Mavzu: baykal tog' burmalanishi reja: I. Kirish: II. Asosiy qism: Baykal togʻ jinslarining burmalanishi



Yüklə 45,24 Kb.
səhifə2/2
tarix28.11.2023
ölçüsü45,24 Kb.
#167203
1   2
MAVZU

Baykal yoki Baikal (turkiycha Boykoʻl; buryatchaБайгал далайmoʻgʻ.Байгал нуур) - Sharqiy Sibirning janubidagi chuchuk suvli koʻl. 456 m balandlikda joylashgan, togʻlar bilan oʻralgan. Maydoni 31,5 ming km². Uz. 636 km, oʻrtacha eni 48 km. Baykal dunyodagi eng chuqur (1620 m gacha) koʻl. Tektonik jarayonlar natijasida vujudga kelgan. Baykalga 336 daryo (shu jumladan SelengaBarguzinYuqori Angara va boshqalar) quyiladi, Angara daryosi oqib chiqadi. Koʻlda 27 orol bor. Yanvarda muzlab, mayda muzdan boʻshaydi. Baykalda qariyb 1800 tur flora va fauna uchraydi. Baliq ovlanadi. Kema qatnaydi, yogʻoch tashiladi. Baykal sohilida SlyudyankaBaykalsk shlari joylashgan. Listvyanka shaharchasida Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir boʻlimining Limnologiya instituti bor. Selenga daryosining quyi oqimi Rashiduddin (1247 —1318) asarida Barkoʻjin yoki Barkoʻjin-toʻkum deyilgan. Yer po'sti relefi, materiklarning paydo bo'lishi, umuman Yerning paleogeografik taraqqiyotida tektonik harakatlar yetakchi o'rinda turadi. Shu boisdan bo'lsa kerak, olimlarimiz tektonik harakatlami chuqur o'rganishgan. Odatda tektonik harakatlar sodir bo'lgan vaqtiga ko'ra turlarga bo'linadi. Masalan, baykal tog' burmalanishi proterozoyning oxiri — paleozoyning boshlanishida, kaledon va gercin tog' burmalanishlari paleozoyning o'rtasida va oxirida, kimmeriy tog' burmalanishi mezozoy erasida, albp tog' burmalanishi esa kaynozoy erasida sodir bo'lgan. Tektonik harakatlar eng qadimgi, qadimgi, yangi (neotektonik) va hozirgi zamon tektonik harakatlariga bo'linadi. Eng qadimgi tektonik harakatlarga arxey va proterozoy (baykal) eralaridagi, qadimgisiga — paleozoy (kaledon, gercin), mezozoy (kimmeriy) eralaridagi, neotektonik, hozirgi zamon tektonik harakatlarga kaynozoy (albp] erasidagi tog' burmalanishlari tegishli. Ular asosan geologik, qisman geomorfologik usullar orqali o'rganiladi. Yer po'stidagi tektonik harakatlar qatlam yoki qatlamsiz yaxlit yotqiziqlarning dastlabki yotishini 133 o'zgartiradi. Qatlamlar yon tomonidan siqilishidan burmalanadi, tik ta'sir qilgan kuchdan esa, sinadi, darzlar hosil qilib, bo'laklarga ajraladi va nihoyat bir qismi ko'tarilib, ikkinchi qismi cho'kishi mumkin. Qatlamlarning shakli va yaxlitligining o'zgarishi .* ichki harakatga bog'liqdir. Bu harakatdan cho'kish, ko'tarilish, burmalanish, yer yorilishi, katta — katta palaxsalarning siljishi va boshqa xil tektonik strukturalar vujudga keladi. Tektonik harakatlar ikki xil — orogen va epeyrogen harakatga bo'linadi. Orogen harakatlar o'z navbatida plikativ (burmalanish) va dizyunktiv (uzilma) turlarga bo'linadi. Epeyrogen (tebranma) harakatlar yer po'stining asriy tebranishida o'z ifodasini topgan. Yer po'stidagi harakatlar tufayli dengiz goh quruqlikka bostirib kiradi (transgressiya), goh orqaga chekinadi (regressiya). Natijada dengiz ostida to'planayotgan cho'kindilar biri ikkinchisiga nisbatan suv bostirib kirganda bir xil tartibni saqlasa, suv qaytganda aksincha holatda bo'ladi. Yer po'stida hosil bo'lgan cho'kindilar ustma —ust joylashib qatlamlar shaklida yotadi. Qatlam deb usti va osti tomonlaridan o'zaro taxminan parallel chegaralaralangan bir jinsli yaxlit hosilaga aytiladi. Qatlamning usti va ostki chegarasini birlashtiruvchi * tik chiziqning uzunligi uning haqiqiy qalinligiga teng bo'ladi. Boshqa barcha yo'nalishlarda o'lchanganlari •* ko'ringan qalinlik deyiladi. Yer po'stidagi tebranma harakatlar (epeyrogenez). Bizga qattiq va mustahkam bo'lib ko'ringan yer po'stining ba'zi joylari ko'tarilib, boshqa joylari esa, asta — sekin cho'kib, ya'ni tebranib turadi. Yer po'stining bunday harakati epeyrogen harakat, jarayonining o'zi esa epeyrogenez (grekcha — tug'ilish) jarayoni deb ataladi. Asriy tebranishlar yer yuzasining keng maydonlarida sodir bo'ladi. 134 Dengiz yotqiziqlarini qatlami hamma qit'alarda topilishi o'tgan geologik davrlarda bir necha marta yer po'stida asriy tebranishlar kechganligidan dalolat beradi. Bunday harakatlar hozir ham davom etmoqda. Epeyrogen harakatlar qirg'oq chiziqilarning o'zgarishida ayniqsa yaqqol aks etadi. Dengiz sohillarining ba'zi joylarida suvning qaytishini kuzatish mumkin. Bunday hodisa yo dengiz sathining pasayishi yoki sohilining ko'tarilishida ro'y beradi. Quruqlikning cho'kishi yoki dengiz sathining ko'tarilishi natijasida dengiz transgressiyasi vujudga keladi va quruqlikning bir qismini suv bosadi. Quruqdikdan dengiz suvi qaytsa regressiya deyiladi. Epeyrogen harakat har xil vaqtda va turlicha tezlikda sodir bo'ladi. Yer po'sti harakatini ko'rsatuvchi eng yaxshi misollardan biri Apennin yarimorolining Serapis sohilidagi ibodatxona minorasida dengizda yashovchi molyuskalar o'yib qoldirgan izlardir. Ular bu yerda bir necha marta dengiz bosib, qaytganligini ko'rsatadi. Serapis sohillari hozir asta — sekin cho'kayotganligi sababli qasr ustunlarining 2,5 m qismi suv tagida qolgan. Bundan tashqari, tarixiy materiallarga qaraganda, Skandinaviya sohillari 100 yilda 100 — 120 sm ko'tarilmokda. Dengiz supalarining balandligi shundan dalolat bermadi. Yer po'sti ba'zi joylarda ko'tarilsa, ikkinchi joyda cho'kadi. Masalan Baltika dengizining janubiy sohili sekin — asta cho'kmoqda. Shimoliy dengiz, La — M ansh bo'g’ozi, ayniqsa, Niderlandiyaning shimoliy qismi, Qora dengizning Suxumi atrofidagi sohillari va Shimoliy Amerikaning sharqiy sohillari hamda Avstraliya materigi sohillari ham cho'kmoqda. Kongo daryosining Atlantika okeaniga quyiladigan qismi chuqur cho'kkan. Bu daryoning eski o'zani okean sathidan 3300 m chuqurlikda joylashgan bo'lib, u 135 sohildan okean ichkarisi tomon 130 km gacha kirib boradi. Yer po'stining asriy tebranishi faqat denglz sohillaridagina emas, balki materik ichkarisida ham kuzatiladi. Masalan, Franciyaning ayrim joylari, Alp tog'larining etaklari va Boden ko'li atrofi, Shimoliy Amerikada Michigan ko'li sohillari, Tinch okeandagi ko'pchilik marjon orollari ham asta — sekin cho'kmoqda. Bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin. Yer po'stidagi hozirgi harakatlarni aniq o'lchashda geodezik asboblardan foydalaniladi. Tor jinslari qatlamlarining yotish holatini o'lchash bilan epeyrogen harakatlarning yer po'stiga ko'rsatgan ta'siri aniqlanadi. Bunda geologik va geomorfologik kesmalar, tog' jinslarining yotish shakllarining tahlili ham katta yordam beradi. 1862 —1932 — yillardagi nivelirlashlarning natijalarini tekshirib ko'rilganda, Himolay bilan Gang daryosi o'rtasida joylashgan Shimoliy Hindistonning ko'p qismi bir yilda 18,2 mm ko'tarilgan. Banoras shahrining shimoliy qismi ham eng ko'p ko'tarilganligi aniqlandi. 1966 yilgi Toshkent zilzilasidan keyingi seysmologlarning ilmiy tekshirish ishlari Toshkent hududining pastkam joylari (Chirchiq daryosi, Qoraqamish, Bo'zsuvning quyi oqimlari) cho'kayotgan bo'lsa, boshqa joylari (Anhor kanali o'tgan joylar, Yunusobod) ko'tarilayotganligini ko'rsatdi. Bunday ko'tarilishlar bo'ladigan joylarda suv oqimi katta geologik ish bajaradi. Unda eroziya jarayoni tez kechadi va tog'larda tik qoyali relbefning vujudga kelishiga sababchi bo'ladi. Er po'stining tik —vertikal tebranma harakatidan tashqari, gorizontal harakati ham kuzatiladi. Masalan, Pomir tog'lari janubdan shimolga tomon asta — sekin yiliga 2 — 3 sm siljimoqda.
Yer tarixida va rivojlanishida tektonik harakatlar muttasil, lekin goh tez, goh sust kechgan. Orogen harakatlar asosan ikkiga: burma hosil qiluvchi va uzilma hosil qiluvchi turlarga bo'linadi Burmali strukturalar va ularning elementlari. Burma deb tektonik va boshqa tashqi kuchlar ta'sirida cho'kindi, vulkanogen va metamorfik jinslar qatlamlarning plastik deformaciyasi tufayli to'lqinsimon buklanishiga aytiladi. Burmalar yer qobig'ida har qanday holatda yotishi mumkin. Ular qanday holatda yotishidan qat'iy nazar ma'lum bir morfologik elementlardan iborat bo'ladi. Tabiiy holda yer yuzasida yuvilishdan to'la saqlangan burmalar kamdan —kam uchraydi. Burma elementlari holatini tahlil qilish orqali ularning umumiy shaklini tiklash mumkin. Burmali strukturalar o'ichami va tartibi har xil bo'lib, ko'p hollarda yirik birinchi tartibdagilari mayda burmalardan tuzilgan bo'ladi. Burmalar yer yuzasida alohida — alohida yoki katta guruhlardan iborat bo'lishi mumkin. Keyingi holda ular burmali o'ikalarni tashkil qiladi. Har bir burma ma'lum elementlardan tashkil topgan bo'ladi. Burmalarda qatlamlarning buklanish joyi burma qulfi yoki yadrosi deyiladi. Burmalaming qulfiga tutashgan qismlari burma qanotlari deyiladi Burma yadrosi yer yuzasida, odatda, yuvilgan holda uchraydi. Qatlamlarning buklanish chizig'i bo'yicha burmani ikkiga bo'luvchi hayoliy tekislik burmaning o'q tekisligi deb yuritiladi. Burma o'q tekisligi muhim elementlardan biri bo'lib, uning fazoda tutgan vaziyatiga qarab burmalarning morfologik turlari ajratiladi. Burma o'q tekisligi bilan relef yuzasining kesishishidan hosil bo'lgan chiziq burmaning o'q chizig'i deyiladi. Burma o'q tekisligi bilan burmada qatnashayotgan qatlamlardan birining yuzasi kesishishidan hosil bo'lgan chiziq burma sharniri deyiladi. Qatlamlarning buklanish holatiga qarab burma sharniri gorizontal, qiya, egri va to'lqinsimon 137 bo'lishi mumkin. Burma sharniri yordamida uning fazoda tutgan vaziyati aniqlanadi. Burma sharnirining bo'ylama yo'nalishda bir necha bor sho'ng'ishi va ko'tarilishidan burma undulyaciyasi hosil bo'ladi. Burma sharniri bilan uning gorizontal tekislikka o'tkazilgan proekciyasi orasidagi burchak burmaning sho'ng'ish yoki ko'tarilish burchagi deyiladi. Har qanday burma o'z o'lchamlariga ega. Ulaming eni, bo'yi va balandligi bo'ladi. Burmaning eni (kengligi) yondosh burmalar o'q tekisliklari orasidagi masofadan iborat bo'ladi. Uning uzunligi qarama — qarshi tomonda burmada qatnashayotgan ma'lum qatlamning sho'ng'ish nuqtalari orasidagi masofaga teng, balandligi esa yondosh qarama — qarshi burmalar qulflari orasidagi vertikal masofaga teng bo'ladi. Burmalaming morfologik turlari Burmalar gorizontal tekislikka nisbatan qavariq — botiqligiga, o'q tekisligining vaziyatiga, burma qanotlari orasidagi munosabatga, qulfining shakliga, eni bilan bo'yi orasidagi nisbatga va boshqa hususiyatlariga qarab morfologik turlarga bo'linadi. Burmalar orasida ularning antiklinal va sinklinal ^ deb ataluvchi ikki asosiy turi ajratiladi. Antiklinal burma qavariq struktura bo'lib, buklanish markazida (yadrosida) nisbatan qari, atrofida esa tobora yosh yotqiziqlar yer 1 yuzasida ochilib yotgan bo'ladi. Sinklinal burma esa botiq struktura bo'lib, uning markaziy qismida nisbatan yosh yotqiziqlar, atrofida esa tobora qari tog' jinslari yer yuzasida chiqib yotadi. Burmalar o'q tekisligining vaziyatiga qarab simmetrik va asimmetrik burmalarga bo'linadi. Simmetrik burmalarda o’q tekisligi vertikal joylashgan bo'lib, ularning qanotlari bir xil qiyalik burchagiga ega bo'ladi. Asimmetrik burmalarda esa o'q 138 tekisligi qiya yoki gorizontal yotgan bo'lib, qanotlari har — xil qiyalik burchagiga ega bo'ladi Asimmetrik burmalar orasida qiya, to'ntarilgan, yotuvchi va sho'ng'uvchi turlarga ajratiladi. Qiya burmalarda qanotlari qarama — qarshi tomonga yotgan bo'lib, uning yotish burchagi har xil va o'q tekisligi qiya bo'ladi.To'ntarilgan burmalarda qanotlari bir tomonga yotgan va yotgan va o'q tekisligi qiya joylashgan bo'ladi. Ularda to'g'ri va to'ntarilgan qanotlar ajratiladi. Yotuvchi burmalarda o'q tekisligi gorizontal yotgan bo'ladi. Sho'ng'uvchi burmalarda o'q tekisligining oldingi qismi pastga qarab engashgan bo'ladi Ba'zi hollarda bunday burmalarning ustki qismi yuvilib ketishi natijasida ulaming yadrosida, shakli bo'yicha sinklinal burmani eslatuvchi qoldiqni kuzatish mumkin. Lekin uning markazida yosh emas, balki nisbatan qari tog' jinslari yotgan bo'ladi. Burmalar qanotlari orasidagi munosabatga qarab odatdagi, izoklinal va yelpig'ichsimon turlarga bo'linadi. Odatdagi burmalarda qanotlari qarama — qarshi tomonga yotgan bo'ladi. Izoklinal burmalarda qanotlari bir —biriga parallel yotgan bo'ladi. Yelpig'ichsimon burmalarda ulaming qanotlari yelpig'ichsimon tarzda yoki yoyilgan bo'ladi. Burmalar eni bilan bo'yi orasidagi nisbatga qarab cho'ziq, braxiformali va gumbazsimon turlarga bo'linadi. Cho'ziq burmalarda ularning bo'yining eniga nisbati 3 dan katta bo'ladi. Braxiformali burmalarda bo'yining eniga nisbati 3 dan kichik bo'ladi. Gumbazsimon burmalarda burma eni bilan bo'yi taxminan bir —biriga teng bo'ladi. Fleksura deb gorizontal yoki qiya yotgan qatlamlarning tirsaksimon buklanishidan hosil bo'lgan pog'onali strukturaga aytiladi. Fleksuralarda yuqorigi yoki ko'tarilgan qanot, pastki yoki cho'kkan qanot va tutashtiruvchi qanot singari elementlar ajratiladi. 139 Qiya yotgan qatlamlarda hosil bo'lgan fleksuralar muvofiq va nomuvofiq turlarga bo'linadi. Muvofiq fleksuralarda yuqorigi, pastki va tutashtiruvchi qanotlari bir tomonga qarab yotgan bo'ladi. Nomuvofiq fleksuralarda yuqorigi va pastki qanotlar bir tomonga, tutashtiruvchi qanotlari esa, qarama — qarshi tomonga qarab yotgan bo'ladi. Fleksuralar substrat yotqiziqlarida uzilmali strukturalar hosil bo'lishi va ma'lum blokning cho'kishi natijasida paydo bo'ladi. Lekin bunda fleksura hosil qiluvchi qatlam yaxlitligi buzilmasdan cho'zilgan bo'ladi. Burmali strukturalar va fleksuralar tabiatda juda keng tarqalgan. Ular yer qobig'ining tektonik rivojlanishi natijasida vujudga keladi va xududning geologik taraqqiyoti tarixini bosqichma — bosqich o'rganishda muhim ahamiyatga ega. Bulardan tashqari ko'pgina foydali qazilma boyliklaming hosil bo'lishi va to'planishi burmali strukturalarning rivojlanishi bilan bog'liq. Burmali strukturalarni va fleksuralarni har tomonlama o'rganish, foydali qazilma konlarini qidirishda, razvedka va eksplutaciya qilishda katta amaliy ahamiyatga ega. Uzilmali strukturalar va ulaming morfologik turlari. Uzilmali strukturalar (er yoriqlari) yer po'stida rivojlanadigan tektonik kuchlar ta'sirida sodir bo'lib, burmali tog'larda keng tarqalgandir. Yer qobig'ining yaxlitligi buzilishi orqali bir — biridan ajralgan bo'laklari o'zining fazoda tutgan o'mi va surilishda qatnashishi faollgi bilan ajralib turadi. Surilish yuzasi bilan ajralgan tog' jinslarining bo'laklari surilmali strukturalarning bloklari yoki qanotlari deb ataladi. Uzilmali strukturalarning surilish yuzasi tekis va notekis bo'lishi mumkin. Birinchi holda u odatda 140 silliqlangan bo'ladi. Bunday silliq va yaltiroq yuza — sirpanish oynasi deb ataladi. Surilish yuzasi notekis bo'lsa, o'zaro xarakatda bo'lgan bloklar orasida tektonik brekchiyalar hosil bo'lishi mumkin. Tektonik brekchiyalarning xarakatdagi bloklar orasida maydalanib ezilishi va zichlashishi oqibatida milonitlar hosil bo'ladi. Tektonik brekchiyalar katta bo'shliq hajmiga ega bo'lganligi uchun ko'p hollarda ularning ichiga gidrotermal eritmalar kirib, tomirli va ma'danli mineral yotqiziqlar hosil qiladi. Shuningdek tektonik brekchiyalar orasida yer osti suvlari, gaz va neft mahsulotlri to'planishi mumkin. Uzilmali strukturalar o'zining xima —xilligi bilan ajralib turadi va bloklarning surilish yuzasi yo'nalish chizig'i bo'yicha (gorizontal), surilish yuzasining yotish chizig'i bo'ycha (vertikal) va ularning har ikkisiga ham ma'lum burchak ostida (diagonal) tartibda xarakatlnishi orqali bir —biridan farqlanadi. Bulardan tashqari bloklarning surilish yuzasiga perpendikulyar yo'nalishdagi xarakati, surilish yuzasining yotish burchagi, uning yotish tomoni va boshqa xususiyatlari ham hisobga olinadi. Ular orqali uzilmali strukturalar tushilma, ko'tarilma, siljima ustsurilma (nadvig), qoplama va ochilma singari turlarga ajratiladi. Uzilmali strukturalarning bunday xilma — xilligi tog' jinslariga ta'sir qiluvchi tektonik kuchlarning harakat yo'nalishi va ular orasidagi munosabatga bog'liq. Tektonik kuchlar harakat yo'nalishiga qarab siquvchi, cho'zuvchi va juft kuchlarga bo'linadi. Siquvchi tektonik kuchlar bir — biriga qarshi yo'nalishdagi harakati tufayli tog' jinslarida burmali strukturalardan tashqari ko'tarilma, ustsurilma va qoplama singari uzilmali strukturalarning paydo bo'lishiga olib kelad
Cho'zuvchi tektonik kuchlar qarama — qarshi tomonga yo'nalgan bo'lib, ularning ta'sirida asosan tushilma, ochilma va rift strukturalari vujudga keladi. Parakuchlar esa, siquvchi tektonik kuchlar singari bir—biriga qarshi yo'nalishda harakat qilsada, lekin ular o'zaro parallel bo'ladi. Bu kuchlar ta'sirida siljima strukturalar hosil bo'ladi. Uzilma strukturada ko'tarilgan blok yoki yotgan qanot (A), cho'kkan blok yoki osma qanot (B), surilish yuzasi (V), surilish yuzasining yotish burchagi (a), surilish amplituda (L) kabi elementlar ajratiladi. Tektonik qoplamalar yoki sharyajlar tog' jinslari bloklarining qiyaligi kichik, gorizontal va to'lqinsimon surilish yuzalari bo'ylab o'nlab va yuzlab kilometrlarga surilganligi bilan ajralib turadi. Qoplama struktura tagidagi surilmagan tog' jinslari bloki avtoxton, katta masofaga surilgan va qoplama strukturani tashkil qiluvchi jinslar alloxton deb yuritiladi. Alloxtonning oldingi qismi yemirilishi mumkin. Uning yemirilishidan saqlanib qolgan fragmentlari tekonik qoldiq deb, alloxtonning yemirilib yuvilishi natijasida avtoxtonning ochilib qolgan joylari tektonik shog'noq yoki tuynuk deb va alloxtonning oldingi qismi shar'yaj fronti deb yuritiladi. Agar uzilma qanotlari bitta yoriq orqali ko'chsa oddiy uzilma hosil bo'ladi. Murakkab uzilmalar ham uchraydi. Ikkita parallel yoriqlar bilan chegaralangan, joy cho'kkan bo'lsa graben deyiladi. Oddiy graben ikkita uzilma bilan chegaralandi. Murakkab graben uzilmalar sistemasi bilan chegaralanadi. Grabenlarga O'lik dengiz, Baykal ko'li, Reyn vodiysi, Ohangaron va Piskom daryo vodiylari misol bo'laoladi. Katta va murakkab grabenlar sistemasi Sharqiy Afrikada Zambezi daryosi, Katta Afrika ko'llaridan Efiopiyagacha cho'ziladi. Keyin bu sistema Afrika bilan Osiyo orasidan o'tadi, uning markazi Oizil dengizga to'g'ri keladi. Bu grabenning uzunligi taxminan 142 5000 km. Bu geologik strukturani Buyuk Afrika yer yorig'i mintaqasi deb bejiz aytishmagan. Qatlamlarning parallel yorik bo'ylab uzilishidan chukmay qolgan yoki ko'tarilgan o'rta kismi gorst deb ataladi. Ikki tomondan uzilma bilan chegaralangan gorstlar oddiy, bir necha uzilma bilan chegaralanganilari murakkab gorstlar deb ataladi. Murakkab gorstlarga Sharqiy Sayan, G'arbiy Tiyon — Shon va boshqalar misol bo'ladi. Yuqorida ko'rib o'tilgan strukturalaming geologik qidiruv ishlarida ahamiyati katta. Ular turli ma'danlarga boy gidrotermal suyuqliklarning harakatlanishi uchun eng qulay joy hisoblanadi. Shuning uchun ham geologlar ma'danlarni izlashda bunday tektonik strukturalarga katta ahamiyat berishadi. Uzilmali tektonik harakatlar palaxsali tog'lami hosil qiladi. Platolar, stolsimon tog'lar ham, burmali — palaxsali tog'lar ham ana shu tektonik harakatlarning hosilasi.
Vulkan turlari. Vulkan jarayonlarini va mahsulotlarini muttasil kuzatish va tekshirish natijasida tarkibi har xil ekanligi aniqlangan. Binobarin, vulkanlar mahsulotlarining tarkibi va harakatining xususiyatiga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi. 1. Gavayi guruhidagi vulkanlar. Bunga Gavay orollaridagi va Islandiyadagi vulkanlar kiradi. Gavayi orolida bir qancha vulkan kraterlari bor. Masalan, Xualalai (2521 m). Mauno — Loa va boshqalar yer yorig'i ustida joylashgan. Ular orasida eng balandi Mauna —Loa vulkani bo'lib, dengiz sathidan 4366 m baland. Bu vulkan 1843 yildan boshlab 1896 yilgacha har 2 — 3 — yilda, ba'zan har yili otilib, o'zidan va yon yoriqlaridan olivinli bazalt lava chiqarib turgan. Islandiyadagi so'nmagan vulkanlardan Kodlouttadingya (1180 m) bor. Mahsuloti va harakati bilan boshqa vulkanlardan farq qiladi. Vulkandan harorati 1200°C ga yetadigan suyuq bazalht lava oqib chiqib turadi. Qiya joylarda lava sekundiga 4 — 5 m, tik joylarda 8 m gacha harakat qilib, 80 km gacha masofaga oqib boradi. Lava suyuq bo'lganligidan balanddan pastga qarab huddi daryo sharsharasidek oqadi. Bu xil vulkanlardan bomba, kul chiqmaydi va ular portlamaydi. Bunday vulkanlarning mahsuloti qavat — qavat bo'lib yotadi, yuzasining qiyaligi 5 — 8 ° bo'ladi, tepadan qalqonga o'xshab ko'rinadi. Shuning uchun ularni ba'zan qalqonli vulkan tiplari deb ham atashadi. 2. Stromboli guruhidagi vulkanlar. Nomi O'rta yer dengizidagi Lipar orolida joylashgan Stromboli (926 m) vulkanidan olingan. Bu guruhdagi vulkanlardan harorati 190 1000— 1100°C li suyuq bazaltt lavasi, ba'zan andezit, liparit — obsidian jinslari chiqadi. Vulkan harakati doimiy emas. Lava ichida shag'al, lapilli va vulkan bombalari uchraydi. 3. Vezuviy - Etna guruhidagi vulkanlar. Italiyaning Neapol shaxri yaqinidagi Vezuviy vulkani bilan Siciliya orolidagi Etna vulkani nomidan olingan. Kamchatkadagi bir qancha vulkanlar shular qatoriga kiradi. Vezuviy vulkani atrofida diametri 15 km li Somma kalderasi hosil bo'lgan. Vezuviy uning o'rtasida bo'lib, diametri 3 km li krater hosil qilgan. Bu vulkanlarda chiqadigan lava o'rta va nordon tarkibli bo'lganligi sababli, ularda SiO2 ko'p, lava ba'zan vulkan krateri og'zida qotib qoladi. Lava ostida magmadan ajralgan gazlar yig'ilib qolib, qayta otiladi. Ikkinchi marta otilgan paytda kuchli portlash yuz beradi. Bu guruhga tegishli vulkanlarning lavasi quyuq bo'ladi. Vezuviy guruhidagi vulkanlar otilganda dastlab suv bug'i bilan quyuq tutun va gaz chiqadi. Bu jarayon kuchaya borib, kuchli portlash ro'y beradi (kul, so'ng bombalar, qum, shag'al otilib chiqadi). So'ngra hamma yoqni yoritib qip — qizil cho'g'dek quyuq lava oqib chiqa boshlaydi va u vulkan krateridan atrofga 5 —4 km gacha oqib boradi. Vulkan krateridan chiqqan kattiq va suyuq mahsulotlar uning atrofida yig'alib konus shaklida qavat — qavat bo'lib joylashadi. Vulkandan otilib chiqqan lava vulkan kraterida uzoq vaqt qotmay yotadi. Kraterdan gaz va bug' otilib turadi. Bu guruh vulkanlariga eramizdan 700 yil awal otila boshlagan Etna (Siciliya), Vezuviy (Italiya, O'rta yer dengizdagi vulkan) va boshqa vulkanlar kiradi. 4. M on-Pele guruhidagi vulkanlar. Martinika orolidagi Mon — Pele vulkani nomidan olingan. Bu guruhdagi vulkanlar boshqa vulkanlardan kuchli portlashi va kraterida lava qotib qolishi bilan farq qiladi. Magmadan ajraluvchi gaz krateri ichida to'planadi. Gaz bir necha yillardan so'ng to'satdan portlab otiladi. Masalan, 1902 yilda Mon — Pele vulkani to'satdan juda qattiq kuch bilan otilgan paytda francuz geologi Lakurua vulkan otilishini kuzatgan. Uning aytishicha, vulkan krateridan qizigan pemza, lapillilar qip — qizil bo'lib, kul, gaz va quyuq suv bug'lari bilan juda baland otilib chiqqan, Bu mahsulotlar tog' yonbag'ri bo'ylab minutiga 950 m tezlikda pastga harakat qilgan. Qizigan gaz, kul va boshqa mahsulotlar harorati taxminan 700 — 800°C ga yetgan. Martinika orolidagi San —Per shahri bir necha minut ichida vulkan kuli ostida qolib ketgan. Mon — Pele vulkani to'xtagach, kraterdan quyuq yopishqoq lava krater tepasida katta ustundek (300 m) baland ko'tarilib qolgan. Mon —Pele so'zi oqbosh ma'nosini anglatadi. Vulkan chiqarib tashlagan mahsulotlar (pemza, lapilli, bomba, shag'al, qum, kul) cho'kindi jinslar bilan birga aralashib tuff it deb ataladigan tog' jinslari uyumini hosil qiladi. Agar lava ichida vulkan bombalari va qirrali jinslar ko'p bo'lsa, ular vulkan brekchisyasi yoki lavobrekchiya deyiladi. 5. Bandaysan (Yaponiyadagi eng yirik vulkan)guruhidagi vulkanlar — quvursimon otiluvchi vulkan deb ham ataladi. Bu vulkan harakati yer ichida to'plangan juda ko'p suv bug'ini, gazni va o'z ustidagi jinslarni uzun quvurdan yuqoriga qo'qqisdan otib yuborishi bilan boshqa vulkanlardan farq qiladi. Uning yuqori qismi voronkasimon shaklda bo'ladi. Voronkasimon quvur kraterining eni 250 dan 3000 m gacha bo'lib, atrofida jinslar aylana shaklida to'planadi. Bunday vulkanlar Yevropada Reynbo'yi viloyati yaqinida uchraydi. Uning krateri ko'pincha suv bilan to'lgan bo'lib, mahalliy nom bilan maar deb ataladi. 192 Keyingi vaqtda (1975—1980) Maxs bilan Oyning yuzasini tekshirib, u yerdagi kuzatiladigan chuqurlar kometa urilishdan hosil bulgan deb taxmin qilinmoqda. Yer yuzidagi maar tipidagi chuqurlar ham shunday urilishdan hosil bo'lgan deb hisoblanmoqda. Dunyodagi mashhur vulkanlardan biri Krakatau vulkani ham shu vulkanlar jumlasidandir. Bu vulkan Yava va Sumatra orollari orasidagi tor bug'ozda joylashgan. U 1883 yilda juda kuchli otilishi natijasida dengiz satxidan 800 m baland bo'lgan oroldagi vulkan konusi o'rnida dengiz sathidan 300 m past joy vujudga kelgan. Bu harakat asosan krater ostida to'plangan gazning kuchli bosimi ta'sirida ro'y bergan. Vulkandan chiqqan gaz, bug', chang yuqoriga 25 — 30 km ko’tarilgan. Bu mahsulotlardan juda ko'p pemza, lapilli, kul uzoq — uzoqlarga borib tushgan. Yava va Sumatra orolida yashovchi aholiga katta zarar yetgan. Krakatau vulkanidan ko'tarilgan chang va to'zonlar atmosferaning yuqori qismini qoplagan va uch — to'rt oy maboynida Yerni aylanib yurgan. Alyaskadagi 1912 yilda otilgan Katmay vulkani va boshqa vulkanlar ham Bandaysan vulkani guruhiga kiradi. Vulkanlaming geografik tarqalishi Hozirgi vaqtda ma'lum bo'lgan harakatdagi vulkanlar 500 dan ortiqdir. 1974 yillarda okeanlarni tekshirishlar natijasida vulkanlarning quruqlik va okean ostida ma'lum bir yo'nalishda joylashganligi aniqlandi. Vulkanlar asosan ikki qambarda tarqalgan bo'lib, birinchisi Tinch okean «olovli» halqasi deb ataladi. Bu yerda ma'lum bo'lgan barcha harakatdagi vulkanlarning 60% joylashgan. Tinch okeanning g'arbida Kamchatka yarimorolidan boshlangan bu vulkan halqasi Kuril orollari orqali janubiy —g'arbga davom etadi. Yaponiya, Filippin, Yangi Gvineyadan o'tib, Yangi Zelandiyagacha cho'zilib boradi. Tinch okeanning sharqidan Amerika materigining janubidagi Olovli Yer orolidan shimol 193 tomonga — And, Kordilbera tog'larining yonidan o'tadi va shimolda Aleut orollari va Alyaska orqali yana Kamchatka yarimoroliga tutashadi. Bu vulkan halqasini « Tinch okean geosinklinal mintaqasi» deb yuritiladi. Bundan tashqari Tinch okeanning markaziy qismida ham bir qancha harakatdagi vulkanlar bor. Masalan, ekvator yaqinidagi Galapagos orolida ikkita harakatdagi vulkan bor, undan janubda Pasxi va Xuan Fernandes, g'arbda Samoya, Tonga, Kermadek vulkanli orollari mavjud. Ikkinchi yirik vulkan halqasi yosh tog'lar o'lkasida joylashgan bo'lib, O'rta yer dengizi — Himolay — Janubiy—Sharqiy Osiyo mintaqasini egallaydi. Bu halqaga Vezuviy, Etna vulkanlari, Lipari orollaridagi va Egey dengizdagi vulkanlar (Santorik) va Kavkaz tog'laridagi so’ngan Elbbrus, Kazbek, Ararat, Erondagi Demavenit vulkanlari, Malayya arxipelagi va undan janubdagi harakatlanuvchi vulkanlardan Sumatradagi 11 ta, Yavadagi 15 ta, Kichik Zont orollaridagi 3 ta vulkan kiradi. Bulardan tashqari Atlantika okeanida 3 ta yirik vulkanli o'lka: shimolda Yan — Mayen, janubroqda Katta Antil orollarida mashhur Mon —Pele vulkani otilib turibdi. Hind okeanida ham bir necha so'nmagan vulkanlar, masalan, Madagaskar yaqinidagi Komor, Mavrikiy, Reyunon orollarida va Antarktida materigi atrofidagi orollarda ham so'nmagan (Erebus) vulkanlar bor. Hozirgi vaqtda 513 ta harakatdagi va 228 ta so'ngan vulkanlar qayd etilgan. O'zbekistonda Qurama, Oloy, Turkiston tog'larida va Toshkentdan 80 km sharqdagi Chotqol tor tizmasidägi Go'sh, Shovas, Oqsoqota soylari atrofida nordon vulkan jinslari ko'p. Vulkanlarning harakati va 194 Yer sharida tarqalishi tarixini o'rganish ma'danli konlarni qidirishda ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. Okean o'rtasidagi yoki chekka orollardagi harakatlanuvchi vulkanlardan ko'pincha asosli lava, materik chekkasidagi va o'rtasidagilardan nordon va o'rta tarkibli lavalar chiqadi. Bu xususiyat yer po'stining rivojlanishini o'rganishda katta ilmiy va amaliy ahamiyatga molik. Quruqlikdagi vulkanlar. Vulkan jarayoni faqat okeanda yoki orol, yarimorollarda bo'lmasdan, balki materik orasidagi tog'lar, platolarda ham bo'lib turadi va o'z mahsuloti bilan yer po'stini vulkan jinsi va foydali qazilmalar bilan boyitadi. Materikdagi vulkanlar okean va orollardagiga nisbatan paydo bo'lishi va mahsuloti bilan farq qiladi. Quruqlikda neogen va antropogen davrida harakatda bo'lgan vulkanlardan xarakterlilari Markaziy va Sharqiy Afrika, Arabiston, Yevropaning g'arbi, Osiyoning markazi, shimoliy— sharqiy va sharqiy qismida ko'proq tarqalgan. Afrika markazida va sharqiy qismidagi vulkanlar asosan paleogen va antropogen davrida hosil bo'lgan katta yer yoriqlarida joylashgan bo'lib, yangi strukturalar hosil bo'lishiga olib kelgan. Afrikaning shimoliy — g'arbida 3000 km cho'zilgan tog'liklar Markaziy Afrika do'ngligidan mintaqaviy yer yorig'i bilan ajralib turadi. Janubda Janubiy Afrika tog'lari (e’ni 2,5 ming km) bor. Materik sharqida esa 4 ming km ga cho'zilgan baland Afrika tog'lari bo'lib, u Zambiyadan boshlanib Qizil dengizgacha boradi. Yer yoriqlaridan chiqqan bazalbt tarkibli vulkan jinslari qari (tokembriy) tor jinslari ustiga quyilgan. Bunday vulkan faolyati ayrim joy larda hozirgi vaqtda ham kuzatiladi. Masalan, Afrikadagi Kilimanjaro vulkan guruhidan Kibo 6010 m shular jumlasidandir. 195 Afrikaning g'arbida Gvineya qo'ltig'idan shimolga qarab yo'nalgan yer yorig'i Atlantika okeani ostidan boshlangan bo'lib, unda bir qator, chunonchi, Bambuto (2680 m),‘ Kamerun (4070 m) vulkanlari joylashgan. Kamerun vulkani 1959 yilda ham harakatga kelgan. Markaziy Saxroi Kabirda Tibesda tori ustida katta vulkan krateri (kaltderasi 14 km) va yosh lava qatlamlari keng tarqalgan. Bu yerda vulkan mahsuloti 14 ming km2 maydonni egallagan. Bunday vulkan kraterlari ko'p bo'lib, ularning balandligi yer yuzasidan 2800 — 2900 m ni tashkil etadi. Vulkan mahsuloti bazalt — andezit lavalaridan tashkil topgan. Baykal ko'lining janubiy— sharqiy qismida va janubida quyi to'rtlamchi davrda yer yorilib, bazalt lavalari oqib chiqqan. Bazalt lavalar daryo vodiysidagi allyuvial, delyuvial yotqiziqlar bilan almashinib yotadi. Bazalt lavasi bir necha ming m2 maydonni tashkil etadi. Tor oralig'idaga soylarning botiq joylarida bazalt lavasining qalinligi 50 — 60 m dan ortiq. Bunda vulkan apparatlari asosan meridional yo'nalishdagi yer yorig'ida joylashgan. Demak, V.G.Xain, N.I.Nikolaevlarning fikricha, yer sharining ichki harakatlari, jumladan tektonika, zilzila va vulkan jarayonlari o'tgan davrlarga nisbatan hozirda faollashgan. Balchiqli vulkanlar. Bizga malum bo'lgan vulkanlar ichida balchiqli vulkanlar ham bor. Ularning mahsuloti suyuq, balchiq aralash suv va gazdan iborat bo'ladi. Balchiqli vulkanlar Siciliya, Yangi Zelandiya orollarida, Markaziy Amerikada, Apsheron, Taman va Kerch yarimorollarida va boshqa yerlarda uchraydi. Balchiqli vulkanlar yer qatlamlari ichidagi gaz va bug'larning turli g'ovak qatlamlardan o'tib, ular orasidagi gilli jinslarni yumshatib, yopishqoq balchiqqa aylantirishi natijasida vujudga keladi.
Yüklə 45,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin