Mavzu: Banklar, ularning turlari va kredit tizimidagi roli


Pul-kredit siyosatining asosiy yo'nalishlari



Yüklə 213,94 Kb.
səhifə4/5
tarix13.04.2023
ölçüsü213,94 Kb.
#97052
1   2   3   4   5
Shaxzod

4. Pul-kredit siyosatining asosiy yo'nalishlari
Markaziy bank 2020 va 2021−2022 yillar uchun pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarini e’lon qildi. 2020 yilda YAIM o‘sish sur’atlari 5,2−5,5 foiz, 2021−2022 yillarda esa 5,5−5,8 foizgachani tashkil etishi prognoz qilinmoqda.
Iqtisodiy rivojlanishning asosiy ssenariysiga ko‘ra 2020 yilda yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmining real o‘sishi 5,2−5,5 foizni tashkil etishi, 2021−2022 yillarda 5,5−5,8 foizgacha tezlashishi prognoz qilinmoqda. O‘zbekiston Markaziy banki e’lon qilgan Inflyatsion targetlashga o‘tish orqali pul-kredit siyosatini amalga oshirishning 2020 yil va 2021−2022 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi bayonotda bu haqda so‘z boradi.
Avvalroq e’lon qilingan «Fuqarolar uchun byudjet» loyihasida 2020 yilda sof YAIM o‘sish sur’atlari 5,5 foiz, 2021−2022 yillarda esa 5,8−6,2 foiz darajasida prognoz qilingan edi.
Markaziy bank 2020 yilda inflyatsion targetlashga o‘tishi haqida ham xabar berilgan edi. Inflyatsiya darajasini 2021 yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023 yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflyatsion maqsadni (target) o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
Tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotga ajratiladigan kreditlar qoldig‘ining o‘sish sur’atlari YAIM nominal hajmini o‘sish sur’atlariga mutanosib ravishda, jumladan, 2020 yilda 20−25 foiz atrofida (valyuta kursi o‘zgarishlarini hisobga olmaganda) bo‘lishi kutilmoqda.
Soliq-byudjet sohasida umumiy fiskal balans taqchilligining ma’lum miqdorda qisqarishi hamda davlat tashqi qarzining belgilangan parametrlar doirasida shakllanishi kutilmoqda. Umumiy fiskal balansning 2020 yilda YAIMga nisbatan 2,7 foizdaн oshmasligi, 2022 yilga qadar bosqichma-bosqich 1,5 foizгача pasayib borishi va kelgusi yillarda ushbu darajada saqlanib qolishi prognoz qilinmoqda.
Qat’iy pul-kredit siyosati yuritilishi va fiskal balans taqchilligining qisqarib borishi sharoitida xususiy va xorijiy investitsiyalar hajmining oshishi iqtisodiy o‘sishning prognoz ko‘r6satkichlariga erishilishiga xizmat qiladi. Shundan kelib chiqib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra kelgusi yillarda to‘lov balansining joriy operatsiyalar hisobvarag‘i manfiy saldosi YAIMga nisbatan 2020 yildagi 7 foizdaн 2022 yilda 5,9 foizгача pasayib boradi. Ushbu taqchillikning asosan tashqi moliyaviy manbalar, xususan, investitsion resurslar hisobidan qoplanib borishi natijasida valyuta almashuv kursiga sezilarli devalvatsion bosimni yuzaga keltirmasligi kutilmoqda.
Asosiy ssenariy bo‘yicha yillik inflyatsiya darajasi 2020 yil oxirida 12−13,5 foiz oralig‘ida bo‘lib, 2021 yilda bir xonali son darajasiga tushadi va 2023 yilda esa asosiy 5 foizlik targetga erishiladi.
Ushbu ssenariyga ko‘ra, tashqi iqtisodiy sharoitlarning joriy tendensiyalari saqlanib qolib, asosiy savdo hamkor davlatlar iqtisodiyotida keskin o‘zgarishlar yuzaga kelmaydi hamda asosiy eksport tovarlari narxlari va transchegaraviy pul o‘tkazmalar o‘sishining ijobiy dinamikasi saqlanib qoladi.
Prognozlarga ko‘ra inflyatsiya bo‘yicha doimiy maqsadli ko‘rsatkichga erishish maqsadida pul-kredit siyosatining qat’iy sharoitlari saqlanib qolinadi va bunda iqtisodiyotda ijobiy real foiz stavkalar ta’minlanadi.
Asosiy yo‘nalishlarda inflyatsion targetga erishish va pul-kredit siyosati instrumentlari, mexanizmlari va jarayonlarini inflyatsion targetlash rejimi standartlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan barcha chora-tadbirlar batafsil yoritilgan. Xususan:
operatsion mexanizmni rivojlantirish sohasida:
asosiy foiz stavkasi va foiz koridori, pul-kredit siyosati operatsion mexanizmining samarali ishlashini ta’minlovchi bozor instrumentlari to‘plami, shu jumladan, kredit va depozit auksionlari, overnayt depozit va kreditlar joriy etiladi hamda zarur hollarda Markaziy bank obligatsiyalari muomalaga chiqariladi;

ichki valyuta bozorini rivojlantirish strategiyasiни ishlab chiqish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bunda tijorat banklarining valyuta kursi shakllanishida market-meyker sifatidagi ro7lini bosqichma-bosqich oshirib borish, valyuta intervensiyalarini o‘tkazishga bo‘lgan yondashuvni takomillashtirish, shuningdek, hosilaviy instrumentlarni (svop, opsion va fyucherslar) joriy etish masalalari inobatga olingan;


imtiyozli kreditlash amaliyotini bozor tamoyillari asosida qayta ko‘rib chiqish orqali kredit bozoridagi segmentatsiya darajasi pasaytirib boriladi;
tahliliy-prognozlash salohiyatini oshirish sohasida:
makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish tizimi (FPAS) va zamonaviy modellashtirish instrumentlari joriy etiladi;
aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining inflyatsion kutilmalari va inflyatsiya omillariни empirik modellar asosida doimiy o‘rganib borish uslublari ishlab chiqiladi.
kommunikatsiya siyosatini takomillashtirish sohasida:
keng jamoatchilik va biznes vakillariga inflyatsiyaning asosiy omillari va pul-kredit siyosati choralarining o‘z vaqtida yetkazilishini ko‘zda tutuvchi kommunikatsiya siyosatiнинг zamonaviy tamoyillari ishlab chiqiladi;
bozor ishtirokchilari bilan muloqot qilishнинг samarali mexanizmlarini tatbiq etish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘nalishlari belgilandi.
Shuningdek, bank tizimini isloh qilish strategiyasi doirasida tijorat banklarini aholi va biznes vakillarining jamg‘armalarini investitsiyalarga aylanishiga, iqtisodiyotda uzoq muddatli pullarning shakllanishiga xizmat qiladigan moliya instutitlariga transformatsiya qilish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi.
Bank tizimida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar ehtimolini kamaytirish maqsadida makroprudensial nazoratning samarali choralari ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.
Inflyatsiyaning nomonetar omillariни pasaytirish maqsadida ularning har biri bo‘yicha chuqur va har tomonlama tahlil amalga oshiriladi hamda ishlab chiqilgan takliflar keyinchalik Hukumatga va tegishli vazirlik va idoralarga kiritib boriladi.
Bundan tashqari, kelgusi yillarda monetar-fiskal va tarkibiy siyosat sohasidagi islohotlarni samarali muvofiqlashtirish bo‘yicha birgalikdagi harakatlarni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘tkaziladigan Markaziy bank boshqaruvi yig‘ilishlari soni bir yilda 4 tadan 8 taga oshirish grafigi tasdiqlandi va boshqaruv yig‘ilishlarini shanbadan payshanba kuniga o‘zgartirildi.
Shu munosabat bilan, 2019 yilning 26 noyabr kuni soat 11−00 da OAV vakillari uchun Markaziy bank va Moliya vazirligi rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani tashkillashtirilmoqda.
Pul-kredit siyosatining 2020 yil va 2021−2022 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari to‘liq matni Markaziy bank veb-saytida joriy yilning 30 noyabriga qadar e’lon qilinadi.


Xulosa
Hozirda iqtisodiyotning muhim sohalarida alohida xizmat ko'rsalayotgan banklar mazkur tarmoqlarni yanada rivojlantirish va undagi mavjud mablag'larni, bor imkoniyatlarni samarali ishga soiish imkonini yaratib beradi va iqtisodiy isiohotlarning jadallik bilan amalga oshishiga xizmat qiladi.
Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilishni chuqurlashtirishga qaratilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va hukumat qarorlari asosida bank tizimini tubdan mustahkamlashga, ularning kredit berish imkoniyatlarini va ustav kapitalini bo'sh mablag'lar jalb qilish hisobidan kengaytirishga, shuningdek, banklaming investitsiya jarayonining asosiy bo'g'ini bo'lgan korxonalar, xususan xususiy tadbirkorlar, kichik va o'rta biznes korxonalarining chinakam hamkoriga aylanishiga, xorijiy banklar bilan hamkorlikning yanada kengaytirifishiga alohida e'tibor qaratildi.
Hоzir ko’pgina davlatlarda pul muоmalasini tartibga sоlishda оchiq bоzоrda оpеratsiyalar o’tkazish usulidan fоydalanilmоqda.
Bu xоzirgi ko’p qo’llaniladigan mоnеtar siyosatning bir usuli hisоblanadi. Bu usul tijоrat banklarining likvidlik darajasiga tеzda ta’sir o’tkaza оladigan egiluvchan (mоslashuvchan), amaliy va оpеrativ usul hisоblanadi. Bu usulni bоshqalaridan farqi shundaki, uni zaruriyatga qarab va hоhlagan miqdоrda o’tkazish mumkin. Bu mеxanizm bоzоrni rivоjlanish tеndеntsiyasiga qarab pul muоmalasini barqarоrlashtira оlishi mumkin.
Xulоsa qilib aytish mumkinki, krеditning оbyеktiv zarurligi takrоr ishlab chiqarish jarayonida fоndlarning dоiraviy aylanishi qоnuniyatlariga asоslangandir.
Xulosa oʼrnida shuni aytishimiz mumkinki, mamlakatimizda resurs bazasi mustahkam boʼlgan, ishonchli va kafolatli boʼlgan tijorat banklari tizimi yaratilgan boʼlib, ular faoliyatining yanada rivojlanishi koʼrsatilayotgan xizmatlar sifati va qulayligiga har tomonlama bogʼliq boʼladi.



Yüklə 213,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin