To’pni egallash va harakat qilish texnikasi.To’pni olib qo’yish. Bu usulni bajarish uchun to’p o’zatayotgan basketbolchlarning harakatlarini diqqat bilan kuzatish, to’pning yo’nalish tomonini oldindan aniqlash va to’g’ri pozisiyani tanlash zarur. Himoyadagi basetblchi to’p uzatish vaqtida uni olib qo’yish maqsadida o’zini to’sib turgan hujumchining oldindan to’pga qarshi chiqishi uchun turgan joyidan keskin qo’zg’alishi lozim. Bunda oxirgi qadamning katta qo’yilishi, gavda va qo’llar to’g’riga qaratilgan bo’lishi kerak.
CHalg’itishlar.Asosiy maqsadni bajarishdan avval uni berkitib himoyachining diqqatini chalg’itish uchun hujumchi bajaradigan harakatlar chalg’itishlar deb ataladi. Ko’pchilik texnik usulllar yoki ularning qo’shilmas chalg’itish harakati sifatida qullanishi mumkin. Chalg’itishlar qo’llanilayotgan priyomlarga mos sur’atda bajarilishi kerak. Bunda muvozonat saqlanib qolishi shart. Chalg’itish harakatlarini bir marta yoki bir necha marta bajarish mumkin. Ular to’psiz va to’p bilan bir joyda turganda va harakatda bo’lganda bajarilish mumkin. Harakat paytida chalg’atishlarni bajarish qiyinroq hisoblanadi.
Himoya texnikasi.Jamoaning hamma basketbolchilari himoyada samarali o’ynay olishlari kerak. Buning uchun eng avvalo mavjud himoya texnikasining hamma usulllarini egallash lozim. Himoya texnikasi 2 guruhga: maydonda harakat qilish texnikasi to’pni egallash va qarshi harakat qilish texnikasiga bo’linadi.