Barqaror rivojlanishning tashkil qiluvchi iqtisodiy, ijtimoiy yo’nalishlari.
Barqaror rivojlanish jarayonida ishchi guruhlar mohiyati.
1.Ishchi guruhlar haqida ma’lumot. Ishchilar — industrial jamiyatda mehnatga layoqatli aholining yollanib ishlovchi va jismoniy mehnat bilan shugʻullanuvchi toifasi, ijtimoiy guruh.
XIX asr oʻrtalarida Yevropada sanoat rivojlanishi bilan dehqonlar va hunarmandlar hisobidan sanoat proletariati paydo boʻldi, ishchilarning kasaba uyushmalari va siyosiy partiyalari shakllandi (qarang: Marksizm, Sotsializm). XX asrning ikkinchi yarmidan rivojlangan industrial mamlakatlarda fan-texnika progressi, xizmat koʻrsatish sohalarining oʻsishi va boshqalar natijasida ishchilar soni nisbatan qisqardi (iqtisodiy faol aholining 50% dan kam qismi), turmush darajasi, madaniy rivojlanishi va boshqalar boʻyicha ishchilar bilan boshqa ijtimoiy guruhlar oʻrtasidagi qatʼiy chegaralar oʻzgardi; turli ijtimoiy-kasbiy qatlamlarni oʻz ichiga olgan ishchilarning oʻz tarkibi ham oʻzgardi. SSSR va boshqa sobiq sotsialistik mamlakatlarda ishchilar jamiyatning rahbar kuchi — gegemoni deb eʼlon qilingan edi, lekin totalitar tuzum davrida bu qatlam oʻz manfaatlarini ifodalash va himoya qilishning real imkoniyatlaridan mahrum edi. 1980-yillar oxiridan bu mamlakatlarda ishchilar harakatining qayta tiklanishi jarayoni boshlandi.
Hozirgi davrda mehnat axdining asosiy qismi boʻlgan ishchilar oʻziga xos ijtimoiy-iqtisodiy maqomga ega, bu ularning yollanib ishlashi; xizmatchilardan farqli holda jismoniy mehnatni talab qiluvchi ishlar bilan shugullanishi va mehnatdan kelgan daromad sohibi boʻlishida koʻrinadi. Qaysi sektorda band boʻlishiga qarab industrial, agrar va xizmat koʻrsatish sohalaridagi ishchilarga, kasb mahoratiga qarab malakali va malakasiz ishchilarga, fuqaroligiga qarab milliy va kelgindi yoki migrant ishchilarga boʻlinadi.
Oʻzbekistonda milliy ishchilar XX asrning boshlarida xorij kapitaliga va mahalliy boylarga qarashli kichik korxonalarda yollanib ishlagan mardikorlar, chorakorlar, kambagʻal dehqonlar va ishi yurishmagan hunarmandlar hisobidan shakllana boshladi. Shoʻrolar davrida sanoatning rivojlanishi bilan ishchilar soni koʻpaydi, lekin bu jarayon, asosan, kelgindi ishchilar hisobiga yuz berdi. Milliy ishchilar agrar sohada band boʻlib, asosan, davlat xoʻjaliklari (sovxozlar) da ishlagan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan keyin sanoatning rivojlanishi malakali milliy ishchi kadrlarga ehtiyojni kuchaytirdi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida kasbhunar taʼlim tizimi orqali malakali ishchilar tayyorlashga alohida eʼtibor berilgan. Respublikada sanoatning rivojlanishiga qarab ishchilarning mehnatchilar tarkibidagi salmogʻi asta-sekin oshib bormoqda.
Guruh - bu muayyan belgiga, masalan,sinfiy mansublikka, birgalikda faoliyat ko`rsatishning mumkinligiga va uning xarakteriga, tashqil topish xususiyatlari va shu kabilar asosida ajralib turadigan umumiylikdir. Guruhlarning klassifikatsiyasi ham shunga muvofiq tarzda bo`lib, kichik va katta guruhlarga bulinadi - o`z navbatida ular ham real (bog’langanlik), shartli formal (rasmiy) hamda noformal (norasmiy) guruhlarga, rivojlanish darajasi turlicha bo`lgan, ya’ni rivojlangan (jamoalar) va yetarli darajada rivojlanmagan yoki kam rivojlangan guruhlarga (uyushmalarga, birlashmalarga, aralash guruhlarga) bulinadi.
Katta guruhlar umumiy makon va zamonda hayot kechirayotgan anchagina odamlarni o`z tarkibiga olgan sotsial umumiylikni tashqil qiladigan real (bog’langan) guruhlar shaklida bo`lishi mumkin. Bu xildagi katta guruhlarga korxonaning mehnat jamoasi yoki ko`pgina o`qituvchilar bir - birlari bilan bevosita o`zaro aloqada bo`lmasalar ham, lekin ayni chog’da yagona bitta rahbarga (direktorga, ilmiy mudirga) buysinadigan, bitta partiya va kasaba soyuz tashkilotiga kiradigan, maktab hayotiga oid hamma uchun umumiy hisoblangan ichki tartibning barcha qoidalariga amal qilinadigan kattagina bir maktabning pedagoglar jamoasi kiritilgan bo`lishi mumkin. Katta guruhlar ba’zan bir belgilari (sinfiy, jinsiy, milliy, yesh va boshqa belgilari) ga binoan ajratiladigan va birlashtiradigan shartli guruhlar shaklida bo`lishi ham mumkin. Katta shartli guruhga kiritilgan kishilar hech qachon bir - birlari bilan uyushmagan bo`lmasa ham, lekin bu xildagi guruhga ajratilgani uchun asos bo`lgan belgilariga ko`ra umumiy sotsial va psixologik ta’rifga ega bo`lishlari mumkin.
Kichik guruhlar - hamisha bog’langan umumiylik bo`lib, unga kiruvchi shaxslarning o`zaro birgalikdagi real harakati va ular o`rtasidagi real harakati va ular o`rtasidagi real o`zaro munosabatlar bilan bog’langandir. Bu guruhlar rasmiy (formal) bo`lishi, ya’ni yuridik jihatdan qayd etilgan huquq va burchlarga, normativ asosida o`rnatilgan strukturaga, tayinlab yoki saylab qo`yilgan rahbarlikka ega bo`lishi mumkin.
Shuningdek, yuridik jihatdan qayd etilgan statusga ega bo`lmagan, ammo tarkib topgan shaxslararo munosabatlar (dustlik, xayrixoxlik, xamjihatlik, ishonch va shu kabilar) tizimi bilan ifodalanadigan NORASMIY (ko`pincha ularni noformal deb ham atashadi) guruhlar ham alohida ajralib turadi. Ular alohida ajralib turadigan umumiylik (masalan, turli maktablar va xunar - texnika bilim yurtlarining mototsikl sportiga qiziqishi umumiyligi negizida birlashgan bir qancha o`quvchisi) sifatida yuzaga chiqishi va rasmiy guruhlar ichida yetarli darajada barqaror tus kasb etishi (sinfdagi do`stona ulfat tarzida kirishi) mumkin.
Rasmiy va norasmiy guruhlar o`rtasidagi chegaralar shartli va nisbiydir. O`quvchilarning bu xildagi norasmiy guruhlarini shakllantirish o`qituvchi olib borishi lozim bo`lgan tarbiyaviy ishning muhim vazifasi hisoblanadi.
Guruhlar rivojlanishining darajasi yoki saviyasi ularning klassifikatsiyasining eng muhim negizi hisoblanadi. Guruhiy rivojlanish darajasi - shaxslararo munosabatlarning shakllanganligining belgisi, guruhlar shakllanishi jarayoninig natijasidir.