O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
ORALIQ NAZORAT-2 MAVZU:BANKLARNING FOIZLI DAROMADLARI VA ULARNING HISOBI
Bajardi:HBA-81i guruh talabasi Xatamova Mohinur Tekshirdi:Ernazarov N
Toshkent-2023
Tijorat banklarida daromadlarni hisobga olish uchun "O'zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi"da keltirilgan bir qancha hisobvaraqlardan foydalaniladi (№3336.2021-yil, 4-bo’lim 40000). Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank operatsiyalarini hisobga olish bo'yicha chiqarilgan meyoriy hujjatlar asosida ish olib boriladi.
Tijorat banklari yuqoridagi talablardan kelib chiqqan holda o’z ishchi hisobvaraqlari rejasini ishlab chiqadi va shu asosida o'zlarida amalga oshirilayotgan operatsiyalar bo'yicha olinayotgan har bir daromad va qilinayotgan xarajat moddasiga shaxsiy hisobvaraqlar ochadi, zarur bo'lganda, qo'shimcha jurnal hisobi va reestrl ar yuritilishi mumkin.
Hisobvaraqlar rejasidagi "Daromadlar" bo’limidagi hisobvaraqlar bank ichki hisobvaraqlari hisoblanadi.Shuning uchun tijorat banklari Markaziy bank talablari va ichki hisob siyosatidan kelib chiqqan holda ushbu hisobvaraqlarda analitik hisobni qanday yuritishni o'zlari belgilaydilar.
Bank daromadlarining analitik hisobi bank faoliyatini boshqarish va soliqqa tortish tartibini hisobga olgan holda tashki l etiladi.
Barcha xo'jalik subyektlari qatori tijorat banklarida ham m oliyaviy natijalar shakllanish jarayonining boshlang'ich bo'g'ini daromaddir.Shu nuqtai nazardan daromadning tarkibi va shakllanish tartibi uni hisobga olish va soliqqa tortish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Daromadning tarkibi va shakllanish tartibi tarmoq xususiyatiga ko'ra turli xil xo'jal ik subyektlari, shu jumladan, tijorat banklarida o'ziga xosdir.
Tijorat banklarida daromadlarni hisobga olish birlamchi buxgalteriya hujjatlarida boshlanadi. Bunda ularni hisobga olish jarayoni ularni tan olishdan boshlanishini biz yuqorida ko'rdik. Daromadlar tan olingandan keyin ular undiriladi yoki undirilmay qoladi. Undirilmay qolgan daromad bankka ikki marta zarar olib keladi, sababi qilingan xarajat qoplanmay qolinadi va olinmagan mablag' ga nisbatan soliq to'lanadi. Shu sababli ham bank daromadlari, xarajatlari va foydasi hisobini to'g'ri tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Tijorat banklarining yangi qabul qilingan buxgalteriya hisobvaraqlari rejasini qarab chiqadigan bo'lsak, bu yerda daromadlar quyidagicha tasniflanadi:
1.Foizli daromadlar.
2.Foizsiz daromadlar.
Bankning foizli daromadlariga quyidagilar kiradi:
-kreditlar bo’yicha olingan daromadlar;
-O’zR MB va boshqa banklardagi hisobvaraqlar bo’yicha foizli daromad;
-olish va sotishga mo’ljallangan qimmatli qog’ozlar bo’yicha foizli daromad-savdo qog’ozlari;
-olish va sotishga mo’ljallangan qimmatli qog’ozlar bo’yicha foizli daromad-nosavdo qog’ozlari;
-sotish uchun mavjud bo’lgan investitsiyalar bo’yicha foizli daromad;
-so’ndirilguncha ushlab turiladigan investitsiyalar bo’yicha foizli daromad;
-teskari REPO bitimi bo’yicha foizli daromad;
-moliyaviy ijara bo’yicha foizli daromad;
-boshqa foizli daromad.
Bank daromadlarini hisobga olishni har bir bank operatsiyasi bo'yicha alohida ko'rib chiqsak.
Avvalo, yuqori daromad keltiruvchi kredit va investitsiya operatsiyalarida daromadlarni hisobga olish tartibini tadqiq qilish maqsadga muvofiq.
Kreditlar bo'yicha daromadlar asosan, foiz va komission haq ko'rinishida bo’ladi. Kredit bo'yicha olinadigan daromadlar mijoz bilan tuzilgan kredit shartnomasiga asosan belgilangan rnuddatlarda olinadi .
Kredit bo'yicha foizlar odatda har kuni yillik bazaviy davr - 365 kundan kelib chiqqan holda hisoblab yoziladi.Shuningdek kreditlarning muayyan turlari bo’yicha 360 kun bazaviy davr qilib belgilangan. Kredit bo'yicha foizlar quyidagi formulaga binoan hisoblanadi:
Foizsummasi=(Kreditqoldig'ixfoizstavkasixamaldagikunlarsoni)/365*100 Shu o'rinda, bazaviy davr barcha kreditlar uchun 365 kun qilib belgilansa, maqsadga muvofiq bo'lardi. Sababi, foizlar har kuni hisoblanadi, shu sababli jalb qilingan mablag'larga to'lanayotgan foizlar va ushbu mablag'lami joylashtirish bo'yicha olinadigan foizlar sunmasi o’rtasida nomutanosiblik yuzaga k elishi mumkin.
Kreditlar bo'yicha foizlarni hisob-kitob qilishda asosiy e'tiborni mijoz bilan tuzilgan kredit shartnomasiga qaratish lozim. Unga ko'ra, kreditning haqiqatda foydanilgan kunlardagi qoldiq summasi bo'yicha foizlar hisoblanishi va undirilishi kerak.
Bankda kredit bo'yicha hisoblangan foizlar quyidagi buxgalteriya o'tkazmasi bilan aks ettiriladi:
Dt-16309 "Kreditlar bo'yicha olish uchun hisoblangan foizlar"-15.000.000;
Kt-41400-44700 "Kreditlar bo'yicha foizli daromadlar" - 15.000.000 .
Kredit bo’yicha foiz summasi kelib tushganda, to’lov turiga qarab quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi bilan aks ettiriladi:
Dt-10101-"Aylanma kassadagi naqd pullar" yoki bankning vakillik hisobvarag’i yoki mijozning hisobvarag’i - 15 000 000.
Kt-16309-"Kredit bo’yicha olish uchun hisoblangan foizlar"-15000000
Hozirgi kunda bank amaliyotida kredit foizi bilan birga kredit berish bo'yicha komission haqlar ham foizli daromadlar tarkibiga kiritilmoqda. Ya'ni bank kredit berish majburiyatini olganda mijoz unga komission haq to'laydi. Bu to'lov kreditning amal qilish muddati davomida taqsimlanadi.
Kredit berish yuzasidan olinayotgan komission haq bankning quyidagi ko'rinishdagi xarajatlarini qoplaydi: mijozning kreditga layoqatliligi va investitsion loyihalar qoplanishining baholanishi, garov va boshqa taminotlarni tashkil etish xarajatlari, hujjatlarni tayyorlash va qayta ishlash xarajatlari va boshqa kredit berish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar. Bunday komission to'lovlar kredit munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi,shuning uchun ham ularga muddati uzaytirilgan daromadlar sifatida qaraladi va haqiqiy daromadning korrektirovkasi sifatida tan olinadi. Bankda quyidagi buxgalteriya o'tkazmasi keltiriladi:
Debet-Mijozning depozit hisobvarag'i - 22.500.000
Kredit-22896-Boshqa muddati uzaytirigan daromadl ar-22.500.000
Har oyda berilgan kredit foizi bilan birga komission haq ham daromad hisobvarag'iga o'tkaziladi, ya 'n i:
Debet-22896 - Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar-22.500.000
Kredit-41400-44600 - Kred i tlar bo'yicha foizli daromadlar-22.500.000
Kredit berish muddati yaqinlashib, kredit so'ralmasa, olingan komission haq muddati yetib kelingandan so'ng tan olinadi va quyidagi o'tkazma bo'yicha rasmiylashtiriladi:
Debet-22896 - Boshqa muddati uzaytiri lgan daromadl ar-22.500.000
Kredit-45237-Kredit majburiyatlari bo'yicha ko'rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlar -22.500.000
Agar kredit bo'yicha shartnomada ko'rsatilgan foizdan yuqoriroq miqdorda haq to'lanadigan bo'lsa, u holda bu komission haq kredit muddati davomida to'lanishi va haqiqiy daromad kotirovkasi sifatida tan olinishi va muddati uzaytirilishi kerak.
Tijorat banklarining foizli daromadlari ichida kredit operatsiyalaridan keyingi o'rinda turadigan operatsiyalardan biri bu qirnmatli qog'ozlardan olinadigan daromadlardir. Qimmatli qog'ozlardan olinadigan daromadlarni foiz, diskont, kurs o'rtasidagi farq va boshqa ko'rinishdagi daromadl arga bo'lish mumkin.
Bank sotib olgan qimmatli qog'ozlarini maqsadlariga qarab oldi-sotdi qimmatli qog'ozlariga, sotishga mo'ljallangan qimmatli qog'ozlarga qilingan investitsiyalar,so'ndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli
qog'ozlar va investitsiya qimmatli qog'ozlariga bo'ladi.Bundan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida ulardan olingan daromadlarni hisobga olish uchun bir qancha hisobvaraqlar ochiladi .
"Aktivlar" bo'limiga tegishli bo'lgan hisobvaraqlarda moliyaviy aktivlar bo'yicha daromadlar hisoblanadi va "Daromadlar " bo'limiga tegishli bo'lgan hisobvaraqlarda ular tan olinadi.
Moliyaviy aktivlar bo'yicha foizlar hisoblanganda quyidagi buxgalteriya o'tkazmasi keltiriladi :
Debet-1xxxx Olish uchun hisoblangan foizlarning tegishli hisobvarag'i - 10.000.000
Kredit-4xxxx Foizli daromadlarning tegishli hisobvarag’i-10.000.000 Hisoblangan foizlar olinganda esa quyidagi o'tkazma amalga oshiriladi:
Debet-10101 Aylanma kassadagi naqd pullar yoki bankning vakillik hisobvarag'i yoxud mijozning depozit hisobvarag'i-10.000.000
Kredit-1xxxx o1ish uchun hisoblangan foizlarning tegishli hisobvarag'i-
10.000.000
Diskont real foiz stavkasi metodini qo’llash orqal i amortizatsiyalanadi , shartnoma bo 'yicha olinishi lozim bo'lgan foizlar har oyda hisoblab boriladi
Qimmatli qog'ozlar bo'yicha diskont olinganda quyidagi buxgalteriya
o'tkazmasi keltiriladi:
Debet - 163xx - Qimmatli qog'ozlar bo'yicha hisoblangan foizlar- 5.000.000
Kredit -1xxxx - Qimmatli qog'ozlar bo'yicha diskont (kontr-aktiv)-
5.000.000.
Moliyaviy aktivlar bo'yicha diskont belgilangan muddatlarda amortizat-siyalanadi va daromad tarkibiga o'tkazilib, foyda va zararlar to'g'risidagi hisobotda o'z aksini topadi va ushbu operatsiya bo'yicha buxgalteriya o'tkazmasi quyidagicha amalga oshiriladi:
Debet - 1xxxx - Qimmatli qog'ozlar bo'yicha diskont-500 000.
Kredit - 4xxxx - Qirnmatl i qog'ozlar bo'yicha foizli daromadlar-500000