqalimoliviy institutlarning riskka tortilishini nazorat qilish
bilan xar doim kurashadi. Moliyaviy institutlar o‗zlarining faoliyatidagi cheklovlar
yuzaga kelishidan qochishadi va risklarni niqoblashda
ancha tajribali va moxir
bo‗lishib,
har
doimbank
nazoratchilaridan
ma‘lumotlarni
yashirishga
intilishadi.SHuningdek, nazoratchilar ham pora olishlari yoki siyosiy bosim
uyushtirishadi hamda o‗z ishlarini to‗g‗ri bajarmasliklari mumkin.
Bu muammolarni hal etish uchun moliyaviy bozorlar
moliya institutlarini
ko‗p riskka chalinmasliklari maqsadida tartibga solishga muxtojdir. Xukumat
tomonidanbanklar va boshqa moliya institutlar balansining
holatini ochiqligini
ta‘minlanishi qo‗llabquvvatlanishi tartibga solinishi lozim.Bundan tashqari
depozitorlar va kreditorlar past darajada kapitallashuvga
ega moliya institutlarga
pul qo‗yishni xoxlamasliklari sababli xukumat tomonidan moliya institutlarining
ko‗proq kapitalga ega bo‗lishi rag‗batlantirishi lozim.YUqori darajadagi riskli
faoliyat bilan shug‗ullanuvchi institutlardandepozitorlar
va kreditorlar pullarini
olib chiqib ketishlari sabablibank faoliyatining ochiqligini qo‗llabquvvatlash bilan
bog‗liq qoidalar ham riskka uchrashni chegaralaydi.
Valyutalarning nomutanosibligini chegaralash.
Ko‗rganimizdek, rivojlanayotgan davlatlar moliya tizimi milliy valyuta
qiymatini pasayishi natijasida juda ham kuchsizlanadi.
Ushbu mamlakatlardagi
firmalarning
maxsulotlari
va
aktivlarining
narxi
milliy
valyutada
baholanganligigaqaramasdan, tez tez xorijiy valyutada qarz olishadi.Milliy valyuta
kursining tushishi xorijiy valyutada ifodalangan qarz yukini oshishiga sabab
bo‗ladi. Chunki ushbu qarzni ancha qimmat xorijiy valyutada qaytarilishiga to‗g‗ri
kelib, firmalarning balansini yomonlashtirishimoliyaviy
inqirozni keltirib
chiqaradi.Xukumatlar valyutalarning nomutanosibligini huquqiy xujjatlar qabul
qilish yoki soliqlarni joriy qilish orqali nomoliyaviy
firmalar tomonidan xorijiy
valyutada ifodalangan qarzlar ajratilishini qisqartiradi. Bank faoliyatini tartibga
solish ham banklar tomonidan xorijiy valyutada qarz olishni kamaytiradi.
Valyuta kursi o‗zgara olishi mumkin bo‗lgansuzuvchi kurs rejimiga o‗tish
yuqori darajadagi riskli faoliyatni yuzaga kelishi oqibatida
xorijiy valyutada qarz
olishni qisqartiradi. Narx barqarorligini ta‘minlashga yo‗naltirilganmonetar siyosat
yuqori suratdagiinflyasiya natijasidamilliy valyuta o‗z qiymatini yo‗qotishini
oldini oladi. Bu holat firmalarning xorijiy valyutaga nisbatan milliy valyutada qarz
olishlarini rag‗batlantiradi.
Dostları ilə paylaş: