oshirishiga olib keladi. Yomonlashgan tanlov muammosi yanada murakkablashadi.
Jumladan, yuqori foiz stavkalar firmalarning
pul oqimini qisqartirib, ularni
assimetrik muammo chuqurlashgan tashqi kapital bozorlardan fondlarni izlashga
majbur qiladi.Xorijiy mamlakatlarda foiz stavkalarning oshishi ichki foiz
stavkalarning ko‗tarilishiga olib keladi. Natijada
tanlovning yomonlashishi va
psixologik risk muammosini chururlashtiradi
Aktivlar bozori rivojlanayotgan davlatlarda rivojlangan davlatlar singari yirik
bo‗lmaganligi bois, moliyaviy inqiroz sharoitida past o‗ringa egadir. Qimmatli
qog‗ozlar bozorida aktivlarning narxi tushishi, shubhasiz,
firmalarning sof
qiymatini pasaytiradi va tanlovning yomonlashuvi muammosini chuqurlashtiradi.
Firmalarning sof qiymatini tushib ketishi qarz beruvchilar uchun yo‗qotishlar
o‗rnini qoplash uchun ta‘minotning pastligiva yuqori psixologik riskni
muammosini yuzaga keltiradi. Firmalarning egalari inqirozdan oldin shug‗ullangan
riskli faoliyatini cheklashganida ko‗rilishi mumkin bo‗lgan zarar ham kamroq
bo‗lar edi. Aktivlar narxining tushishi bevosita tanlovning yomonlashishi va
psixologik risk muammosini yomonlashtiradi
va aktivlarning xisobdan
chiqarilishibanklarning balansi holatini bilvosita yomonlashishigaolib keladi.
Rivojlangan
davlatlarda
bo‗lgani
kabi
rivojlanayotgan
davlat
iqtisodiytushkunlik holatiga tushib qolgan bo‗lsa yoki yirik firmalar bankrotlikka
uchrasa, odamlarda investitsion loyihalardan oladigan daromadlar to‗g‗risida
shubhalar paydo bo‗ladi. Rivojlanayotgan davlatlarda sezilarli nobarqaror siyosiy
tizimning mavjudligi noaniqliklarning yana bir manbasi hisoblanadi. Noaniqliklar
oshib borsa, qarz beruvchilar uchun yaxshi va yomon kredit riskini ajratib olish va
pul qarz bergan firmalarning faoliyatini monitoring qilish juda qiyinlashadi. Bu
holat yanada tanlovning qiynlashishi va psixologik risk muammosini
chuqurlashishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: