3.Mamlakat iqtisodiyotida banklarning rolini aniqlash
4.Banklardagi muammolarni aniqlash va misollar keltirish: iste’molchi, ishchi kuchi, biznes-sektor, va davlat
5.Bank resurslarining mazmuni va turkumlanishi
Moliyaviy vositachilik turlari
Moliyaviy vositachilar - jismoniy va yuridik shaxslarning vaqtincha bo'sh pul mablag'lar bilan pul mablag'lariga muhtoj bo'lgan shaxslar bilan o'zaro hamkorligini tashkil etishga ixtisoslashgan tashkilotlar.
Moliyaviy vositachilar 3 guruhga bo’linadi:
Kredit va depozit tipidagi moliyaviy institutlar;
shartnomaviy jamg'arma institutlari;
investitsiya fondlari;
Kredit va depozit tipidagi moliyaviy institutlar;
Kredit va depozit tipidagi moliyaviy institutlariga tijorat banklari, jamg'arma va kredit uyushmalari, o'zaro jamg'arma kassalari, pochta jamg'armalari, bank bo'lmagan kredit tashkilotlari, mikromoliya tashkilotlari, qurilish jamiyatlari. Ular o'z mijozlarining likvidligini boshqaradilar, pul o'tkazmalarini tashkil qiladilar, depozitlar uchun mablag 'yig'adilar va tranzaksion xarajatlar va tavakkalchiliklarni minimallashtirib, turli xil kredit mahsulotlarini taqdim etadilar.
Shartnomaviy jamg'arma institutlari
Shartnomaviy jamg'arma institutlari - sug'urta kompaniyalari va pensiya jamg'armalari. Ular o'z mijozlari bilan tuzilgan shartnomalar bo'yicha badal shaklida mablag 'yig'adilar.
Investitsiya fondlari
Investitsiya fondlari – o’z mijozlariga bo'sh mablag'larni yuqori rentabelli moliyaviy instrumentlarga joylashtirishda yordam beradigan muassasadir. Bularga moliyaviy kompaniyalar, pay ivestitsiya fondlari, xedj -fondlar, ipoteka banklari va kredit brokerlari kiradi.
Shuningdek, moliya bozorida yuqoridagilardan farqli ravishda xizmat ko'rsatadigan, lekin bo'sh pul mablag'larini investitsiyalarga aylantirishga hissa qo'shadigan bir qator institutlar faoliyat ko'rsatmoqda. Bularga qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilari (brokerlar, dilerlar, depozitariylar, ishonchli vakillar va boshqalar), faktoring va forfeyting kompaniyalari, lizing kompaniyalari, fond va valyuta birjalari kiradi.

Milliy moliya bozorlarida u yoki bu turdagi moliyaviy vositachilarning keng tarqalishi ular bo'yicha o'tkaziladigan bitimlarning o'ziga xos xususiyatlarini belgilaydi. Shunday qilib, AQSh, Kanada, Yaponiya moliya bozori qimmatli qog'ozlar bozorining ustun rivojlanishi va sarmoyaviy jozibadorlikning yuqori darajasi bilan ajralib turadi, Germaniya, Shvetsariya va Xitoy moliya bozorida bank vositachiligi ustunlik qiladi.