2. O'zbekiston banklarining rivojlanish yo'llari va islohotlari Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bank tizimida xizmatlar ko‘rsatishning bozor mexanizmlari joriy etilmoqda, ularning turlari kengaytirilmoqda, tadbirkorlar va aholi uchun moliyaviy ochiqlik oshib bormoqda. Aholi uchun valyuta ayirboshlash amaliyotlarini amalga oshirishni yengillashtiruvchi yangi bank xizmatlari joriy etildi, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish uchun imkoniyatlar yaratildi. Shu bilan birga, bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga, ayniqsa, hududlarda rioya etish hamda moliyaviy ochiqlikni kengaytirish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish madaniyati va bank tizimiga bo‘lgan ishonchni yanada oshirishda bir qator muammo va kamchiliklar kuzatilmoqda. Xususan:birinchidan, kreditlarni ajratish bo‘yicha qarorlar qabul qilishda vakolatlarning haddan tashqari markazlashganligi bosh banklar va ularning filiallari o‘rtasidagi javobgarlikning aniq chegaralanishiga to‘sqinlik qilmoqda; ikkinchidan, kredit buyurtmalarini ko‘rib chiqishning murakkablashgan mexanizmlari kreditlarni tezkor olish imkoniyatini chegaralamoqda; uchinchidan, tijorat banklari tomonidan mikroqarzlar ajratilishi imkoniyatining mavjud emasligi mikroqarzlar olish darajasini oshirish imkonini bermayapti, mikrokredit tashkilotlar va lombardlarning xizmatlari bo‘yicha yuqori foiz stavkalari aksariyat holatlarda iste’molchilarning moliyaviy holati yomonlashishiga olib kelmoqda; to‘rtinchidan, chakana bank xizmatlari bozorining past darajada rivojlanganligi va mijozlar bilan hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishning zamonaviy yondashuvlari mavjud emasligi ortiqcha byurokratiya va sansalorlik uchun zamin yaratmoqda; beshinchidan, bank kartalari asosida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish bo‘yicha davlat protsessing tashkilotining mavjud emasligi chakana to‘lov tizimlarining xavfsizlik, uzluksizlik va ishonchlilik darajasiga ta’sir ko‘rsatmoqda hamda aholining keng qatlamlari uchun ochiq bo‘lgan innovatsion loyihalarni amalga oshirishda zamonaviy texnologik yechimlarni ilgari surishga to‘sqinlik qilmoqda;2 oltinchidan, kreditlarni (mikroqarzlarni) ko‘rib chiqish va ajratish uchun xizmat haqi hamda boshqa to‘lovlarning undirilishi qarzning real qiymati oshishiga olib kelmoqda;
yettinchidan, shartnomalarga xizmatlar tariflarini, ajratilgan kreditlar va jalb qilingan depozitlar bo‘yicha foizlarni bir tomonlama o‘zgartirish huquqini nazarda tutuvchi shartlarning kiritilishi, shuningdek, bir xizmatning qo‘shimcha xizmatdan foydalanish sharti bilan ko‘rsatilishi bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini buzmoqda;
sakkizinchidan, bank to‘lov kartalaridan chet el valyutasini echish bo‘yicha cheklovlarning mavjudligi va bankomatlar sonining yetarli emasligi valyuta ayirboshlash amaliyotlarini bajarishda talab darajasida xizmat ko‘rsatish imkonini bermayapti.
Mazkur muammolarni bartaraf etish, bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilishni ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish va innovatsion rivojlanishning tendensiyalarini inobatga olgan holda moliyaviy ochiqlik darajasini oshirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
1. Bank xizmatlari ommabopligining oshirilishini va bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarining himoya qilinishini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy vazifalaridan biri ekanligi belgilab qo‘yilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tuzilmasida bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash, moliyaviy ochiqlikni hamda aholi va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish asosiy vazifalari bo‘lgan Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish vazifalarini bajarishda:
bank tizimida tizimli kamchiliklar va bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari buzilishlarini aniqlashga, shuningdek, ularning oldini olishga;
bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan kredit tashkilotlariga nisbatan javobgarlik choralari ko‘rilishini ta’minlashga;
bank xizmatlari iste’molchilarining buzilgan huquqlarini tiklashda maslahat berish va ko‘maklashishga;
moliyaviy ochiqlik darajasini oshirishga va bank xizmatlari iste’molchilarining savodxonligini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, 2018-yil 1-iyuldan tijorat banklari:
dastlabki ruxsatlarsiz va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mijozlarga bevosita xizmat ko‘rsatish hududiga to‘sqinliksiz kirish;
mijozlarni dastlabki qabul qilish ma’muriyat xodimlaridan ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari to‘g‘risida dastlabki maslahatlarni olish;
kredit (mikroqarz) berish to‘g‘risida qaror qabul qilishning bosqichma-bosqich jarayonini va kredit (mikroqarz) berish to‘g‘risida xabardor qilish yoki uni berishni asoslantirilgan holda rad etish tartibini ko‘rsatgan holda kredit buyurtmalarini shaffoflik asosida ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘rib chiqish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
4. Kredit tashkilotlariga:
mikroqarz shartnomalari, shuningdek, lombardlar tomonidan tuzilgan kredit shartnomalari bo‘yicha yillik qarz summasining yarmidan ko‘p miqdorida foizlar hisoblash, komissiya va neustoyka (shtraf, penya) undirish, javobgarlikning boshqa choralarini qo‘llash;
kredit buyurtmalarini ko‘rib chiqish, ssuda hisob raqamlariga xizmat ko‘rsatish, kreditlar ajratish uchun to‘lovlar, shuningdek, jismoniy shaxslar va kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan kreditlar (mikroqarzlar)ni muddatidan ilgari uzilganligi uchun neustoyka undirish taqiqlanadi.
5. Tijorat banklariga:
bank faoliyatining ilg‘or xalqaro tajribasini o‘rganish hamda bank xizmatlari va mahsulotlarining yangi turlarini joriy etish;
banklar filiallari va mini-banklar qoplanishini hamda bank xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarni hisobga olgan holda banklar filiallari va mini-banklari tarmog‘ini kengaytirish;
filiallarning kredit ajratishda bosh banklar bilan qo‘shimcha kelishuvsiz mustaqil qarorlar qabul qilish bo‘yicha huquqlarini kengaytirish tavsiya etilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda:
jamg‘arib boriladigan pensiya tizimidagi fuqarolar uchun hisoblangan mablag‘lar;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga fuqarolarning hisoblangan sug‘urta badallari;
soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisoblangan qarzdorliklari;
identifikatsiyalash uchun jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlari;
jismoniy shaxslarning mulki va boshqa olgan daromadlari;
yuridik shaxslarning moliyaviy holati to‘g‘risidagi axborotlarni olish imkonini beruvchi davlat organlari va kredit byurosi o‘rtasida ma’lumotlarni qayta ishlash va elektron almashish Yagona idoralararo axborot tizimini yaratish.
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tijorat banklariga filiallar, mini-banklar va avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalarini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalarini belgilangan tartibda ajratishda ko‘maklashsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi va tijorat banklari tomonidan ishlab chiqilgan bankomatlar tarmog‘ini qo‘shimcha tarzda kengaytirishning 2018-yilga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari 1-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
33. Krеdit tizimi haqida tushuncha va uning tarkibiy qismi Sudxo'rlik krediti ibtidoiy tuzilmaning yo'qolib (tarqab) ketishi, ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilikning paydo bo'lishi hamda jamiyatda mulk differensiyatsiyasi natijasida tovar~pul munosabatlarining rivojlanishi davrida vujudga kelmasdir.
Sudxo'rlik krediti yer garovi asosida natura va pul shaklida berilgan. Bunday kreditlarning xususiyatlari quyidagilarda aks etadi:
- qarzdorlar sifatida savdo-sanoat Jshlab chiqaruvchi shaxslar ishtirok etganlar;
- qarz mablag'laridan kapilal sifatida, ya'ni, qo'shimcha qiymat olish vositasi sifatida foydalanilgan;
-ssuda foizi manbasi yollanma ishchilarning haq to'lanmagan mehnati qiymatidan iborat bo'lgan.
Tijorat krediti. Tijorat krediti, bu — faoliyat ko'rsatuvchilar tomonidan birbirlariga o'zaro to'lovni kechiktirish sharti bilan tovar shaklida beriladigan kreditdir. Tijorat kreditining obyekti - tovar kapitali hisoblanadi.
- faoliyat ko'rsatuvchilarning zahira kapitallari hajmi bilan cheklanganligi, ya'ni, unga hozirgi davrda oborot (muomala) uchun zarur bo'lmagan kapital bilan cheklanganligi;
- yo'nalishiga ko'ra, ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi tarmoqlar kreditni ishlab chiqarish vositalarini iste'mol qiluvchilarga berishi mumkin, ammo teskarisi bo'lishi mumkin emas.
Bank krediti - pul egalari, banklar va boshqa kredit institutlari tomonidan ishlab chiqaruvchitarga hamda boshqa qarz oluvchilarga pul shaklida beriladigan ssudalardir.
Bank kreditining obyekti pul kapitalidir.
Bank kreditida ishlab chiqaruvchi shaxslar (faoliyat ko'rsatuvchilar) faqat qarz oluvchi sifatida ishtirok etadilar, kreditorlar esa ssuda kapitali egalari bo'Iadi.
Iste'mol krediti - asosan tovarlarni sotish jarayonida ularaing to'lovini kechiktirib to'lash huquqi berilishidir. Shu bilan birga iste'mol krediti banklar yoki maxsus kredit institutlari tomonidan iste'mol tovarlarini sotib olish va xizmat haqlarini to'lash hollarida beriladi.
Uning obyekti - uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar va xizmatlardir. Iste'mol krediti tovar va pul shaklida namoyon bo'lishi mumkin. Iste'mol krediti foizi o'zining yuqori darajada ekanligi bilan ajralib turadi va milliy daromadni qayta taqsimlashning ikkilamchi shakli sifatida aholi daromadlari hisobidan to'lanadi.
Davlat krediti va xususiy kredit. Davlat kreditida qarz oluvchi yoki kreditor sifatiga davlat ishtirok etadi. Davlat krediti davlat zayomlari shaktida, kaznachey (g'azna) majburiyatlarini chiqarish orqali, jamg'arma tashkilotlari jamg'armalari qoldiqlarini davlat qimmatbaho qog'o/lariga joylashtirish orqali amalga oshiriladi.
Davlat krediti mablag'lari ishlab chiqarish kapitalini takror ishlab chiqarishda ishtirok etmaydi, ya'ni, u moddiy qiymatliklar ishlab chiqarishda qatnashmaydi, faqat byudjet defitsitini qoplash maqsadida foydalaniladi.
Xususiy kredit davlat kreditidan tamomila farq qiladi. Chunk! xususiy kreditda kreditor va qarz oluvchilar sifatida xususiy yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etadilar.
Xalqaro kredit. Bu kreditning paydo bo'lishiga xo'jalik hayotining baynalminallashuvi va xalqaro davlat shakllarining vujudga kelishi obyektiv asos bo'ladi.
Xalqaro kredit - bu ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi harakatidir. Bunda bir davlat banklari, yuridik shaxslari tomonidan boshqa davlat hukumatiga, banklariga yoki boshqa yuridik shaxslariga kreditlar beriladi.
Xalqaro kredit quyidagi belgilari bilan ajralib turadi: -kreditorlar va qarz oluvchilar — xususiy yuridik shaxslar (banklar, kompaniyalar va firmalar), davlat tashkilotlari va xalqaro valyuta krediti institutlari bo'lishi mumkin;
-qarz mablag'lari qarz oluvchi mamlakatda foiz keitiruvchi kapital sifatida ishlatiladi;
-ssuda foizi manbasi qarzdor mamlakatdagi yollanma ishchilar mehnati hisoblanadi.
Xalqaro bank krediti - bir mamlakat tomonidan boshqa bir mamlakatga (davlatga4, yuridik va jismoniy shaxslarga) qisqa va o'rta uzoq muddatga vaqtinchalik foydalanishga beriladigan kredit shaklidar.
Bank kreditlari qarz oluvchifar tomonidan xohlagan maqsadlarga ishlatilishi mumkin. Kredit munosabatlari iqtisodiyotda mavjud aniq usiubiy asoslarga tayanadiUning asosiy elementlari bo'lgan ssuda kapitali bozori operatsiyalari ma'Ium tamoyillar asostda olib boriladi. Bular kreditning qaytarib berilishligi, muddatlifigi, taminlanganligi, maqsadliligi va to'lanishligi tamoyillaridir.
Kreditning qaytarib berilishligi tamoyili. Bu tamoyil kreditning mustaqi iqtisodiy kategoriya ekanligi shartidir, qaytib berilishlik kreditning umumiy belgisi hisoblanadi.
Qaytib berilishlik o'z-o'zidan vujudga kelmaydi: u moddiy jarayonlarga, qiymat aylanishining lugashiga asoslanadi. Ammo doiraviy aylanishning tugashi - bu hali qaytarib berish emas, faqat qaytarib berish uchun zamin tayyorlashdir.
Uchun foiz shaklidagi to'lovi ham qo'shib qaytarilishini ifodalaydi. Ssuda foizining stavkasi ssuda kapitalidan olingan yillik daromad summasining berilgan kredit summasiga nisbati bilan am'qlanib, kredit mablag'lari bahosi sifatida namoyon bo'ladi.
Kreditning maqsadliligi. Bu tamoyilning mohiyati shundaki, qarz oluvchi tomonidan olingan kreditlar aniq bir maqsadni amalga oshirishga yo'naltirilgan bo'lishi zarur.
Bunda kredit muayyan, aniq obyektga: ishlab chiqarish xarajatlariga, ishlab chiqarish zahiralariga, tayyor mahsulotga, jo'natilgan tovarlarga, hisob-kitob hujjatlariga va hokazolarga beriladi.
2-chizma
Shunday qilib, banklar tomonidan beriladigan kreditlarning asosiy tamoyillarini quyidagi sxemada ko'rsatish mumkin.
Ssuda kapitali o'ziga xos tovar sifatida gavdalanar ekan, u holda
undan foydalanishda to'lanadigan foiz kapital "baho"si bo'lib ishtirok etadi. Ammo bu o'ziga xos baho tovarning pul shaklidagi qiymatini aks ettirmaydi, balki kapitalning tovar shaklidagi iste'mol qiymatini- foyda keltirish qobiliyatini aks ettiradi. Foiz normasi - ssuda kapitaliga olinadigan yillik daromadning qarzga (ssudaga) berilgan kapital summasiga nisbatidir. Masalan, 100 ming so'mlik kapital ssudaga berilgan bo'lsa, yillik foiz daromadi 4 ming so'mga teng bo'lsa, u holda foiz normasi 4 foizga teng bo'ladi.
Kreditning tamoyillari Qaytib berilishlik Muddatlilik Ta’minlanga nlik maqsadlilik To’lashlilik samaradorlik
Kreditning funitsiyasi - bu icreditning iqtisodiyotdagi faoliyati muayyan ravishda namoyonbo'Iishidir.
Kreditni tahlii qilishda uning funKsiyasi mohiyati va roli o'rtasidagi oraliq bo'g'in sifatida Ko'rib chiqiladi.
Kredit tomonidan bajariladigan funksiyalar turii adabiyotlarda turlicha beriladi. Ko'pgina adabiyotlarda kreditning 4 ta funksiyasi ko'rsatilgan va asoslangan bo'lib, ular quyidagilardir:
- kapitallarni qayta taqsimlash va foyda normasini tekislash (tengiashtirish);
-muomala xarajatlarini tejash;
- kapitalning markazlashuvi;
- kapitalning yig'ilishi va jamg'arish funksiyasi.
Kreditning bu funksiy5alari haqida olimlar o'rtasida yagona fiKr yo'q.
Kredit qayta ishlab chiqarish jarayonining barcha tarmoqlariga - ishlat chiqarish, taqsimlash, muomala va iste'molga xizmat Ko'rsatadi.
Qayta ishlab chiqarish jarayoni bilan bog'liq holda Kredit, ishlat chiqarish, taqsimlash yoki iste'mol jarayonida Kechadigan funKsiyalardar farqli o'laroq, qayta taqsimlash funksiyasini bajaradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ssuda Kapitali bozori vaqtincha bo'sh turgai moliyaviy resurslarni bir faoliyat jabhasidan boshqasiga yo'naltirisl funKsiyasini bajaradi.