Mavzu: Xalqaro xisob kitoblar tizimi
Mavzu: Banklarning valyuta operatsiyalari mazmuni va turlari Reja:
Xalqaro hisob-kitoblar tizimi va uning boshqaruv tuzilmasi.
Xalqaro hisob-kitoblar tizimi faoliyatining asosiy yo’nalishlari va moliyalashtirish manbaalari.
Milliy valyuta, xalqaro hisob-kitob valyuta birliklari va oltinning xalqaro hisob-kitoblardagi roli.
1. Xalqaro hisob-kitoblar bankining rivojlanish tarixi, boshqaruv tuzilmasi
1. Xalqaro hisob-kitoblar bankining rivojlanish tarixi, boshqaruv tuzilmasi
Xalqaro hisob-kitoblar - turli mamlakatlar fuqarolari va yuridik shaxslari o’rtasida iqtisodiy, siyosiy hamda madaniy munosabatlar tufayli vujudga keladigan pul talablari va majburiyatlar bo’yicha to’lovlarni muvofiqlashtirishdir. Xalqaro hisob-kitoblar bir tomondan, amaliyotda shakllangan va Xalqaro hujjatlar hamda udumlar bilan mustahkamlangan to’lovlarni amalga oshirish shartlari va tartibini, ikkinchi tomondan ushbu hisob-kitoblarni amalga oshirish yuzasidan kunlik amaliy faoliyatni o’z ichiga oladi. Hisob-kitoblarning eng katta hajmi bank hisobvaraqlarida yozuvlarni amalga oshirish orqali naqdsiz pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Xalqaro hisob-kitoblar deganda biz talablar va majburiyatlar bo’yicha to’lovlarni muvofiqlashtirish tizimi tushunamiz. Xalqaro hisob-kitoblar tijorat bank- korrespondentlari orqali o’tkazma, cheklar, veksellar, o’zaro talab va majburiyatlarni tenglashtirib voz kechish yo’li bilan naqd valyutasiz amalga oshiriladi.
Xalqaro hisob-kitoblar shakllarining ba’zilari o’tkazilish yo’llari bilan ichki hisob-kitoblarga o’xshash bo’lsa-da, ammo ularning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Bu xususiyatlarni quyidagicha ta’riflash mumkin.
Birinchidan, odatda ular hujjat tarzida, ya’ni moliya (chek, veksel) va tijorat (konosament, nakladnoy) hujjatlarni yordamida amalga oshadi.
Ikkinchidan, xalqaro hisob-kitoblar unifikatsiyalashgan (bir shaklga keltirilgan). Bunday hisob-kitoblarni amalga oshirishda ko’pchilik mamlakatlar banklari, shu jumladan MDH, veksel va chek konventsiyalariga amal qilishadi
Dostları ilə paylaş: |